Mahsulot turlari bo‘yicha tannarxning tahlili va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili




Download 47,96 Kb.
bet5/6
Sana29.11.2023
Hajmi47,96 Kb.
#107305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil nazariyasi referat

Mahsulot turlari bo‘yicha tannarxning tahlili va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili


Alohida mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini aniqlash, moliyaviy natijaga daxldor bo‘lgan elementlarni iqtisodiy jarayonlarning turi, o‘rni, joyi va javobgarlik bo‘yicha hisobga olinishi va nazorat qilinishi korxonaning moliya - xo‘jalik faoliyatini boshqarishda muhim hisoblanadi. Alohida olingan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxini aniqlashga hisob- kitoblarning muhim ob’ekti sifatida qaraladi. Bunda mahsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlanishiga ahamiyat beriladi. Mahsulotlar tannarxini aniqlash va hisobga olish, moliyaviy natijaviylikni tarkibli o‘rganish bilan birga, foydaning shakllanish qatorlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Bir xildagi mahsulot turlarini ishlab chiqaradigan korxonalarda mahsulot tannarxini qiyosiy tahlili va uning natijalari iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.


Alohida olingan mahsulotlar tannarxining tahlili xarajatlarni iqtisodiy elementlari bo‘yicha emas, balki, xarajat moddalari bo‘yicha o‘rganishni, ularning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho berishni hamda o‘zgarish sabablarini o‘rganishni tavsiflaydi. Mahsulot ishlab chiqarishning kalkulyatsiya moddalari ishlab chiqarish va texnologiya jarayonlari xususiyatiga bog‘liq. Sanoat korxonalaridagi kalkulyatsiya moddalari tarkibini bir xil ko‘rinishga ega bo‘lishi tannarxni umumiy hajmda va moddlari bo‘yicha tahlil etish imkoniyati tug‘iladi. Bunday tahlil bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot birligiga belgilanadigan narxni aniqlashda foyda va rentabellikni oshrishda muhim o‘rin tutadi.


Mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxiga va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni xarajat moddalarining har bir turi bo‘yicha alohida tarkiblash mumkin. Masalan, material xarajatlar yoki xom-ashyo xarajatlari qatori bo‘yicha xarajatlar o‘zgarishiga moddiy sarflar me’yorining o‘zgarishi, ularni sotib olish baholarining o‘zgarishi ta’sir qilsa, mehnat haqi xarajatlarining o‘zgarishida ishchilar soni va bir xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqlarining o‘zgarishi ta’sir qiladi. Amortizatsiya xarajatlari bo‘yicha ham xuddi shu shaklda tarkiblashni aytib o‘tish mumkin, ya’ni, amortizatsiyalangan qiymatning o‘zgarishi, amortizatsiya me’yorlari, shuningdek, amortizatsiya ajratmalari ajratiladigan asosiy vositalar turi, slmog‘iga bog‘liq va hakozolar. Omillar ta’sirini aniqlashda har bir ta’sir birligi alohida va boshqa omillar ta’sirisiz o‘rganiladi.





Download 47,96 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 47,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulot turlari bo‘yicha tannarxning tahlili va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili

Download 47,96 Kb.