• 2.2 Iqtisodiy ehtiyoj, nemat va resurs tushunchalari
  • “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan




    Download 76.4 Kb.
    bet9/13
    Sana24.01.2024
    Hajmi76.4 Kb.
    #144299
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat
    1 학년 중간고사 예상문제 , мустакил иш, Mehnat unumdorligi statistikasi, XAT 19 9-40061 08022023, Informatika Мустақил иш, Mavzu Milliy valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar Reja, курс иши темалари, 1 07.01.2021 (1), Kirish Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari. Nominal -fayllar.org, Readme, буйрук админ туман, 83-карор, XAT 25-18270 29062021, !!!!!!!!!Нотурар Режа график жисмоний август (Янги)-1, shablom

    Y = f (a1 , a2....ap)


    Bunda: Yishlab chiqarish hajmi; f
    — funksiya, bog’liqlik; a1-ishchi kuchi, a2 -iishlab chiqarish vositalari ....ap — ishlab chiqarish xom ashyolari.
    Makroiqtisodiy darajada ishlab chiqarish funksiyasini kuyidagicha ifodalash mumkin: Y = f (N, LК)
    Y — mahuslot hajmi; f
    — bog’liqlik;
    N — mehnat;
    L — er;
    К — kapital.
    Ishlab chiqarish funksiyasi omillarning muqobillari bilan almashtirish imkoniyatlari ifodalaydi.
    Mahsulot birligi oshishi bilan unga ketadigan xarajat ham oshib boradi. Mehnat unumdorligini oshirishdan maqsad xarajatlarni kamaytirish va foydani oshirishdir.

    2.2 Iqtisodiy ehtiyoj, ne'mat va resurs tushunchalari


    Insoniyat tabiatdan biologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy va boshqa xarakterdagi turli-tuman ehtiyojlar qurshovida yaratilgan. Bu ehtiyojlar ichida iqtisodiy, ya'ni moddiy ehtiyojlar muhim o'rin tutadi. Moddiy ehtiyojlar - shaxs, firmalar va jamiyatning faoliyati uchun zarur bo'lgan ehtiyojlarni aks ettiradi. Iste'molchilarning ehtiyojlari turli-tuman bo'lib, ularning ro'yxati juda keng va balki son-sanoqsizdir. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo'ladigan tovarlar va xizmatlarni shartli ravishda ikkiga, ya'ni birlamchi ehtiyojlarni qondiruvchi va hasham predmetlariga bo'lish mumkin. Ba'zan ayrim iste'molchilar uchun birlamchi sanalgan buyumlar ikkinchi bir iste'molchilar uchun hasham va dabdaba buyumi bo' lishi ham mumkin.
    Xuddi insonlarniki singari firmalar va davlat tashkilotlarining ham ehtiyojlari mavjud. Masalan, firmalar faoliyat ko'rsatishi uchun binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, xomashyo hamda ishchi kuchiga ehtiyoj sezadi. Davlat esa mamlakat fuqarolarining jamoaviy manfaatlarini ifodalab kasalxonalar, maktablar, teatrlar, yo'llar, harbiy qurol-aslahalar va boshqa ijtimoiy ne'matlarga ehtiyoj sezadi. Ayrim ehtiyojlar - masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy insonlarning biologik ehtiyojlari tufayli, ayrimlari ularning mentaliteti, ya'ni yashash manzili, turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy statusi, urf-odatlari va qadriyatlari ta'sirida, ayrimlari esa texnik taraqqiyot va global rivojlanish ta'sirida vujudga keladi. Biz moddiy ehtiyojlarimizni qondirish va farovon hayot kechirishimiz uchun oziq-ovqatlarga, kiyim-kechaklarga, turli xil tovarlar va xizmatlarga ehtiyoj sezamiz. Iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish vositalari iqtisodiy ne'matlar deb ataladi. Ayrim ne'matlarni tabiat insoniyatga iste'molga tayyor holatda in'om etgan bo' lsa (masalan, suv, yovvoyi mevalar va hayvonlar), ayrimlarini ishlab chiqarish zarur bo' ladi. Ba'zan bir xil ehtiyojni turli xil ne'matlar orqali qondirish mumkin. Masalan, go'sht mahsulotiga bo'lgan ehtiyojimizni mol go'shti, qo'y go'shti yoki parranda go'shti orqali qondirish mumkin. Bir xil ehtiyojni qondiruvchi turli ne'matlar o'rinbosar ne'matlar deb ataladi.
    Ba'zan iqtisodiy ehtiyojlarni birgalikda qondiradigan ne'matlar guruhi ham mavjud bo'ladi. Masalan, avtomobilga bo'lgan ehtiyoj o'z navbatida benzin va garajlarga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Ularni to'ldiruvchi ne'matlar deb ataymiz. Bizning ehtiyojlarimizni qondirish uchun talab etiladigan aksariyat iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish zarur bo'ladi. Buning uchun esa ma'lum miqdordagi iqtisodiy resurslar, ya'ni yer, ishchi kuchi, tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv malakasi, kapital, xomashyo va materiallar, axborot talab etiladi.

    Download 76.4 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 76.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan

    Download 76.4 Kb.