|
Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo'yicha funktsional
majburiyatlari
|
bet | 6/14 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #154149 |
Bog'liq amaliyot1.4. Tashkilotda mehnat xavfsizligi masalasining holati bilan tanishib chiqish.
Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo'yicha funktsional
majburiyatlari:
1.Ish jarayonida sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo'yicha umumiy boshqaruvni amalga oshiradi va bu jarayon uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.
2.Binolar va inshootlardan qurilish qoidalari va me'yorlariga muvofiq foyda-lanish, normal faoliyat va sanitar-maishiy xonalar hamda qurilmalardan maqsadli foydalanishni tashkil etadi.
3.Ta'lim muassasalarida yangi va rekonstruktsiya qilingan o'quv binolar va inshootlarni ishga tushirishni faqat qurilishni maxsus komissiya tomonidan qabul qilinib, qurilish qoidalari va me'yorlariga muvofiq tarzda amalga oshiradi.
4.Mehnat to'g'risidagi qonun va qonun osti hujjatlari, xavfsizlik qoidalari va normalari, shuningdek xukumat qarorlari, kasaba uyushma qo'mitasi yoki ishchilarning boshqa vakillik organlari, davlat nazorat organlarining ko'ursatmalarining bajarilishini ta'minlaydi.
5.Namunaviy hamda tarmoqqoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan ichki mexnat tartibini ma'qullagan holda tasdiqlaydi.
6.Universitet ma'muriyati xodimlari hamda muhandis-texnik xodimlarining xavfsizlik qoidalari va sanoat sanitariyasi hamda mehnat intizomi me'yorlariga rioya qilish, mehnat muhofozasi va davlat nazorati organlarining ko'rsatmalari (takliflari) bo'yicha belgilangan chora-tadbirlarni o'z vaqtida bajarishiga oid mas'uliyatini oshirish qarorlarini qabul qiladi.
7.Xodimlarning individual himoyalanish vositalarini berish, saqlash va ulardan foydalanish, shuningdek ularni tozalash va ta'mirlashni nazorat qiladi va ta'minlaydi.
8.Mehnat sharoitlarini yaxshilash va sog'lomlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar tashkil etadi, mazkur tadbirlarni o'tkazish bo'yicha rejani tasdiqlaydi, belgilangan tadbirlarning o'z vaqtida bajarilishini ta'minlaydi va nazorat qiladi, o'tkaziladigan tadbirlarni shu ish uchun mo'ljallangan mablag'hisobidan moliyalashtirishni ta'min-laydi, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sog'lomlashtirish bo'yicha kompleks chora - tadbirlarning (chorakda bir marotabadan kam bo'lmagan) bajarilishi monitoringini olib borishi lozim.
9.Mehnatni muhofaza qilish xonalarini tashkil etadi va ularni zarur bo'lgan qo'llanmalar, o'qitish vositalari bilan jihozlash uchun choralarini ko'radi.
10.Universitetning barcha xodimlarini, shu jumladan rahbarlarning o'qishini, yo'riqnomadan o'tkazishni, bilimlarini tekshirish va qayta attestasiyadan o'tkazishni tashkil etadi va o'tkazadi.
11.Universitetning umumiy boshqaruvini hamda xodimlarning kasbiy-texnik tayyorgarligi va ularni ishning xavfsiz usullarini o'rgatish bo'yicha o'qitish ishlarini amalga oshiradi.
12.Shartnoma tuzishda va muntazam ravishda foydalanish davrida ishchilarning bir nechta kasb va ishlab chiqarish soxalarida sog'liqni saqlash muassasalari tomonidan o'rnatilgan tartibga muvofiq dastlabki tibbiy ko'rikdan o'tkazishlarini tashkil qiladi.
13.Xodimlarni ishga qabul qilayotganda rahbar uni yuqori darajadagi kasbiy kasallikning (shunday kasalligi bo'lsa) mavjudiligi to'g'risida ogohlanitirishi shart.
14.Baxtsiz hodisalarni o'z vaqtida va to'g'ri tergov qilinishini ta'minlaydi hamda ishlab chiqarishdagi jarohatlanish bo'yicha tezkor ma'lumotni xodimning ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa va boshqa jaroxatlarni tergov kilish Nizomiga muvofiqqayd etadi.
15.Jamoaviy jinoyatlar, o'lim yoki og'ir baxtsiz hodisalar to'g'risida zudlik bilan falokat sodir bo'lgan joyi haqida davlat texnik mehnat inspektori, viloyat bandlik bosh boshqarmasi va shahar prokuraturaga xabar beradi.
16.Jamoaviy jinoyatlar, o'lim yoki og'ir baxtsiz hodisalarni tergov qilish va ularning oldini olish bo'yicha choralar ishlab chiqish jarayonida ishtirok etadi.
17.Rasionalizator va ixtirochilar uchun mavzularni ma'qullaydi, mehnatni muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot va loyixa-konstruktorlik ishlarni amalga oshirish bo'yicha takliflar kiritadi.
|
| |