|
-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilishi o’rtasidagi bog’liqlik
|
bet | 7/14 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 145,03 Kb. | | #251868 |
Bog'liq iqtisodiy ehtiyojlar2-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilishi o’rtasidagi bog’liqlik.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirish darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi:
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning maqbul variantlarini tanlab olish va resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilish.
Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergash, samarali foydalanish. - Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xom ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligini oshirishga erishish.
Demak resurslar tejalgandagina insonlarning haqiqiy ehtiyojlarini qondirish mumkin bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat a’zolarining daromadlarini ularning tadbirkorlik faoliyatlariga qarab turli darajada shakllanishiga olib keladi. Davlat bunday holda aholini kuchli ijtimoiy ximoyalash siyosatini olib boradi. Milliy daromadni qayta taqsimlash natijasida tafovutlar qisqaradi. Lekin, asosan insonlarning o’z ehtiyojlarini qondirishida ularning mehnatsevarligi, shijoatkorligi, mehnatga bo’lgan munosabati muhim rol o’ynaydi. Ishyoqmas, dangasa, landovur odamlarning ehtiyoji davlatning ijtimoiy siyosati samarali, iqtisodning rivojlanishi darajasi yuqori bo’lganda ham qondirilmaydi.
Demak, insonlarning o’z ehtiyojlarini qondirish darajasi dastavval o’ziga bog’liq. Ehtiyojlar cheksiz bo’ladi. Insonlarning yaxshi yashashi bilan bog’liq bo’lgan orzu-xavaslari doimiy ravishda o’sib boradi. Bu esa ehtiyojlarni yuksalish qonunida o’z ifodasini topdi. Ishlab chiqarishning o’sishi, aholi daromadlarini, korxona foydasini o’sib borishini ifodalaydi. Oqibatda bu iqtisodiy rivojlanish insonlarning ehtiyojlarini o’sib borishini ta’minlaydi. Ehtiyojlarni o’sib borishi
aholining iqtisodiy va ijtimoiy turmush sharoitlari bilan ifodalanadi.
|
| |