|
Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ehtiyojlarni qondirish muammolari
|
bet | 6/14 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 145,03 Kb. | | #251868 |
Bog'liq iqtisodiy ehtiyojlar1.3 Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ehtiyojlarni qondirish muammolari.
Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda va iste’mol jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan iqtisodiy imkoniyatlar, zahiralar manbalar tshuniladi.
Tabiiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli insonlar o’z ehtiyojlarini to’liq qondira olmaydilar. Ularning cheklanganligi insonlarning oziqovqatga, tovarlargagina emas balki xizmat ko’rsatishga bo’lgan ehtiyojlarini ham chegaralab qo’yadi.
Bunday holda insonlar bilan davlat, jamiyat a’zolari o’z daromadlariga yarasha tanlash muammosiga duch keladilar. Masalan: O’zbekiston Respublikasi energiya mustaqilligini ta’minlash maqsadida neft qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga boshqa tarmoq ishlab chiqarishga nisbatan ko’proq mablag’ ajratishga majbur bo’ladi.
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojini qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham chegaralab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimi bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnologiyalarning yaratilishi hamda ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnika va texnologiyalar bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom Ashe, energiya va boshqa resurslar manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini beradi. Jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslardan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
Ishlab Ehtiyojlarinng
Iqtisodiy
chiqarish qondirilish
resurslar,
yoki xizmat darajasi
imkoniyatlar ko’rsatish darajasi
|
| |