«Iqtisodiyot» kafedrasi «Mikroiqtisodiyot» fanidan kurs ishi




Download 123,21 Kb.
bet8/10
Sana15.01.2024
Hajmi123,21 Kb.
#138074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
korxona
1-kurs Y.N baza Matem, Bоzоr iqtisоdi shаrоitidа rеjаlаshtirishning metodologiya аsоslаri. Rеjаlаshtirish usullаri vа bоsqichlаri, КАМОЛОТ, Aholi va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish muhandislik texnik tadbirlari, 2029-Текст статьи-4816-1-10-20210611, 2029-Текст статьи-4816-1-10-20210611, 20-22, XAVFSIZLIKNI TIZIMLI TAHLIL QILISH VA LOYIHALASH, Sanoat robotning kinematikasi, TAVAKKAL NAZARIYASI MOHIYATI VA QOIDALARI, 02, Barqaror iqtisodiy rivojlanish ta, VEKTOR MAYDON, VEKTOR CHIZIQLAR, VEKTOR NAYCHALAR. ORIENTIRLGAN VA ORIENTIRLMAGAN SIRTLAR. VEKTOR MAYDONNING SIRT BO\'YICHA OQIMI, UNING XOSSALARI, FIZIK MA\'NOSI2.
26-modda. Xususiy korxonalarning birlashishi
Xususiy korxonalar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonunga muvofiq assotsiatsiyalarga (uyushmalarga) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyuldagi O‘RQ-483-sonli “O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida” (yangi tahriri)gi Qonuniga qarang.
27-modda. Xususiy korxonani boshqa shaxsga o‘tkazish
Xususiy korxona mulkdori xususiy korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga, hadya qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki uni o‘zgacha usulda boshqa shaxsga o‘tkazishga haqli.
Xususiy korxona boshqa shaxsga berilgan taqdirda o‘zining firma nomidan, tovar belgilaridan, xizmat ko‘rsatish belgilaridan hamda mazkur xususiy korxona va uning mahsulotini, u bajarayotgan ishlarni yoki ko‘rsatayotgan xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalardan foydalanish huquqlari, agar qonun hujjatlarida yoxud shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, yangi mulkdorga o‘tadi.
28-modda. Xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish
Xususiy korxona uning mulkdorining yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudning qaroriga ko‘ra qayta tashkil etilishi mumkin.
Xususiy korxona uning mulkdorining yoki sudning yoxud ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin.
(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 53-moddalariga qarang.
29-modda. Nizolarni hal etish
Xususiy korxonalarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
30-modda. Xususiy korxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Xususiy korxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo’lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining qonunchiliga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoa yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin. Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va boshqa tashkiliy bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi:
- iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;
- ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
- ishlab chiqarishga mavjud qo’shimcha resurslarni jalb qilish;
- fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish;
- yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
- ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosiy maqsadlar belgilangandan keyin ta’sis hujjatlari tuziladi. Ta’sis hujjatlarni tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta’sis hujjatlar faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta’sis hujjatlari belgilab berilgan: korxona Nizomi va ta’sis shartnomasi. Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning o’zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritish hollari mavjud. Shuni qayd qilib o’tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlanadi. Bitta ta’sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta’sischi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Korxona Nizomi asosiy ta’sis hujjati bo’lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg’armasining miqdori, daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko’rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va majburiyatilarini belgilab beradi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyat ko’rsatuvchi soha va tarmoq, atrofmuhit va odamlar sog’lig’ini muhofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, hisobga olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim. Korxona to’g’ri va to’liq tayyorlangan. Nizom asosida mahalliy hokimiyat organlarida ro’yxatga olinadi, Keyin esa o’z muhriga ega bo’lish va bankda hisob raqami ochish huquqini qo’lga kiritadi. O’z muhri va hisob raqamiga ega bo’lmagan korxona, huquqiy shaxs hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga kiritilmaydi. Ta’sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning nizomini to’ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi.
Ta’sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni qatnashchilar o’rtasida taqsimlash shartlari, korxona tashkilotchilari (muassislar) tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo’yiladi. Ta’sis shartnomasi asosida ko’pincha kichik korxonalar, xo’jalik o’rtoqliklari va shu kabi subyektlar faoliyat yuritadi. Masalan, o’rtoqlik yoki korxonaning ta’sis shartnomasida boshqaruv faqat barcha ishtirokchilarning roziligi bilangina emas, balki qaror ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinishi mumkinligi ham belgilab qo’yilishi mumkin. To’liq o’rtoqchilik korxonalarining daromad va xarajatlari agar shartnomada boshqa tartib ko’rsatilmagan bo’lsa, ishtirokchilar o’rtasida ularning umumiy kapitaldagi ulushiga mos ravishda taqsimlanadi. Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish Nizom va Ta’sis shartnomasining muhim qismi hisoblanadi. Davlat korxonalarning mulkiy huquqlarini kafolatlaydi. “Xususiy korxonalar to’g’risida” gi qonunga asosan korxona mulkini 7ta xil manbadan shakllantirish mumkin.
Korxona mulkini shakllantirish manbalari:
1) Muassislarning pul va moddiy ko’rinishdagi badallari;
2) Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan daromadlar;
3) Qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlar;
4) Banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar;
5) Byudjetdan olinuvchi mablag’lar (dotatsiya), kapital qo’yilmalar;
6) Korxona, tashkilot va fuqarolarning beg’araz va xayriya badallari,
shuningdek, almashish, meros va sovg’a tariqasida olinuvchi mulk;
7) Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Men kurs ishimda korxonalarning davlat tomonidan ro’yxatga olinishini ko’rib chiqamiz. Korxona joylashgan manzilgohi bo’yicha davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi. Bu vazifani asosan hokimiyatlar bajarib, ular korxonani ro’yxatga olish to’g’risidagi ma’lumotlarni 12 kun mobaynida Moliya Vazirligiga yagona davlat reestriga kiritish uchun taqdim etishlari shart.
Korxonani davlat tomonidan ro’yxatga olish zarur hujjatlar ilova qilingan ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amalga oshirilish lozim. Davlat ro’yxatidan o’tish uchun korxonani tashkil qilish to’g’risidagi qaror, korxona Nizomi (ta’sis shartnomasi) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriluvchi ro’yxatdagi boshqa hujjatlar taqdim etiladi.
Korxonalarni ro’yxatga olishdan, ularni tashkil qilish maqsadga muvofiq emas, degan sabab bilan bosh tortishga yo’l qo’yilmaydi. Agar korxonani ro’yxatga olish o’z vaqtida amalga oshirilmasa yoki ta’sischi ro’yxatga olinmaslik sabablarini asossiz deb hisoblagan taqdirda ta’sischi sudga murojaat qilishi mumkin. Korxonani ro’yxatga olishdan asossiz ravishda bosh tortish mahalliy hokimiyat organlarining moddiy javobgarlikka tortilishiga olib kelishi mumkin.
Korxonani ro’yxatga olish uchun kerak bo’ladigan hujjatlarni 3 rasmda ko’rishimiz mumkin. Ro’yxatga olish korxonaga kelib tushuvchi hujjatlarni qayd qilish kitobida tartib raqami berish orqali amalga oshiriladi. Ko’rsatilgan jarayonlar amalga oshirilgach, korxona joylashgan manzilgohi bo’yicha soliq idoralarida hisobda turishi va buni tasdiqlovchi hujjat olishi hamda bankda hisob raqami ochishi mumkin.
Endi korxonani tugatish va qayta tashkil qilishni ko’rib chiqamiz. Korxona faoliyatini to’xtatish uni tugatish yoki qayta tashkil qilish shaklida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning barqaror emasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, surunkali zarar ko’rish va to’lov qobiliyatining yo’qolishini korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil qilishga asosiy sabab qilib ko’rsatish mumkin.
Korxonani qayta tashkil qilish – uning birlashib ketishi, qo’shilishi, bo’linishi, ajralib chiqish va shaklini o’zgartirishidir. Korxonani qayta tashkil qilish ta’sischi (ta’sischilar) yoki korxona boshqaruvi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlari avvalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat qilishi lozim.
Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo’lib, ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish faoliyatining to’xtatilishini anglatadi. Korxona tugatilganda u davlat ro’yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr, shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
- ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)ga bo’lgan talabning pasayib ketishi yoki umuman yo’qolishi;
- ishlab chiqarishning zarar keltirishi;
- ishlab chiqarishninng atrof-muhit hamda aholi hayotiga xavf tug’dirishi;
- korxonaning bino va inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa vositalaridan iqtisodiy jihatdan unumliroq, yanada sifatli va iste’molchilar talabiga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatining yuzagakelishi.
Korxonani tugatishda tugatish komissiyasi tuzilib, unga kreditorlarga korxona tugatilganini xabar qilish, kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini undirish choralarini ko’rish, shuningdek, korxonaning tugatilishi sababli ishsiz qolgan xodimlar ish bilan ta’minlanishiga yordamlashish vazifasi yuklanadi. Korxonani tugatish jarayonida oraliq tugatish balansi tuzilib, unga tugatilayotgan korxonaning mulki, kreditorlarning talablari va ularni ko’rib chiqish natijalari ro’yxati kiritilishi lozim. Ushbu balans korxonaning ta’sischisi (ta’sischilari) yoki korxonani tugatish to’g’risida qaror chiqargan idora tomonidan tasdiqlanadi.



Download 123,21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 123,21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Iqtisodiyot» kafedrasi «Mikroiqtisodiyot» fanidan kurs ishi

Download 123,21 Kb.