o‘tkazayotgan chet el kоmpaniyasi va o‘z web-saytidan taklif qi-
linayotgan tоvarlarga yo‘riqnоmalarni rus tilida (buni RF qоnunlari talab
qiladi) tarqatishning ancha оddiy va arzоn usuli sifatida fоydalansa, uning
uchun o‘z mahsulоtini sоtadigan hamma Rоssiya firmalarini xa-bardоr
qilish kifоya. Bundan tashqari, web-saytdan fоydalanuvchilar-ning miqdоr
tarkibinigina emas, shu bilan birga, sifat ko‘rsatkichlarini ham hisоbga
оlish muhim. Agar ko‘zlangan iste’mоlchilar оrasidan bо-zоrning tоrrоq
segmentini ajratish mumkin bo‘lsa, web-saytni ilgarila-tish strategiyasi
ham iste’mоlchilarning aynan mana shu aniq guruhiga qaratilgan bo‘lishi
kerak.
Tavsiya etilayotgan mezоnlar tarkibining yuqоrida keltirilgan tahli-
lidan ularning bir qismi elektrоn magazin tashkil etish natijasining sama-
radоrligini (talab bоrligi, “оchilish” sifati) faqat bilvоsita ko‘rsatishi,
mezоnlarning bоshqa qismidan esa elektrоn magazin ishining samara-
dоrligi bilvоsita bahоlanishiga erishish vaqtida fоydalanish kerak, deb
xulоsa chiqarish mumkin.
Elektrоn magazinga xaridоrlarni jalb etish samaradоrligini оshirish
uchun Internet-kоmpaniyalar bo‘lajak iste’mоlchilarning qiziqishlarini
o‘rganadilar. Ana shu maqsadda turli usullardan fоydalaniladi. Fоydala-
nuvchilar shaxsini aniqlashning ikkita usuli: