1-jadval
“Gulnoza+” aksionerlik jamiyatida bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yili
|
Hisobot yili
|
Biznes rejada
|
Haqiqatda
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab
chiqarish tannarxi, ming so‘mda
|
1227503
|
1374356
|
1975926
|
Tovar mahsulotining solishtirma
ulgurji bahosi, ming so‘mda
|
2113430
|
2198763
|
2553967
|
Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun
qilingan xarajatlar, tiyin hisobida
|
58,08
|
62,51
|
77,37
|
2-jadval
Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlarni pasaytirish bo‘yicha biznes rejasining bajarilishini tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Summa
|
1
|
2
|
1.Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar, tiyin
hisobida:
|
|
- O‘tgan yil
|
58,08
|
- Hisobot yil:
|
| |
62,51
| |
77,37
|
2. O‘tgan yildan farqi:
|
| |
+19,29
| |
+33,21
|
3. Rejadan farqi:
|
| |
+14,86
| |
+23,77
|
4. Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatdan olingan iqtisod (-) yoki sarflangan ortiqcha xarajat, ming so‘mda
|
+379519,5
|
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, biz tahlil qilayotgan “Gulnoza+” aksionerlik jamiyatida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har so‘mi uchun qilingan xarajat hisobot davrida 77,37 tiyinni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 19,29 tiyinga yoki 33,21 %ga, biznes rejaga nisbatan esa 14,86 tiyinga yoki 23,77 %ga ko‘paygan. Xarajatlarning bunday tartibda ortishi korxonaning rentabelligini pasaytirib yuboradi. O‘rganilayotgandavrda har bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat biznes rejaga nisbatan 14,86 tiyinga ortishi hisobiga korxona bo‘yicha ortiqcha 379519,5 ming so‘mlik xarajat qilinishiga yo‘l qo‘yilgan. Agarda korxona o‘rganilayotgan davrda har bir so‘mlik mahsulot uchun ortiqcha 14,86 tiyin xarajat qilinishiga yo‘l qo‘ymaganda edi korxonaning oladigan daromadi shuncha so‘mga ortgan bo‘lardi.
Tahlil davomida 1 so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarni rejaga, o‘tgan yildagiga nisbatan o‘zgarish sababalari va unga quyidagi omillarni ta’sirini aniqlash lozim.
Mahsulot strukturasi va assortimenti o‘zgarishi.
Hom ashyo yoqilg‘i energiya bahosini o‘zgarishi.
Mahsulot bahosini o‘zgarishi.
Mehnat unumdorligi bilan o‘rtacha ish haqi o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishini mahsulot tannarxiga ta’sirini tahlili
Mehnat unumdorligi bilan o‘rtacha ish haqi uzviy bog‘liqka ega. Mehnat unumdorligini o‘sishi ish haqini ham ortishiga olib keladi. Korxonada ishni to‘g‘ri tashkil etish, moddiy rag‘batlantirish sistemasini to‘g‘ri tashkil etish tufayli mehnat unumdorligi ortadi. Tahlil etishda mehnat unumdorligini o‘sish darajasi o‘rtacha ish haqini o‘sish darajasi bilan taqqoslanadi. Mehnat unumdorligini ish haqiga nisbatan yuqori darajada o‘sishi mahsulot tannarxidagi ish haqini ulushini pasayishiga olib keladi. Tahlil etishda mehnat unumdorligining o‘sishini har bir foiziga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish haqini o‘sish darajasi rejada belgilangan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanib, uning o‘zgarish sababalari aniqlanadi.
Mehnat unumini ish haqining o‘sishidan yuqori bo‘lishi va buni ta’minlanishi iqtisodiy qonuniyat ham hisoblanadi. Negaki, ish haqini mahsulot hajmini oshirmasdan oshirib bo‘lmaydi. Shu sababli korxonalar ish haqi fondiniva uning bazasini tartibga solishda mahsulot hajmining solishtirma baholardagi o‘sishiga muhim ahamiyat beriladi.
|