• Mahsulot
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida tannarxni




    Download 47,96 Kb.
    bet2/6
    Sana29.11.2023
    Hajmi47,96 Kb.
    #107305
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Iqtisodiy tahlil nazariyasi referat

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida tannarxni pasaytirishning ahamiyati, uni mohiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari.

    Bugungi kunda amalda bo‘lgan Nizomga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradigan moddalar sirasiga o‘zgarishlar kiritilgan. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibini aniqlashdan maqsad:



    1. Buxgalteriya hisobi schyotida jami xarajatlar to‘g‘rida to‘liq va aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish, korxona faoliyatini rentabelligi va bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshliligini aniqlash;

    2. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini aniq hisob-kitobini qilish;

    3. Mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlarni alohida tarkiblash va ularni moliyaviy natijaviylikka bog‘lash;

    4. Ishlab chiqarish xarajatlarini yuzaga chiqishi va javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobga olish va nazorat qilish;

    5. soliq to‘lanadigan bazani aniq hisob-kitobini yurtish va bu orqali ishlab chiqarish xarajatlari hamda korxona sarflarini boshqarishni tashkil etishdan iboratdir.



    Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari tannarxini tahlil qilishda boshqaruv tahlilining eng asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:


      • shlab chiqarish xarajatlarini o‘rganish va ularning holatiga baho berish;

      • mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha belgilangan rejani bajarilishi va dinamikasini nazorat qilish;

      • shlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementi va kalkulyatsion moddalari bo‘yicha o‘rganish va ularga baho berish;

      • hnat unumdorligi bilan ish haqi xarajatlari o‘rtasidagi nisbatni o‘rganish;

      • annarxning o‘zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan hisoblash;

      • yrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo‘yicha tahlil etish;

      • annarxni pasaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va hakozo.

    “Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish haqida”gi Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning umumiyligi ta’minlangan. Buning yakunida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini rejalashtrish, tahlil etish va nazorat qilishga imkoniyat tug‘iladi.


    Mazkur Nizom buxgalteriya hisobi maqsadlarida va soliqqa tortish maqsadlarida xarajatlarni hisoblash tartiblaridagi farqlanishlarini hisobga olib ishlab chiqilgan. Boshqaruv hisobi va boshqaruv tahlilining asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatga bardoshligini aniqlashdir.
    Nizomda buxgalteriya hisobi bo‘yicha foyda bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi tafovutlarga izoh berilgan.
    Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya hisobidagi foydadan farq qilishining sababi shundaki, davlat soliq siyosatiga muvofiq amaldagi soliq qonunchiligi bo‘yicha korxona xarajatlarining bir qismi soliqqa tortiladigan bazaga kirmaydi. Nizomda moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy qoidalari va xarajatlarni guruhlash berilgan. Birinchi ilovada korxona hisobot davridagi balans foydasini hisoblashda chegiriladigan, lekin xo‘jalik sub’ektining soliqqa tortiladigan bazasiga qo‘shiladigan xarajat moddalari berilgan. Ikkinchi ilovada xarajatlar amalga oshirilishi paytida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, lekin keyingi davrlarda chegiriladigan xarajatlar ro‘yxati berilgan (vaqt bo‘yicha farqlanishlar).
    Uchinchi ilovada foydasi emas, daromadi soliqqa tortilayotgan korxonalar uchun qo‘shimcha chegirilmaydigan xarajatlar ro‘yxati berilgan.



    Download 47,96 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 47,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bozor iqtisodiyoti sharoitida tannarxni

    Download 47,96 Kb.