• Kurs ishining manbalari.
  • Kurs ishining obyekti
  • “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan




    Download 76.4 Kb.
    bet3/13
    Sana24.01.2024
    Hajmi76.4 Kb.
    #144299
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat
    1 학년 중간고사 예상문제 , мустакил иш, Mehnat unumdorligi statistikasi, XAT 19 9-40061 08022023, Informatika Мустақил иш, Mavzu Milliy valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar Reja, курс иши темалари, 1 07.01.2021 (1), Kirish Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari. Nominal -fayllar.org, Readme, буйрук админ туман, 83-карор, XAT 25-18270 29062021, !!!!!!!!!Нотурар Режа график жисмоний август (Янги)-1, shablom
    Kurs ishining maqsadi. Hozirgi kunda aholining o‘sishi va insoniyat iste’molning o‘sishi natijasida vujudga keladigan ehtiyoj,uning vujudaga kelishi,turlari va ana shu ehtiyojlarni qondirish uchun o‘zimizda mavjud resurslarni o‘rganishdan iborat.
    Kurs ishining vazifasi: Kishilik jamiyatida ayrimlari yo‘qolib,yangilari vujudga kelayotgan,doimiy o‘zgarib turadigan ehtiyojlar va bizga zarur bo‘lgan resurslarni o‘rganishdan iborat. Shundan kelib chiqib kurs ishi davomida hal qilinishi lozim bo`lgan quyidagi vazifalar belgilandi:

    • Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va turlari;

    • Ishlab chiqarish omillari;

    • Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ehtiyojlarni qondirish muammolar;

    • Vaqtni tejash qonuni. Mehnat unumdorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar;

    • Iqtisodiy ehtiyoj, ne'mat va resurs tushunchalari;

    • Ehtiyojning qondirilishi va o’sish omillarini o‘rganish asosiy vazifalar etib belgilanadi.

    Kurs ishining manbalari.Kurs ishini yozishda Respublikamiz qonunlari, Prezident qaror va farmonlari, chop etilgan ilmiy kitoblar, davriy matbuotda chop etilgan maqolalarga tayanildi. Shu mavzuda keyingi yillarda nashr etilgan ilmiy tadqiqotlar, internet ma’lumotlari o`rganildi.Bundan tashqari xorijiy olimlar tomonidan ushbu mavzuga oid fikr mulohazalar, maqolalar ham tadqiq etildi. Kurs ishining obyekti:Mavjud iqtisodiy ehtiyojlar va resurslarning iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etishini o’rganishdan iborat.
    Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
    I BOB. IJTIMOIY-IQTISODIY EHTIYOJLAR VA IQTISODIY
    RESURSLAR

    1.1 Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va turlari


    Har qanday jamiyatning pirovard maqsadi jamiyat a’zolarining ehtiyojini qondirishdir. Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiyot hayotiy ehtiyojni qondirish vositasidir. Кishilarning yashashlari va inson sifatida kamol topishlari uchun zarur narsalar ularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi.
    Iqtisodiyot nazariyasini o’rganish jarayonida bu iqtisodiy kategoriyalardan ko’p foydalanamiz. Iqtisodiy kategoriyalar o’zaro bog’liq bo’lib, bir birlariga ta’sir etadilar. Iqtisodiy kategoriyalar ilmiy tahlil qilish uslubiyatining qismlari bo’lib o’zlarining mohiyatlariga ega.
    Ehtiyojlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

    • moddiy ehtiyojlar;

    • ijtimoiy ehtiyojlar;

    • mehnat qilish ehtiyojlari.

    Moddiy ehtiyojlar deganda kishilarning tovar va xizmatlarga bo’lgan talabi, uning nafliligi hamda xarid qilish imkoniyati tushuniladi.
    Extiyojlar birlamchi va ikkilamchi ko’rinishda ifodalanadi. Birlamchi ehtiyojlar
    insonlarni yashashi bilan bog’liq bo’lgan iste’mol buyumlarida ifodalansa. Ikkilamchi ehtiyoj insonlarni faoliyatlari uchun zarur bo’lgan ehtiyojlardan
    (sog’liqni saqlash, bilim olish, dam olish, malaka oshirish) va boshqa omillarni o’z ichiga oladi
    Xizmat ko’rsatish sohasi ham kishilar ehtiyojini qondiradi. Masalan, sartaroshlik, avtomobilni ta’mirlash kabilar. Кishilarning ehtiyojlari va uning qondirilish darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteri va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga bog’liq.
    Jamiyat moddiy ne’matlarni yaratgandagina unga ehtiyoj tug’iladi. Shuning uchun ishlab chiqarish munosabatlari birlamchi, kishilar ehtiyojlarining qondirilishi ikkilamchi hisoblanadi. Ehtiyojlarning bunday holda namoyon bo’lishi iqtisodiy qonun ekanligini ifodalaydi. Lekin kishilar ehtiyojlarining oshishi passiv holat bo’lmay, u ham ishlab chiqarish munosabatlariga ta’sir o’tkazadi. Masalan, kishilarning mahsulotlarni harid qilish qobiliyati pasayganda ishlab chiqarish munosabatlari izdan chiqishi natijasida ortiqcha ishlab chiqarish, iqtisodiy inqiroz vujudga keladi.
    Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy iste’molni o’rganadi. Iqtisodiy iste’mol jamiyat a’zolarining faoliyat qilish qobiliyatlarini ta’minlaydi. Iqtisodiy iste’mol ichki omil sifatida inson va ishlab chiqarish sub’ektlari faoliyatlarini jadallashtiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi.
    Ehtiyojlarning qondirish darajasiga qarab ular:

    • hozirgi davrdagi ehtiyojlarga; haqiqiy ehtiyojlarga;

    • mutlaq ehtiyojlarga bo’linadi.

    Hozirgi davrdagi ehtiyojlar — minimum ehtiyojlarga mos keladi. Haqiqiy ehtiyojlar deganda kishilarning normal holda o’z ehtiyojlarini qondirishi tushuniladi. Mutlaq ehtiyojlar bu kishilarning orzu havaslaridir. Jamiyatning rivojlanishi bilan ehtiyojlar transformasiyasi vujudga keladi.
    Vaqt o’tishi bilan hozirgi davrdagi ehtiyoj haqiqiy ehtiyojga, u esa o’z navbatida mutlaq ehtiyojga aylanadi.
    Davlatning ijtimoiy siyosati kishilarning haqiqiy ehtiyojlarini qondirishga qaratiladi. Haqiqiy ehtiyojlarni qondirish deganda jamiyat a’zolarini qanoatlantiradigan darajada ovqatlanishi, kiyinishi, inson sog’lig’iga zarar keltirmaydigan ekologik muhitda yashashi tushuniladi.
    Demak, jamiyatning rivojlanishi bilan moddiy ne’matlar ko’payadi, kishilarning ehtiyojlari ham to’xtovsiz oshib boradi. Bunday holat esa kishilar ehtiyojining cheksiz ekanligini ifodalaydi.
    Moddiy ne’matlarga ayrim shaxslargina emas, balki korxona, firma, davlatlar ham ehtiyoj sezadilar. Ular ham mashina, bino, omborxonalarga ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan iste’mol darajalarini qondirishlari kerak. Iqtisodiy manfaatdorlik iste’mol va ishlab chiqarish manfaatdorliklariga bo’linadi. Iste’mol manfaatdorligi jamiyat a’zolarini talablarini qondirishda ifodalansa, ishlab chiqarish manfaatdorligi ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarish xom ashyolari bilan ta’minlashda ifodalanadi. Iqtisodiy manfaatdorlik yakka tartibdagi va ijtimoiy manfaatdorlikka bo’linadi.
    Iste’mol manfaatdorligi korxonalar ma’muriyati va davlat tomonidan yaratiladi. Yakka tartibdagi manfaatdorlik ishlab chiqarishda band bo’lgan mehnatga layotqatli jamiyat a’zolarining mehnat qilish darajalari asosida olayotgan oylik maoshlari, daromadlari orqali ifodalanadi. Ijtimoiy manfaatdorlik barcha jamiyat a’zolarining manfaatdorligini ifoda etadi. Кishilarning korxona va davlat ehtiyojlarining cheksiz ekanligi, resurslarning cheklanganligi sharoitida amalga oshiriladi.Кishilar o’z extiyojlarini qondirish jarayonida daromadlaridan samarali foydalanishga harakat qiladilar. Daromadlariga mos keladigan moddiy ne’matlarni harid qilganda uni tanlashga harakat qiladilar. Bunday xolat davlat va korxona miqyosida ham amalga oshadi.Resurslarining cheklanganligi sharoitida aholi va korxonalarning
    ehtiyojlarini to’liq qondirish mumkin emas.
    Lekin iqtisodning pirovard maqsadi kishilar ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi. Bunday holda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish talab etiladi.
    Iqtisodiy resurslar — bu tabiat, mehnat, inson tomonidan yaratilgan ne’matlar ishlab chiqarish vositalari bo’lib, ulardan mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni amalga oshirishda foydalaniladi, (1-jadval).
    Iqtisodiy resurslarning eng xarakatchanligi bu mehnat resurslaridir. Eng kam xarakatdagisi tabiat resurslari hisoblanadi.
    Mehnat resurslari uni xarakatga keltiradi. Ishlab chiqarish resurslaridan tadbirkorning tadbirkorlik faoliyatlari ham eng xarakatchan resurs hisoblanadi.


    Download 76.4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 76.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan

    Download 76.4 Kb.