|
«Iqtisodiyot» kafedrasi «Mikroiqtisodiyot» fanidan kurs ishi
|
bet | 7/10 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 123,21 Kb. | | #138074 |
Bog'liq korxona21-modda. Xususiy korxona mol-mulkining natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Xususiy korxonaning mol-mulki natsionalizatsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xususiy korxonaning mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, xususiy korxonaning mulkdoriga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning bozor qiymatiga muqobil kompensatsiyasi to‘lanadigan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 202—203-moddalariga qarang.
22-modda. Xususiy korxona faoliyatining erkinligi
Xususiy korxona qonun hujjatlariga muvofiq har qanday faoliyat turlarini amalga oshiradi.
Xususiy korxona bitimlar tuzishda erkindir.
23-modda. Xususiy korxonalarga tatbiq etiladigan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar
Xususiy korxonalarga tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar tatbiq etiladi.
24-modda. Xususiy korxonaga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Xususiy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng korxona mulkdorining tasarrufiga o‘tadi hamda unga soliq solinmaydi.
25-modda. Xususiy korxona faoliyatini tekshirish cheklanganligi
Xususiy korxonalarning — kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rejali tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibda ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta, boshqa xususiy korxonalarning faoliyatini tekshirishlar esa ko‘pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan xususiy korxonalarning — kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar — kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek xususiy korxonalar — kichik tadbirkorlik subyektlarining budjet mablag‘laridan hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi.
(25-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ushbu moddada ko‘rsatilgan xususiy korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
|
| |