• 2-modda.
  • Xususiy korxonalarni tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy jihatlari




    Download 123,21 Kb.
    bet3/10
    Sana15.01.2024
    Hajmi123,21 Kb.
    #138074
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    korxona
    1-kurs Y.N baza Matem, Bоzоr iqtisоdi shаrоitidа rеjаlаshtirishning metodologiya аsоslаri. Rеjаlаshtirish usullаri vа bоsqichlаri, КАМОЛОТ, Aholi va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish muhandislik texnik tadbirlari, 2029-Текст статьи-4816-1-10-20210611, 2029-Текст статьи-4816-1-10-20210611, 20-22, XAVFSIZLIKNI TIZIMLI TAHLIL QILISH VA LOYIHALASH, Sanoat robotning kinematikasi, TAVAKKAL NAZARIYASI MOHIYATI VA QOIDALARI, 02, Barqaror iqtisodiy rivojlanish ta, VEKTOR MAYDON, VEKTOR CHIZIQLAR, VEKTOR NAYCHALAR. ORIENTIRLGAN VA ORIENTIRLMAGAN SIRTLAR. VEKTOR MAYDONNING SIRT BO\'YICHA OQIMI, UNING XOSSALARI, FIZIK MA\'NOSI2.
    2. Xususiy korxonalarni tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy jihatlari
    Xususiy korxonlar to’g’risida bir nechta moddalarni eslab o’tamiz:
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
    Ushbu Qonunning maqsadi xususiy korxonalarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    2-modda. Xususiy korxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
    Xususiy korxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
    3-modda. Xususiy korxona
    Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
    Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
    Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
    Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.
    4-modda. Xususiy korxonaning firma nomi
    Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni yoki “XK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
    5-modda. Xususiy korxonaning bank hisobvaraqlari
    Xususiy korxona O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank hisobvaraqlari ochadi.
    6-modda. Xususiy korxonaning muhri. Oldingi tahrirga qarang.
    Xususiy korxona o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xususiy korxonaning joylashgan eri ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘lishga haqli. Muhrda bir vaqtning o‘zida uning firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
    (6-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
    7-modda. Xususiy korxonaning shtamplari va blankalari
    Xususiy korxona o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli.

    Download 123,21 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 123,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xususiy korxonalarni tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy jihatlari

    Download 123,21 Kb.