|
Iqtisodiy xavfsizlik
|
bet | 10/76 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #158660 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-www.fayllar.orgQisqacha xulosalar
1. Tahdid jamiyat, davlat va ularning sub’yektlari, alohida shaxsning normal hayot faoliyatiga, ular manfaatlarini ro’yobga chiqarishga to’sqinlik qiladigan, ziyon-zahmat keltiradigan, xavf- xatar tug’diradigan omillar va shart-sharoitlarni anglatadi.
Iqtisodiy tahdidlar mamlakat iqtisodiyoti rivojiga, jamiyat, davlat, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar, fuqarolarning iqtisodiy manfaatlariga bevosita xavf tug’diradi. Bu tahdidlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishni izdan chiqarib, aholining turmush darajasini pasayib ketishiga olib keladi, jamiyat hayotida tanglik holatlarini keltirib chiqaradi, ijtimoiy barqarorlikka putur yetkazadi.
2. Globallashuv iqtisodiy taraqqiyotning industrial bosqichidan postindustrial bosqichiga o’tish davrining mahsuli bo’lib hisoblanadi. Globallashuv jahon hamjamiyatining bugungi kundagi taraqqiyoti bosqichini ifodalovchi jarayondir.
3. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalar jadallik bilan chuqurlashib, milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash nafaqat mamlakat darajasida, balki mintaqa darajasida ham eng muhim masalalardan biriga aylanib boradi.
4. Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga keltiradi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borgan sari bunday tahdidlar miqyosi kengayib, ularni bartaraf etish va prognozlash qiyinlashib boradi. Bir paytning o’zida ham dunyo hamjamiyatiga, ham alohida olingan konkret mamlakatga tahdid soladigan yangi global xavf- xatarlar vujudga keladi.
Nazorat savollari
1.Tahdid deganda nimani tushunasiz?
2.Tahdidlarning qanday turlari mavjud?
3. Ichki va tashqi tahdidlar iqtisodiy xavfsizlikka qanday ta’sir ko’rsatadi?
4.O’zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikka bo’ladigan tahdidlarning oldini olish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi?
5.Globallashuv deganda nimani tushunasiz?
6.Qanday omillar ta’sirida globallashuv jarayonlari kuchayib bormoqda?
7.“Iqtisodiy globallashuv”ning xususiyatlari nimalardan iborat?
8.Globallashuv jarayonlari mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
9.Globallashuv sharoitida qanday qilib iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash kerak bo’ladi?
|
| |