|
Iqtisodiy xavfsizlik
|
bet | 16/76 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #158660 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-www.fayllar.orgQisqacha xulosalar
1. Raqobat bozor xo’jaligining eng muhim xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiyot sohasida raqobat yangi raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish yo’li bilan o’z salohiyati va imkoniyatlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratadi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan sharoitlarda esa xalqaro raqobat muammolari birinchi o’ringa chiqib boradi.
2. Raqobatdoshlik – iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning eng muhim mexanizmi bo’lib, iqtisodiy xavfsizlik va raqobatdoshlik doimo o’zaro munosabatda bo’lib turadi. Iqtisodiy xavfsizlik ham, raqobatdoshlik ham milliy xo’jalik majmuasi va uning tarkibiy qismlarini tavsiflovchilaridir. Raqobatdoshlik ham maqsad, ham milliy xo’jalik majmuasi va uning tarkibiy qismlarini rivojlanish darajasini indikatori bo’lsa, iqtisodiy xavfsizlik uning mavjudligi va rivojlanish sharti sifatida namoyon bo’ladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash, uni diversifikatsiya qilish va raqobatdoshligini oshirish mamlakat iqtisodiyotini uning tahdidlaridan himoya qiluvchi muhim omillardan bo’lib hisoblanadi.
3. Mamlakat iqtisodiyotida real sektori asosiy o’rinni egallaydi, SHuning uchun ham ushbu sektorda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlashning muhim shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning barqarorligi va taraqqiyoti aynan real ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liqdir.
4. O’zbekistonda real sektor korxonalarini rivojlantirish borasidagi islohotlar mustaqillikning ilk davrlaridan amalga oshirib boshlandi. Iqtisodiyotning o’zak tarmoqlarni rivojlantirish respublika iqtisodiy mustaqilligining eng asosiy sharti ekanligidan kelib chiqib, ularni taraqqiy ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida respublika va aholi ehtiyojini, birinchi navbatda yoqilg’i-energetika resurslari, iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabni ishonchli tarzda qondirishga erishildi. Bu esa mamlakatda energetik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun asos yaratdi.
|
| |