V BOB. MAMLAKATDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH – IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH OMILI
5.1. Aholining turmush darajasi
Ijtimoiy sohadagi manfaatlar milliy manfaatlarning eng asosiylaridan bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy sohadagi manfaatlar xalqning yuqori turmush darajasini ta’minlash borasidagi davlat siyosatida aks etadi. Aynan ijtimoiy sohadagi manfaatlar amalga oshganda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari o’rtasidagi muvozanatga erishiladi.
Aholining yuqori turmush darajasi uning pul daromadlari dinamikasida, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar iste’moli, aholining mulkiy tabaqalashuvi darajasida, bandlik darajasida, aholining barcha qatlamlari uchun sog’liqni saqlash, ta’lim xizmatlaridan bahramand bo’lish imkoniyatlari mavjudligida namoyon bo’ladi.
Aholi turmush darajasi milliy va shuningdek iqtisodiy xavfsizlikning eng asosiy ijtimoiy indikatorlaridan bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun ham respublikaning mustaqil taraqqiyoti davrida aholini turmush darajasini oshirish borasida islohotlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi.
Respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilish quyidagilarni o’z ichiga olgan maxanizm asosida amalga oshirildi:
- nogironlar, yetim qolgan bolalar, yolg’iz qariyalarni ijtimoiy ta’minlashni o’z ichiga olgan tizim;
- kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tizimi;
- aholining alohida guruhlari uchun ijtimoiy imtiyozlar tizimi;
- pensiya ta’minoti tizimi;
- pensiya tizimi orqali qamrab olinmagan keksa kishilarga nafaqa to’lash tizimi;
- ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimi41.
Mustaqillik davrida amalga oshirilgan islohotlarning birinchi bosqichida inson va oila hayotining barcha sohalarini ta’minlashga, umuman, aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan va bir-birini to’ldiruvchi chora-tadbirlarning butun bir tizimi shakllandi. Bu davrda narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirish ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib keldi. Islohotlarning ushbu bosqichida daromadlar nisbatini o’zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg’arma banklaridagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlarini bir vaqtning o’zida markazlashtirilgan tarzda qayta ko’rib chiqish yo’li bilan amalga oshirildi. 90-yillarning birinchi yarmida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha bor oshirildi.
Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish chora-tadbirlari ko’rilganligi aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash va ularning turmush darajasini oshirishning ikkinchi eng muhim yo’nalishi bo’ldi.
Islohotlar chuqurlasha borgan sari respublika aholisi manfaatlarini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimiga o’tish boshlandi. Bunda ichki narxlarni jahon narxlari darajasiga tez tenglashtirib olish va aholi daromadlarini shunga muvofiq ravishda oshirish yo’li bilan himoyalash chora-tadbirlari ko’rildi.
Respublika aholisini turmush darajasini oshirish va shu orqali mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda faol ijtimoiy siyosatning uchinchi yo’nalishi katta o’rin tutdi. Bunda aholini kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazildi. Bunday siyosat aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari – pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar va aholining shunga o’xshash boshqa guruhlarini himoya qilish davlatning asosiy vazifasi, degan qoidadan kelib chiqib amalga oshirildi.
Ko’rilgan chora-tadbirlar tufayli iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida aholining eng muhtoj, ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari manfaatlarini himoya qilish mumkin bo’ldi, bu esa aholining muayyan bir qismi qashshoqlashuvining oldini olish, fuqarolar tinchligi va ahilligini ta’minlash imkonini berdi.
Islohotlar chuqurlasha borgan sari aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan ijtimoiy himoya tizimiga o’tildi. Bunday tizimning eng muhim xususiyati, aholining turli qatlamlariga qat’iy tabaqalashtirilgan tarzda yondashuvdan iborat bo’ldi.
Ijtimoiy ko’maklashuvning ta’sirchan tizimini tashkil etish yo’llarini izlash natijasida ko’maklashishning eng sodda, ammo samarali va ochiq vositasi bo’lgan mahalla orqali muhtojlarga yordam berishga o’tildi. Muhtoj oilalarni iqtisodiy qo’llab-quvvatlash uchun o’zini o’zi boshqarish organlariga tayinli resurslar ajratib berish maqsadida mahallalarda respublika va mahalliy byudjet mablag’lari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o’tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus jamg’armalar hosil qilindi.
Bozor munosabatlari vujudga kelayotgan davrda jamiyatdagi ma’naviy, ahloqiy muhit, odamlarning ruhiy va jismoniy holati maorif, sog’liqni saqlash hamda madaniyat va san’at sohalarining rivojlanganligiga bog’liq ekanligini hisobga olgan holda ushbu sohalar alohida qo’llab-quvvatlandi.
Mamlakatni va jamiyatni isloh qilishning eng murakkab o’tish davrida kuchli ijtimoiy siyosat olib borilganligi va aholini himoya qilishning o’xshashi bo’lmagan, samarali mexanizmini ishlab chiqilganligi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamladi va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qildi.
Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi sezilarli ravishda ortdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonining O’zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma majlisidagi ma’ruzasida aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi 1990-yilda 67 yoshni tashkil etgan bo’lsa, 2006-yilda 72,5 yoshni tashkil etganligi, jumladan, erkaklar o’rtasida umr ko’rish 66 yoshdan 70 yoshga, ayollar o’rtasida esa 70 yoshdan 74,6 yoshga uzayganligi alohida ta’kidlandi”42.
Mustaqillik yillarida respublikada aholi turmush darajasini oshirish bo’yicha olib borilgan siyosat to’la-to’kis o’zini oqladi. Bunday siyosat o’rtacha umr ko’rish darajasini uzayishi, aholi daromadlarini oshishi, turmush darajasini ko’tarilishi, ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy barqarorlikka erishish, turli tahdidlarni oldini olish va oxir-oqibatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun zamin yaratdi.
Aholi ish haqi va daromadlarining o’sish sur’ati eng muhim ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida aholining real daromadlari sezilarli darajada o’sdi. Masalan, ushbu ko’rsatkich 2006-yilda 2000-yilga nisbatan 2,5 foizga, 1992-yilga nisbatan esa o’rtacha 12 barobar oshdi.
4-jadval
Aholining pul daromadlari tarkibi (aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi bo’yicha)
|
Jamiga nisbatan foizda
|
O’tgan yilning mos davriga nisbatan, foizda
|
2005 y
|
2007 y
|
2009 y
|
2005 y
|
2007 y
|
2009 y
|
Pul daromadlari, jami
|
100
|
100
|
100
|
126,3
|
130,2
|
138,0
|
Jumladan:
|
|
Ish haqi
|
27,8
|
31,8
|
36,9
|
130,1
|
140,6
|
154,6
|
Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar
|
15,5
|
15,8
|
16,0
|
142,4
|
136,0
|
131,8
|
Tadbirkorlik faoliyatidan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishdan tushgan va boshqa daromadlar
|
56,7
|
52,4
|
47,1
|
120,9
|
123,1
|
129,4
|
Manba: O’zbekiston iqtisodiyoti // Axborot va tahliliy sharh. 2005 yil «O’zbekiston» –T.: 2006, 93-b.; O’zbekiston iqtisodiyoti // Axborot va tahliliy sharh. 2007 yil «O’zbekiston» –T.: 2008, 102-b.; O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Respublikada har 3 yilda ish haqini 2-2,5 barobar oshirish muhim strategik vazifa bo’lib hisoblanadi. SHu tariqa, aholining xarid qobiliyatini hisobga olgan holda, yaqin yillar ichida xalq farovonligi va daromadlarini ta’minlash bo’yicha yuksak marralarga erishayotgan mamlakatlar darajasiga ko’tarilish respublika oldidagi asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilandi.
Mamlakatimizda mehnatni rag’batlantirish, ish haqini ko’paytirsh va aholi daromadlari o’sishini ta’minlashga qaratilgan siyosat natijasida o’rtacha ish haqi miqdori muttasil o’sib bordi va 2008-yilda 300 AQSH dollarini tashkil etdi.
Respublikada aholining pul daromadlari 2004–2009–yillar davomida barqaror o’sish tendensiyasiga ega bo’lgan (4-jadval). Tahlillar shundan dalolat beradiki, aholi daromadlari o’sishining asosiy omili bo’lib ish haqi va ijtimoiy transfertlarning o’sishi hamda aholiga qo’shimcha daromadlar olish uchun shart-shariotlar yaratish xizmat qildi.
Respublikada daromadlar tarkibining takomillashuvi xarajatlar va iste’mol tarkibining ham yaxshilanishiga olib kelmoqda (5-jadval). Aholining banklarga qo’yilmalari va qimmatbaho qog’ozlar ko’rinishidagi naqd pul jamg’armalari ko’payish tendensiyasi kuzatilmoqda. SHu bilan birga aholi iste’mol xarajatlari tarkibida ovqatlanish uchun xarajatlarning kamayishi va xizmatlarga bo’lgan xarajatlarning o’sishi tendensiyasi davom etmoqda.
Aholining uy-joy-kommunal soha ob’yektlaridan foydalanishini yaxshilash bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar uning turmush sifatini yaxshilashga yordam berdi. Joylarda yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo’yicha ishlab chiqilgan dasturlar amalga oshirilmoqda.
«Mamlakatimiz aholisi, avvalo qishloq joylardagi odamlarning turmush sharoiti izchil tarzda yaxshilanmoqda. Istiqlol yillarida 36 ming kilometrlik suv quvurlari, 72 ming kilometrlik gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu 1991-yilga qadar erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 barobar ko’p demakdir»43.
5 - jadval
Axolining pul xarajatlari tarkibi (pul daromadlariga nisbatan foizda )
Yillar
|
Aholining
pul daromad
lari
|
SHundan pul xarajatlari
|
|
Iste’mol xarajatlari
|
Majburiy to’lovlar
|
Banklarga qo’yilgan
pullar, sotib olingan qimmatli qog’ozlar va valyutalar
|
Naqd
pul qoldig’i
|
2005
|
100
|
73,1
|
7,7
|
17,2
|
2,0
|
2007
|
100
|
73,5
|
6,6
|
18,0
|
1,9
|
2009
|
100
|
72,2
|
7,4
|
17,6
|
2,8
|
Manba:O’zbekiston iqtisodiyoti //` Axborot va tahliliy sharh. 2005 yil «O’zbekiston» –T.: 2006, 94-b.; O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohalarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirish islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik respublika uchun eng dolzarb bo’lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirishni hal etishda o’ziga xos lokomotiv vazifasini bajarmoqda. Ushbu soha bugungi kunda mamlakatimizda eng yirik mehnat bozori, mulkdorlarning o’rta sinfini shakllantirishning asosiy omili, millionlab odamlar uchun daromad va farovonlik manbaiga aylanib bormoqda.
O’zbekistonda aholi turmush darajasini oshirishdek yuksak maqsadga erishish uchun xizmat ko’rsatish va servis tarmoqlarini, aloqa va transport, moliya-bank xizmatlari, kommunal xizmat hamda asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatini talab etadigan boshqa infratuzilma sohalarini ham jadal rivojlantirish muhim vazifalar qatorida belgilanmoqda.
|