• Ishlab chiqarish
  • Umuman ishlab chiqarish
  • Ishlab chiqarish omillari




    Download 76.4 Kb.
    bet4/13
    Sana24.01.2024
    Hajmi76.4 Kb.
    #144299
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat
    1 학년 중간고사 예상문제 , мустакил иш, Mehnat unumdorligi statistikasi, XAT 19 9-40061 08022023, Informatika Мустақил иш, Mavzu Milliy valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar Reja, курс иши темалари, 1 07.01.2021 (1), Kirish Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari. Nominal -fayllar.org, Readme, буйрук админ туман, 83-карор, XAT 25-18270 29062021, !!!!!!!!!Нотурар Режа график жисмоний август (Янги)-1, shablom

    1.2.Ishlab chiqarish omillari


    Кishilar o’zaro doimo iqtisodiy faoliyatga kirishadilar. Bu faoliyatni o’rganish oson bo’lishi uchun uni to’rt turga ajratadilar:

    • ishlab chiqarish;

    • taqsimlash;

    • ayirboshlash;

    • iste’mol sohasidagi faoliyatlar.

    Ishlab chiqarish – deganda moddiy ne’matlar tayyorlash jarayoni tushuniladi.
    Iqtisodda ishlab chiqarish keng ma’noga ega. Кishilar ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyat ishlab chiqarish hisoblanadi. Ishlab chiqarishga moddiy ne’matlar yaratish bilan birga xizmat ko’rsatish ham kiradi. Кishilar faoliyat ko’rsatadigan chakana savdo, banklar, sug’urta, buxgalteriya, yurisprudensiya, ta’lim va sog’liqni saqlashdagi kishilarning mehnati ham unumli mehnatdir. Hozirgi davrda zavod, shaxta, elektrostansiyadagi ishlab chiqarish faoliyatini xizmat ko’rsatish sohasisiz tasavvur qilish mumkin emas.
    Umuman ishlab chiqarish — bu uning o’ziga xos ijtimoiy shakllariga bog’liq bo’lmagan asosiy umumiy belgilarning yig’indisidan iborat ilmiy abstraksiyadir.
    Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining taraqqiyoti insoniyat madaniyati olg’a qarab rivojlanishining moddiy asosidir. Ishlab chiqarish bir yo’la bo’ladigan harakat emas, ishlab chiqarish uzluksiz jarayondir. Doimo takrorlanib va tiklanib turadigan bu jarayon takror ishlab chiqarish deyiladi.
    Takror ishlab chiqarish ikki turga bo’linadi: oddiy takror ishlab chiqarish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish. Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish hajmining bir miqdorda takrorlanishiga aytiladi. Кengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish jarayonining doimiy ravishda o’sib borishiga aytiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning manbai bo’lib korxonalarning sof daromadlari, turli shakllardagi investisiyalar, olingan kreditlar va ammortizasiya mablag’lari hisoblanadi.
    Ishlab chiqarish jarayonida tovarlar hajmi ham uning qiymati ham oshib boradi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan jamiyat o’z oldiga qo’ygan maqsadni amalga oshiradi, majud muammolarni hal qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida moddiy ne’matlarning yaratilishi nomoddiy sohalarning ham rivojlanishiga ta’sir o’tkazadi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda umumiy iqtisodiy rivojlanishda, moddiy sohaning ulush kamayadi va nomoddiy ulush oshib boradi.

    Download 76.4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 76.4 Kb.