II BOB.IJTIMOIY-IQTISODIY EHTIYOJLAR VA UNING




Download 76.4 Kb.
bet8/13
Sana24.01.2024
Hajmi76.4 Kb.
#144299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat
1 학년 중간고사 예상문제 , мустакил иш, Mehnat unumdorligi statistikasi, XAT 19 9-40061 08022023, Informatika Мустақил иш, Mavzu Milliy valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar Reja, курс иши темалари, 1 07.01.2021 (1), Kirish Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari. Nominal -fayllar.org, Readme, буйрук админ туман, 83-карор, XAT 25-18270 29062021, !!!!!!!!!Нотурар Режа график жисмоний август (Янги)-1, shablom
II BOB.IJTIMOIY-IQTISODIY EHTIYOJLAR VA UNING
QONDIRILISHI
2.1 Vaqtni tejash qonuni. Mehnat unumdorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar Ishlab chiqarish jarayonida moddiy ne’matlar hajmining to’xtovsiz oshib borishini, aytib o’tganimizdek, kishilar ehtiyojining cheksizligi taqozo etadi. Ishlab chiqarish hajmini oshirish yo’llaridan biri mehnat unumdorligini oshirish hisoblanadi. Mehnat unumdorligi belgilangan vaqt birligida yaratilgan mahsulot miqdori bilan ifodalansa, keng ma’noda mehnat unumdorligi vaqtni tejash qonuni bilan o’lchanadi. Vaqtni tejash qonuni ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim asosiy va ichki mantiqini aks ettiruvchi iqtisodiy qonundir. Har qanday tejash texnika va texnologiyalardagi, xodimlar kasb mahorati va boshqarishni tashkil etishdagi ko’pgina ijobiy o’zgarishlar pirovardida ish vaqtni tejashga olib keladi. Mahsulot iste’mol qiymati, uskunalar quvvati va mustahkamligi, asboblarning aniqlik darajasi va xizmat muddati, oziq-ovqatlarning to’yimlilik darajasi, kiyim-kechaklar, poyafzallar va hokazolar sifatining oshishi ham pirovardida vaqtni tejashda ifodalanadi.
Yuksakroq mehnat unumdorligiga va ish vaqtini tejashga erishish ayni vaqtda ham jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti darajasining o’sib borayotganligidan dalolat beradi, ham uning boyligi, xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlar, xizmat bilan ta’minlash mezonini ko’rsatadi. Mehnat unumdorligiga ta’sir qiluvchi eng muhim omil jonli mehnatdir. Marjinalistlar (J.Sey, F.Bastiya —
Fransiya) mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar: mehnat, er va kapital miqdori deb biladilar. Bu omillar bir xil ta’sir o’tkazadi, deb hisoblaydilar. Ular qiymat uchta omil olingan daromad asosida tashkil topadi deb hisoblaganlar. Daromad ish haqi, tadbirkorlik daromadi, foiz va rentadan tashkil topadi deb tushuntirganlar. XIX asr o’rtalarida mehnat qiymat nazariyasi yaratilgan. Bu nazariyaga asosan qiymat manfaatdorligi (bozorda) vaqtincha, doimiy
manfaatdorlik esa (tabiiy) bo’ladi.
Tabiiy manfaatdorlikka qiymat manfaatdorligi doimo intiladi. Bozor qiymati talab va taklif orqali ifodalanadi. Talab doimiy ravishda bozor qiymatiga bog’liq bo’ladi.
Tabiiy qiymat qayta ishlab chiqarish bilan to’ldirish mumkin bo’lgan va to’ldirish mumkin bo’lmagan qiymatga bo’linadi. Tabiiy manfaatdorlik ishlab chiqarish va muamala harajatlariga bog’liq. Bularga asoslangan holda ishlab chiqarish xarajatlari ish haqi, foydadan tashkil topib u sarf qilingan mehnatga bog’liq deb hisoblanadi.
Shunday qilib mehnat qiymat nazariyasi sinfiy nazariya bo’lib o’rtacha narx darajasi ishlab chiqarish xarajatlaridan kelib chiqadi. Talab shu narx asosida kelib chiqadi. Sinfiy mehnat qiymat nazariyasi ayrim qarama-qarshiliklarga ega. Bular quyidagilardan iborat:

  • har qanday jamiyat ishlab chiqarish jarayonini cheksiz ravishda rivojlantira olmaydi. Uning sababi ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan omillar cheklanganligidir. Bu o’z navbatida ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasiga asoslanganda u ham cheksiz emas;

  • tovarlarga bo’lgan talablarni o’rganishni ta’minlovchi omillar o’rganilmagan; - sinfiy qiymat nazariyasi qiymatni mohiyatini to’liq ochib beraolmagan.

Yangi iqtisodiy konsepsiya vakillari me’yoriy naflilik nazariyasini ilgari surmoqdalar. Bu nazariyaga asosan mahsulot naflilik chegarasiga ega. Faraz qilamizki, bir iste’mol tovarini naflilik chegarisi borki u insonni iste’mol talabani qondiradi, undan ortig’ini esa naflilik darajasi past bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonining o’zi yuqorida aytib o’tilgan omillarning o’zaro
bog’liqligini taqozo etadi. Ayrim olingan omil hech qachon mahsulot omili imkoniyatini bermaydi. Ular o’zaro aloqada bo’lganda bir-birini o’rnini
bosgandagina ko’zda tutilgan maqsadga erishiladi. Omillarning o’zaro bog’liqlikda ifodalanishiga ishlab chiqarish funksiyasi deyiladi. Ishlab chiqarish funksiyasi mikroiqtisodiy darajada quyidagicha ifodalanadi:

Download 76.4 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 76.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB.IJTIMOIY-IQTISODIY EHTIYOJLAR VA UNING

Download 76.4 Kb.