• Nazorat savollari
  • Iqtisodiy xavfsizlik




    Download 0,63 Mb.
    bet7/76
    Sana19.02.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #158660
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-www.fayllar.org

    Qisqacha xulosalar
    1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va O’zbekistonning integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning, global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismiga aylanganligi sharoitida mamlakat milliy xavfsizligining muhim elementi bo’lgan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy xavfsizlik esa eng avvalo mamlakatning milliy manfaatlarini himoyalanganligini aks ettiradi.
    2. Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo’lib, iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan hamda jamiyat o’z manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo bo’la boshlagan. Iqtisodiy xavfsizlik mamlakat milliy manfaatlarining kafolatli himoyalangani, mamlakat iqtisodiy rivojining ijtimoiy yo’naltirilgani, ichki va tashqi jarayonlar rivojidagi eng noqulay sharoitda ham mudofaa salohiyatining yetarli darajada ta’minlanganligini ifoda etadi.
    3. Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi holati mezon va ko’rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Mana shu mezon va ko’rsatkichlar asosida iqtisodiy tizimning amal qilishidagi tahlikali chegaralar belgilanadi. Mamlakatda iqtisodiy xavfsizlik holatining sustlashishiga ma’lum bir chegara doirasida yo’l qo’yilishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik uchun ko’rsatkichlarning o’zi emas, ularning chegaraviy miqdori muhim ahamiyatga ega. SHu chegaralarga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarishning turli elementlarini barqaror taraqqiy etishiga to’sqinlik qiladi.


    Nazorat savollari
    1.“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining mohiyati nimadan iborat?
    2.“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasiga ta’rif bering.
    3.“Iqtisodiy xavfsizlik” fani nima uchun o’rganiladi?
    4.“Iqtisodiy xavfsizlik” predmeti va ob’yekti nimadan iborat?
    5.O’zbekistonning dunyo hamjamiyatiga, global iqtisodiy makonning bir qismiga aylayotganligi nimalarda namoyon bo’lmoqda?
    6.Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlat qanday o’rin tutadi?
    7.Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash omillari to’g’risida gapirib bering.
    8.Iqtisodiy xavfsizlik ob’yektlariga nimalar kiradi. Ularga qisqacha ta’rif bering.
    9. Iqtisodiy xavfsizlikning indikatorlari deganda nimani tushunasiz?
    10. Iqtisodiy xavfsizlikning darajalariga ta’rif bering.
    11.Iqtisodiy xafsizlikning asosiy ko’rsatkichlarini aytib bering.
    12.Iqtisodiy xavfsizlikning chegara ko’rsatkichlari deganda nimani tushunasiz?
    13.Iqtisodiy xavfsizlikning chegara ko’rsatkichlari nechta guruhga bo’lib o’rganiladi?
    14.Nima uchun iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari tahlil qilinadi va baholanadi?
    15.Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarini guruhlarga ajrating.



    Download 0,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




    Download 0,63 Mb.