|
«Iqtisodiyot» kafedrasi «Mikroiqtisodiyot» fanidan kurs ishi
|
bet | 4/10 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 123,21 Kb. | | #138074 |
Bog'liq korxona8-modda. Xususiy korxona tuzish tartibi
Xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi.
Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
9-modda. Boshqa yuridik shaxslarni ta’sis etish. Xususiy korxonaning vakolatxonalari va filiallari
Xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli.
10-modda. Xususiy korxonaning ustavi
Xususiy korxonaning ta’sis hujjati uning ustavidir. Xususiy korxonaning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
korxonaning firma nomi;
uning joylashgan eri va pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
asosiy faoliyat turlarining ro‘yxati;
mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
ustav fondining miqdori.
Xususiy korxonaning ustavi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa qoidalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
11-modda. Xususiy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Xususiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Xususiy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12-modda. Xususiy korxonaning ustav fondi
Xususiy korxonaning ustav fondi bo‘linmasdir va uni mulkdorning o‘zi belgilaydi. Pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o‘zga huquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin. Mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi.
Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor o‘z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni korxonaga berayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
|
| |