|
II . O’quv fanining maqsadi va vazifasi
|
bet | 52/76 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #158660 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-www.fayllar.orgII . O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o’qitishdan maqsad – davlat, jamiyat va shaxsning muhim xayotiy manfaatlarini tan olgan xolda mamlakat, korxonalar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat.
Fanning vazifasi – mamlakatda va korxonalarda milliy xavfsizlik asoslari va ustuvorliklarini tushuntirish; iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo’nalishlari va yo’llarini ko’rsatib berish; O’zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga bo’ladigan taxdidlarni hisoblash va taxlil qilish imkonini beradigan bilimlarni shakllantirish; globallashuv sharoitida xavfsizlik garovi nimalardan iborat ekanligini tushuntirib berish; regional tashkilotlarning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi o’rnini ko’rsatib berish; terrorizmga qarshi kurashishda strategik xamkorlikni rivojlantirish muammolarini ko’rsatib berish; aholi turmush darajasini oshirish va ishsizlikni oldini olish iqtisodiy xavfsizlikni asosiy omili ekanligini asoslab berish; xufyona iqtisodiyot va korruptsiyaning milliy iqtisodiyotga tahdid ekanligini ko’rsatib beradi.
“Iqtisodiy xavfsizlik” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining maqsad va vazifalarini; fanning predmeti va ob’ektini; iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarini; iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etadigan ichki va tashqi tahdidlarni; globallashuv jarayonlarini; davlatning makroiqtisodiy funktsiyalarini; iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish yo’llarini; bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiy strategiyasining nazariy va uslubiy asoslarini bilishi kerak.
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning xorijiy tajribasini qo’llay olishi; mamlakat va korxonalar iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni taxlilini amalga oshirishni; xufyona iqtisodiyot va korruptsiya natijasida vujudga keladigan taxdidlarni iqtisodiyotga ta’sirini hisob-kitob qilish; aholining turmush darajasiga bevosita ta’sir etuvchi ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilish va zarur chora – tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning tamoyillari va usullari; iqtisodiy taraqqiyotning xarakterli xususiyatlari; mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va ularni xal etish mexanizmlari; xufyona iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish yo’llari to’g’risida tasavvur etish malakalarga ega bo’lishi kerak.
|
| |