|
Bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulotlari
|
bet | 3/6 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 47,96 Kb. | | #107305 |
Bog'liq Iqtisodiy tahlil nazariyasi referatBugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulotlari tannarxini tahlil qilishda boshqaruv tahlilining asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Xo‘jalik sub’ektlarining biznes reja ma’lumotlari;
5-S “Korxona sarf-xarajatlari to‘g‘risida”gi hisoboti ma’lumotlari;
1-T “Mehnat hisoboti” ma’lumotlari;
Buxgalteriya hisobining ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib boruvchi schyot ma’lumotlari va boshqa turdagi qo‘shimcha ma’lumotlar.
Mahsulot tannarxini hisoblashdagi 1 so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan harajatlar hamda mehnat unumdorligi bilan o‘rtacha ish haqi o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishini mahsulot tannarxiga ta’sirining tahlili
Tahlil etishda o‘rganish ob’ekti va maqsadidan kelib chiqqan holda korxona xarajatlarining u yoki bu turkumi bo‘yicha o‘zgarishlar va o‘zgarish sabablariga baho beriladi. Taqqoslash yoki qiyosiy o‘rganishda joriy davr va o‘tgan yil ma’lumotlari, biznes reja ko‘rsatkichlari, o‘rtacha ko‘rsatkichlar va tarmoq bo‘yicha boshqa ma’lumotlar olinadi. Taqqoslashda ko‘rsatkichlar bo‘yicha mutloq o‘zgarishlar nisbiy ko‘rsatkichlarni qo‘llash orqali to‘ldiriladi.
1 1 so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar tahlili
Mahsulot tannarxini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan eng muhimi bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatdir. Bu ko‘rsatkich tiyin hisobida quyidagicha aniqlanadi:
Bir so‘mlik tovar Ishlab chiqarish tannarxi mahsuloti uchu = -------------------------------
qilingan xarajat (tiyin) Tovar mahsulotini ulgurji bahosi.
Bu ko‘rsatkich orqali qilingan xarajatlarning samaradorligini aniqlash mumkin.
Tahlil etishda bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar dinamikasi, biznes rejaga nisbatan o‘zgarishi aniqlanadi.
|
| |