Xususiy korxonalarda eksport salohiyati va uni rivojlantirish yo’llari




Download 123,21 Kb.
bet9/10
Sana15.01.2024
Hajmi123,21 Kb.
#138074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
korxona
1-kurs Y.N baza Matem, Bоzоr iqtisоdi shаrоitidа rеjаlаshtirishning metodologiya аsоslаri. Rеjаlаshtirish usullаri vа bоsqichlаri, КАМОЛОТ, Aholi va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish muhandislik texnik tadbirlari, 2029-Текст статьи-4816-1-10-20210611, 2029-Текст статьи-4816-1-10-20210611, 20-22, XAVFSIZLIKNI TIZIMLI TAHLIL QILISH VA LOYIHALASH, Sanoat robotning kinematikasi, TAVAKKAL NAZARIYASI MOHIYATI VA QOIDALARI, 02, Barqaror iqtisodiy rivojlanish ta, VEKTOR MAYDON, VEKTOR CHIZIQLAR, VEKTOR NAYCHALAR. ORIENTIRLGAN VA ORIENTIRLMAGAN SIRTLAR. VEKTOR MAYDONNING SIRT BO\'YICHA OQIMI, UNING XOSSALARI, FIZIK MA\'NOSI2.
3. Xususiy korxonalarda eksport salohiyati va uni rivojlantirish yo’llari
Korxonada eksport bilan bog’liq faoliyatni tashkil qilish uchun boshlang’ich kapital moliya kapitali zarur. Bu ishni tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liqxarajatlarni rejalashtirishni ham ko’zda tutadi. Tadbirkorlar, odatda, eksportbiznesining boshlang’ich bosqichlarida kerakli xarajatlar uchun o’z moliyamablag’larini institutlari va kredit tashkilotlari – banklarga murojat qilishadi.
Biznesning tashkil qilishning asosiy bosqichlaridan biri tadbirkorlikfaoliyatining subyekti sifatida davlat ro’yhatidan o’tganlik amaldagi qonunchiliktalab qilgan hollarda tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish eksport qilishgalitsenziya yoki ruhsatnomaning mavjudligi hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki,tadbirkor xo’jalik yurutuvchi subyekt sifatida ro’yxatdan o’tgan bo’lishi zarur,shuningdek, tadbirkor tanlagan tashqi iqtisodiy faoliyat qonunchilik aktlari bilantartibga solinsa, ushbu soxada eksport faoliyati bilan shug’ullanish uchun barchakerakli ruhsatnomalarni olishi shart. Keyingi bosqich, tadbirkor eksport rejasinituzishi zarur.
Eksport rejasi biznesni maqsadli va rejali yuritishdagi muhim hal qiluvchi hujjat bo’lib, shuningdek, kreditlar olish va birlamchi kapitalning shakllanishi sari yo’l ochadi. Eksport rejasiga orttitilgan tajriba, erishilgan natijalar, starategiya tanlash va qo’yilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda o’zgaruvchi boshqaruvchi qurol deb qarash lozim. Bank va boshqa moliya tizmlari buni yaxshi biladilar va shu sababli yaxshi ishlab chiqilgan eksport rejasi bo’lmagan kompaniyalarning eksport operatsiyalarini moliya bilan ta’minlashdan bosh tortadilar. Hamkor va sarmoyadorlar tadbirkorning tashabbuslarini faqat aniq belgilagan maqsadlarni amalga oshirish mexanizmlariga ega bo’lgan bo’lsa, shuningdek, tegishli texnikaviy va insoniy salohiyatlar mavjud bo’lgan sharoitdagi ko’maklashishga rozi bo’ladilar. Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarning keng jalb etilishi, eksport salohiyati va mahsulot eksporti hajmini oshirilishi milliy iqtisodiyotimizni tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni ta'minlash borasidagi eng muhim natija bo’ldi, tashqi qarzlarning maqbul darajasi saqlangan holda, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi va oltin-valyuta zahiralarining barqaror o’sishiga erishildi.
2011 yil natijalariga ko'ra O'zbekistn Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 25 537,4 mln. doll. ga teng bo'lib, 2010 yilga qaraganda 115% ni tashkil etdi. Shu jumladan, umumiy eksportning hajmi 15 027,4 mln. doll. ga teng bo'lib, 2010 yilga nisbatan bu ko'rsatkich 115,4% ga o'sdi, import esa 10 510, 0 mln. doll. yoki 114.5% teng bo'ldi.
2011 yilda O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 517,4 mln.doll. ga yetib, 2010 yilga nisbatan, 670,0 mln.doll. ga ko'pni tashkil etdi. 2012 yilning birinchi choragi natijalari bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 2011 yilning shu davriga nisbatan qariyb 102 foizni tashkil etib, 5 907, 4 million AQSH dollariga teng bo'ldi. Shu jumladan, umumiy eksport hajmi 2011 yilga nisbatan 92,5 foiz yoki 3 133,4 mln. AQSH dollarini, import esa 115,3 foiz yoki 2774,0 mln AQSH dollarini tashkil etdi.Ta'kidlash kerakki, 2012 yilning birinchi choragida O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 359,4 million AQSH dollariga teng bo'ldi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining hajmi va dinamikasi siyosatning natijasi sifatida 2005-2011 yillarda qishloq xo’jaligining mamlakatimiz yalpi ichqi mahsulotidagi ulushi 30,1 foizdan 17,5 foizga kamayib, sanoatning ulushi 14,2 foizdan 24 foizga, xizmatlar ulushi esa 37 foizdan 49 foizga o’sdi. 55 Investitsion faollik ko’rsatkichlari keyingi yillarda ishchan muhitning sezilarli darajada yaxshilangani va yuqori iqtisodiy o’sish sur'atlari barqarorligini erkin dalilidir. Masalan, o’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar hajmi 9,7 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasi hajmining YaIMga nisbati 2011 yilda 56,1 foizni tashkil etdi. Tashqi savdoning ijobiy saldosi 2011 yilda 4 517,4million dollarni tashkil etdi.
2011yilda eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 60 foizni tashkil etdi, holbuki, 2000-yilda bu ko’rsatkich qaryib 46 foizni tashkil etgan edi. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo dinamikasi va tarkibini ko’rib chiqamiz. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritishiga qadar, asosan sobiq ittifoq respublikalarini xom ashyo resurslari bilan ta'minlashga yo’naltirilgan edi. Iste'mol mahsulotlarining asosiy qismini respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati mavjudligiga qaramasdan, ular chetdan keltirilar edi. O’tgan 20 yil mobaynida tashqi savdo aylanmasi 27,1 barobar o’sdi, shu jumladan, eksport hajmi - 29,5 barobar, import - 24,2 barobar oshdi. Bu jarayonda tashqi savdoning ijobiy saldosi 53 barobar ortib, oltin-valyuta zahiralarining yuqori darajada o’sishi va milliy valyuta barqarorligini ta'minladi.
Eksport va import tarkibi tubdan o’zgardi. O’zbekiston mustaqillikgacha bo’lgan davrdagi chetga xom ashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan iste'mol tovarlarini olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunda tobora qo’ shilgan qiymati yuqori bo’lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va qo’proq ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik modernizatsiya qilish uchun mo’ljallangan yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda. 15-jadvalda O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo tarkibi aks ettirilgan. Paxta tolasining eksportdagi ulushi kamayib, 2011 yilda 11,3 foizga tushdi.
Hozirgi kunda eksportning umumiy hajmida xom ashyo hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 70 foizdan ziyoddir.
Yurtimizda keyingi 10 yil mobaynida yengil avtomobillar eksporti 7,6 barobar, paxta kalavasi - 4,7 barobar, trikotaj matolar - 156 barobar, mineral o’gitlar - 11,7 barobar, neft mahsulotlari - 6,5 barobar, sement - 6,3 barobar, sabzavot va mevalar eksporti 14,1 barobar o’sdi. Oziq-ovqat mahsulotalri 9.7 barobar, kimyoviy mahsulot va undan tayyorlangan mahsulotlar hajmi 5.1 barobar, energiya va neft mahsulotlari 24.8 barobar, xizmatlar 9.1 barobar o’sishi kuzatildi. Korxonalarining eksport hajmi yuz barobardan ko’proq oshdi.
O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasining geografiq tarkibi. Biz quyidagi jadvaldan 2011 yilda O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasining geografiq tarkibi asosan uzoq xorij mamlakatlari tashkil etgan, bu ko’rsatkich 57.1% tashkil etadi. Bundan eksport ulushi 55.3% va import ulushi 61.3% ni tashkil etdi. Mamlakatimiz iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarining tezkor rivojlanishi natijasida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi.
Hozirgi paytda bug’doy importi nafaqat to’xtatildi, balki O’zbekiston o’z bug’doyi va g’allasidan tayyorlangan unni eksport qila boshladi. Go’sht mahsulotlarini import qilish 5 barobar, sut mahsulotlari 2,6 barobar, qayta ishlangan qishloq xo’jaligi mahsulotlari 3,5 marta, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar 16 va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari 7 barobardan ko’proq, gilam va yerga to’shaladigan qoplamalar 10 marta, trikotaj matolar 10 barobar, to’qimachiliq-trikotaj liboslari 11 marta, poyafzallar importi 11 barobar kamaydi.
Mashina va uskunalarning import tarkibidagi ulushi o’sib, 1990 yildagi 12,1 foizdan 2000 yilda 35,4 foizga, 2011 yilda esa 44,1 foizga yetdi. Tashqi savdo geografiyasi ham diversifikatsiya qilindi.Hozirgi kunda korxonalar tayyorlagan mahsulotlarini tashqi savdoga uzoq xorij mamlakatlariga eksport ulushi orta boshladi.
Davlatimiz tomonidan korxonalar eksport salohiyatini oshirishga qaratilganislohotlar quyidagilar:
- eksportni rag’batlantirish, milliy mahsulotlar sifatini yanada oshirish asnosida uni jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini yanada oshirish va mustahkamlash;
- salbiy tashqi omillarga nisbatan mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini oshirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni davom ettirish orqali Respublika iqtisodiyotining muvozanatli rivojlanishi va barqaror iqtisodiy o’sishni ta'minlash;
- faol investitsion siyosatni olib borish, muhim strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish.
O’tgan davr mobaynida, ayniqsa, mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki yillarida yengib o’tishimizga to’g’ri kelgan ulkan qiyinchiliklar, muammolar, tahdid va sinovlarga qaramasdan O’zbekiston iqtisodiyoti 21 yil davomida qariyib 3,4 barobar, yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga 2,5 barobar, o’rtacha ish haqi 14 barobar o’sganini, bu davrda mamlakatimiz aholisi 8 million 244 ming kishiga ko’payib, hozirgi kunda 28,5 million nafarni tashkil etishini inobatga oladigan bo’lsak, bunday ulkan natijalarga erishganimizni, chindan ham tasavvur qilishning o’zi qiyin.
Aholining yalpi daromadlari amaldagi hisob-kitoblar bo’yicha 8,6 marta oshdi. Ayni paytda bu ko’rsatkichning 47 foizi biz uchun mutlaqo yangi bo’lgan mulk shakllari va tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlardir. Ekspertlar tomonidan bildirilgan xulosalarga ko’ra, o’rtacha darajadagi barqaror pul daromadlariga ega bo’lgan uy ho'jaliklarining 2011 yil yakunlari bo’yicha 60 foizni tashkil etgan. Bizning bugungi kundagi eng muhim ustuvor yo’nalishlarimiz chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, jadal va mutanosib rivojlanishni ta'minlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, investitsiyaviy ishchanlik muhitini shakllantirish va chuqurlashtirish, yuksak texnologiyalar asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish, eksport sohasidagi mavqeimizni mustahkamlashdan iboratdir.
Milliy iqtisodiyot tarmoqlari rivojining asosiy ko’rsatkichlarini ko’rib chiqamiz. Bulardan YAIMning iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha tarkibi 4-jadvalda ko’rish mumkin.Iqtisodiyot tarmoqlarini sanoat asosida tashkil etish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha 2000-2010 yillarda qabul qilinganchoratadbirlar mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft va gaz kimyo, temir yo’l, mashinasozligi kabi yangi tarmoqlarining yaratilishi 2010 yilga kelib sanoat mahsulotlari umumiy hajmining o’sishi hamda YaIM tarkibida sanoatning ulushi 24 foizga yetishini ta'minladi. Ishlab chiqarish hajmining 2011 yildagi barqaror o’sishi tufayli yalpi ichki mahsulotdagi qurilish 6.5, transport va aloqa 11.7, savdo 8.8 ulushlarni tashkil etgan.
Sanoat ishlab chiqarish hajmi izchil o’sib bormoqda. Sanoat tarmoqlari ishlab chiqarish sur’atlari bo’yicha o’sishni quyidagi 5-jadvalda ko’rishimiz mumkin. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 2010 yilda 2011 yilga nisbatan 3.2 barobar o’sishi kutilmoqda. Yoqilg’i sanoati 2.2 barobar, qora metallurgiya 1.6 barobar o’sishi kuzatilmoqda. Rangli metallurgiya sanoati 2010 yilda 2011 yilga nisbatan 116.1 foiz izchil o’sib bormoqda. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2010 yil 2011yilga nisbatan 13 barobar o’sdi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda avgomobilsozlik, neft-gazkimyo sanoati, neftgaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo’l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmasevtika, zamonaviy oziq-ovqat sanoati va yengil sanoat kabi bir qator mutlaqo yangi sanoat tarmoqlari yaratildi.
Neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoatining yaratilishi mamlakatimizning energetik xavfsizligini ta'minladi. Energetika mustaqilligini ta'minlash hamda neft va gazni qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish dasturi doirasida, istiqlol yillarida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi («Teknip», Fransiya) va Shurtangazkimyo majmuasi («ABB») barpo etildi, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi to’liq rekonstruktsiya qilindi.
Qayta ishlash sanoatida sanoat mahsulotlari ayrim turlarining ishlab chiqarilishi xususan, neft, gaz, oltin qazib olish, rangli metallurgiya, kimyo va neftkimyo sanoatini jadal rivojlantirish uchun davlat barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Natijada chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi va O’zbekiston sanoatining tarmoq tarkibi ancha diversifikatsiya qilindi va mutanosiblashdi.Yengil va oziqovqat sanoatining asosiy ishlab chiqarilgan mahsulotlarini 6-jadvalda ko’rishimiz mumkin.
2011yilda 2000 yilga nisbatan yengil avtomobillar ishlab chiqarish 7,1 barobar, avtobuslar - 2,6 barobar va yuk avtomobillari tayyorlash - 12,9 barobar oshdi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoati alohida o’rin egallamokda. Bu tarmoq Asaka shahrida AQShning «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent shahrida Germaniyaning dunyoga mashhur «Daimler Benc» va Samarkand shahrida Yaponiyaning «Isuzu» kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda Samarkand shahrida Germaniyaning «MAN» kompaniyasi bilan tashkil etilgan yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni o’z ichiga oladi.
Mustaqillik yillarida xizmat ko’rsatish sohasi O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng istiqbolli va jadal rivojlanib borayotgan tarmog’iga aylandi. Bunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 maydagi «O’zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida»gi PK-640-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning qabul qilinishi xizmatlarning jadal o’sib borishida muhim bosqich bo’ldi. Biz 7-rasmda YaIMda xizmat ko’rsatish sohasinining dinamikasini ko’rishimiz mumkin.
Mamlakatimizda 2010-2019yillarda xizmat ko’rsatish hajmi 2,5 barobar oshdi. Xizmat ko’rsatish sohasida zamonaviy xizmat turlari ulushining ortishi bilan bog’lik ravishda sifat o’zgarishlari kuzatilmoqda. Yuqorida zikr etilgan dasturni amalga oshirish yillarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari yiliga o’rtacha 132,7 foizlik o’sish sur'ati bilan 3,1 barobar o’sdi. Telekommunikatsiya tarmoqlari, aloqa kanallari, Internet tarmog’iga jamoaviy ulanish shohobchalari, raqamli texnologiyalar bilan jixozlangan axborot infratuzilmalari tobora kengayib bormoqda.
Milliy iqtisodiyotimizda korxona rivojlanishining hozirgi holatini ko’rib chiqamiz. Avvalo mulkchilik shakli bo’yicha YaIM ishlab chiqarish ko’rsatgichlari mavjud.
O‘zekspomarkaz»da qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari hamda eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish komplekslarining tarmoqlararo sanoat yarmarkasi yakunlandi.
Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid qabul qilingan farmon va qarorlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini yanada kengaytirishi va ishlab chiqarishni samarali tashkil etishida keng imkoniyatlarni ochib bermoqda. Sohani yanada rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor iqtisodiyotimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotir.
Yarmarkada mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tarmoq sanoat korxonalari, kichik biznes subyektlari o‘z mahsulotlari va istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalari bilan ishtirok etdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ishtirokchi sanoat korxonalariga tijorat takliflarini tayyorlashda, ularni elektron savdo maydonchalarida joylashtirishda, xorijiy hamkorlar topishda hamda eksport shartnomalarini tuzishda yaqindan ko‘mak ko‘rsatdi. Natijada jamg‘arma ko‘magida tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etgan korxonalar tomonidan jami 35 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, mazkur jamg‘arma joriy yilning birinchi choragida 627 tadbirkorlik subyektiga mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda tashkiliy, huquqiy va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida umumiy qiymati 642 million dollarga teng eksport shartnomalari imzolandi. Ellikdan ortiq tadbirkorlik subyektiga Germaniya, Rossiya va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishda yordam ko‘rsatildi. Bu tadbirlarda 117,8 million dollarlik eksport kelishuvlari imzolandi.
Tarmoqlararo sanoat yarmarkasida namoyish etilgan mahsulotlarning eksportbopligi, jahon bozorlarida raqobatbardoshligi, xalqaro sifat standartlariga javob berishi mamlakatimizdagi sanoat korxonalari yuqori eksport salohiyatiga ega ekanidan dalolatdir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ma’lum qilishlaricha, jamg‘arma va Toshkent shahar hokimligi tomonidan joriy yilning 11-13-may kunlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilishi kutilmoqda.
Ko‘rgazmada mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ikki yuzga yaqin sanoat korxonasi qatnashadi. Unda Qozog‘iston bozoriga oziq-ovqat, to‘qimachilik, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika va mashinasozlik sanoati mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha qator o‘zaro hamkorlik bitimlari va eksport shartnomalari imzolanishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘paytirilishini rag‘batlantirish maqsadida imtiyoz va afzalliklarning kompleks tizimi yaratildi. Buning natijasida, jahon bozorlaridagi kon’yukturaning sezilarli o‘zgarishlariga qaramay, oxirgi 5 yil ichida mahsulotlar eksporti 1,67 barobar o‘sdi, uning tuzilmasini diversifikatsiya qilish ta’minlanmoqda — eksport umumiy hajmida tayyor mahsulotlarning ulushi 68,5 foizdan ortiqni tashkil etadi.
Tovarlarni eksportga yetkazib berishda rasmiylashtirish tartibotlari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Bojxona rasmiylashtiruvi, deklaratsiyalash, sertifikatlash, sanitariya-epidemiologiya nazorati va bojxona rasmiylashtiruvining boshqa tartibotlari bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishini ta’minlaydigan “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksport bitimlarining bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Eksport qiluvchi korxonalarga, birinchi navbatda, kichik biznes subyektlariga mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish masalalarida ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tashkil etildi.
Shu bilan birga, tan olish joizki, qurilish materiallari, oziq-ovqat, charm-poyabzal, tikuvchilik, chinni-fayans, farmatsevtika, mebel, elektrotexnika sanoati kabi tarmoqlarda eksport hajmi oshmayapti. Eksport mahsuloti ishlab chiqarish bilan deyarli shug‘ullanmayotgan korxonalar faoliyat ko‘rsatishda davom etmoqda.
Bu, birinchi navbatda, ko‘pchilik korxonalar rahbarlarining fikrlash doirasi torligi va noqobilligi, ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, ularni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, mahsulot sotish bozorlarini izlash rejalarining mavjud emasligi bilan bog‘liq.
Oxir oqibatda — bu Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan haqiqiy raqobatni shakllantirish va rivojlantirish hamda imtiyoz va bojxona afzalliklari tizimidan to‘g‘ri foydalanish masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligi natijasidir.
Davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida eksportga yetkazib berish hajmi va turlarini ko‘paytirish, raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirish, ularga mahsulotlarini yangi jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishda ko‘maklashish maqsadida:
1. Respublikada eksportga mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish maqsadida eksport qiluvchi korxonalar uchun ilovaga muvofiq soliq imtiyozlari va afzalliklari tizimi yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutaxassislarini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov boshchiligida Maxsus ekspert komissiyasini tashkil etsin.
Maxsus ekspert komissiyasi (U.U. Rozuqulov) uch oy muddatda eksportga mahsulot ishlab chiqarmaydigan va ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilish masalalari bilan shug‘ullanmaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini ko‘rib chiqsin, ularning ushbu masala bo‘yicha rezerv va imkoniyatlarini o‘rgansin hamda Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun zarur takliflarni kiritsin.
Vazirlar Mahkamasi o‘z majlisida ushbu masalalarni muhokama qilsin hamda respublikada eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini ko‘paytirish borasidagi ishlarning ahvolini tubdan yaxshilash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Eksportga mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish korxonalar rahbarlarining faoliyatini baholashdagi eng muhim mezonlardan biri sifatida ko‘rib chiqilsin.
3. Sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy etish va mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o‘tkazish korxonalarning eksportga yetkazib berishga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha eng muhim vazifasi deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi Komplekslarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ro‘yxatini va ularning qanchasi xalqaro standartlarga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatlanganligini puxta o‘rganib chiqsin hamda o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga sertifikatlangan mahsulotlar turlari miqdorini ko‘paytirish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin.
4. Maxsus ekspert komissiyasiga (U.U. Rozuqulov) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining ishlab chiqaruvchi korxonalari va tashqi savdo tashkilotlariga mahsulotlarni jahon bozorida real shakllangan narxlar bo‘yicha, shu jumladan, tannarxidan past qiymatda eksport qilishga ruxsat berish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish hamda o‘z takliflarini Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqi berilsin. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda) 4-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi PF-5115-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
5. Mahalliy korxonalarga: (5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PF-5231-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son) xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, xorijiy davlatlar hukumatlari, boshqa norezidentlar mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha xalqaro tenderlarda xorijiy qatnashchilar bilan teng sharoitlarda, jumladan o‘z tovar (ish, xizmat)larini yetkazib berishga chet el valyutasida shartnomalar tuzgan holda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish nazarda tutilgan o‘zlari mulk egasi bo‘lgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berishga to‘g‘ridan to‘g‘ri bitimlar shartida norezidentlar bilan xorijiy valyutada shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PF-5231-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son)
Belgilansinki, mazkur bandda ko‘rsatilgan shartnomalar ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritgan va eksport qiluvchi korxonalardek soliq imtiyozlari berilgan holda eksport shartnomalariga tenglashtiriladi.
6. 2012-yil 1-apreldan boshlab yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga valyuta kreditlari bo‘yicha asosiy qarzni qaytarishga joriy to‘lovlar bo‘yicha yo‘naltiriladigan valyuta tushumi qismini vakolatli banklarga majburiy sotishdan asosiy qarz batamom to‘lab bo‘linadigan muddatga qadar ozod qilinsin.
7. Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o‘tkazish, shuningdek laboratoriya testlari va sinovlarini o‘tkazish komplekslarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘larga yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirishning amaldagi tartibi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun tadbiq etilsin.
8. Tijorat banklariga eksport operatsiyalari bo‘yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirishning cheklangan muddatini 60 kundan 90 kunga uzaytirgan holda eksport operatsiyalari bo‘yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirish hajmini kengaytirish tavsiya etilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. KARIMOV


Xulosa
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo'jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo'lib, o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste'molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
Korxonalar mustaqil xo’jalik subyektlari bo’lib, o’z nizomiga muvofiq daromad va foyda olish maqsadida asosiy va aylanma mambag’laridan foydalanib faoliyat yuritadi.
Korxonalarni mulk shakliga, xo’jalik yuritish shakllariga, faoliyat maqsadlariga, boshqarish tartibiga, faoliyat miqyoslariga, tarmoq tartibiga, bozorda tutgan o’rniga ko’ra tasniflash mumkin.
O'zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo'lgan 500 mingta xo'jalik faoliyati yurituvchi subyekt mavjud bo'lib, ulardan qariyb 280 mingini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi.
Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo’jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro’yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog’i katta bo’lib, 82 %ni tashkil qiladi
Bozor munosabatlarining boshlangich bo’g’ini sifatida korxonalarning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, ularga korxonalar mustaqilligi, mulk va ishlab chiqarish vositalariga hukmronlik, egalik, kabi xususiyatlari mavjud.
Boshqaruv ishlab chiqarishning barcha qatnashchilari va elementlari o'rtasida kelishuvni yo'lga qo'yib, yuzaga kelgan munosabatlarning mazmuni va me'yorini tartibga soladi hamda resurslardan foydalanishning samarali yo'llarini topishga o'z hissasini qo'shadi.
O'zbekiston bugungi kunda tobora qo'shilgan qiymati yuqori bo'lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va qo'proq ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik modernizatsiya qilish uchun mo'ljallangan yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda.
Korxonalarining eksport hajmi yuz barobardan ko'proq oshdi.Yurtimizda keyingi 10 yil mobaynida yengil avtomobillar eksporti 7,6 barobar, paxta kalavasi - 4,7 barobar, trikotaj matolar - 156 barobar, neft mahsulotlari - 6,5 barobar o'sdi.
Eksport va import tarkibi tubdan o'zgardi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, 2011 yilda O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 517,4 mln.doll. ga yetib, 2010 yilga nisbatan, 670,0 mln.doll. ga ko'pni tashkil etdi. 2012 yilning birinchi choragi natijalari bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 2011 yilning shu davriga nisbatan qariyb 102 foizni tashkil etib, 5 907, 4 million AQSH dollariga teng bo'ldi.
Bugungi kunga kelib O’zbekiston Respublikasida Xususiy korxonalarini moliyalashtirish va korxonalarga investitsion muhitni yaxshilash bo’yicha bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hususan, sanoat korxonada ishlab chiqarishni yanada kengaytirish maqsadida, xorijiy investorlar sanoat korxonalariga o’z investsiyalarini joylashtirish uchun yangicha imkoniyatlar taklif etilmoqda.
Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada kuchaytirish, aholi farovonligini yuksaltirish ko'p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog'liqdir. Shuning uchun - elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste'molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish - bu inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan kompleks chora-tadbirlarning asosiy vazifalardan biridir.



Download 123,21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 123,21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xususiy korxonalarda eksport salohiyati va uni rivojlantirish yo’llari

Download 123,21 Kb.