• Tabiiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy resurslar hisoblanadi.
  • Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ehtiyojlarni qondirish muammolari




    Download 76.4 Kb.
    bet7/13
    Sana24.01.2024
    Hajmi76.4 Kb.
    #144299
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
    Bog'liq
    tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat
    1 학년 중간고사 예상문제 , мустакил иш, Mehnat unumdorligi statistikasi, XAT 19 9-40061 08022023, Informatika Мустақил иш, Mavzu Milliy valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar Reja, курс иши темалари, 1 07.01.2021 (1), Kirish Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari. Nominal -fayllar.org, Readme, буйрук админ туман, 83-карор, XAT 25-18270 29062021, !!!!!!!!!Нотурар Режа график жисмоний август (Янги)-1, shablom
    1.3 Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ehtiyojlarni qondirish muammolari.
    Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda va iste’mol jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan iqtisodiy imkoniyatlar, zahiralar manbalar tshuniladi.
    Tabiiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli insonlar o’z ehtiyojlarini to’liq qondira olmaydilar. Ularning cheklanganligi insonlarning oziqovqatga, tovarlargagina emas balki xizmat ko’rsatishga bo’lgan ehtiyojlarini ham chegaralab qo’yadi.
    Bunday holda insonlar bilan davlat, jamiyat a’zolari o’z daromadlariga yarasha tanlash muammosiga duch keladilar. Masalan: O’zbekiston Respublikasi energiya mustaqilligini ta’minlash maqsadida neft qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga boshqa tarmoq ishlab chiqarishga nisbatan ko’proq mablag’ ajratishga majbur bo’ladi.
    Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojini qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham chegaralab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimi bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnologiyalarning yaratilishi hamda ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnika va texnologiyalar bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom Ashe, energiya va boshqa resurslar manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini beradi. Jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslardan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
    Cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirish darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi:

    • Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning maqbul variantlarini tanlab olish va resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilish.

    • Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergash, samarali foydalanish. - Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xom ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligini oshirishga erishish.

    Demak resurslar tejalgandagina insonlarning haqiqiy ehtiyojlarini qondirish mumkin bo’ladi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat a’zolarining daromadlarini ularning tadbirkorlik faoliyatlariga qarab turli darajada shakllanishiga olib keladi. Davlat bunday holda aholini kuchli ijtimoiy ximoyalash siyosatini olib boradi. Milliy daromadni qayta taqsimlash natijasida tafovutlar qisqaradi. Lekin, asosan insonlarning o’z ehtiyojlarini qondirishida ularning mehnatsevarligi, shijoatkorligi, mehnatga bo’lgan munosabati muhim rol o’ynaydi. Ishyoqmas, dangasa, landovur odamlarning ehtiyoji davlatning ijtimoiy siyosati samarali, iqtisodning rivojlanishi darajasi yuqori bo’lganda ham qondirilmaydi.
    Demak, insonlarning o’z ehtiyojlarini qondirish darajasi dastavval o’ziga bog’liq. Ehtiyojlar cheksiz bo’ladi. Insonlarning yaxshi yashashi bilan bog’liq bo’lgan orzu-xavaslari doimiy ravishda o’sib boradi. Bu esa ehtiyojlarni yuksalish qonunida o’z ifodasini topdi. Ishlab chiqarishning o’sishi, aholi daromadlarini, korxona foydasini o’sib borishini ifodalaydi. Oqibatda bu iqtisodiy rivojlanish insonlarning ehtiyojlarini o’sib borishini ta’minlaydi. Ehtiyojlarni o’sib borishi
    aholining iqtisodiy va ijtimoiy turmush sharoitlari bilan ifodalanadi.



    Download 76.4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Download 76.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ehtiyojlarni qondirish muammolari

    Download 76.4 Kb.