|
V.BOB.Tashkilotda raqobat muhiti tahlili………………………………………
|
bet | 2/14 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #154149 |
Bog'liq amaliyotV.BOB.Tashkilotda raqobat muhiti tahlili………………………………………
5.1. Tashkilotning raqobat muhitini tahlil qilish…………………………………….
5.2. Tashkilotning raqobatbardoshligini baholash va ekspert usuli asosida ushbu korxonaning raqobatdosh ustunliklarini kompleks baholashni shakllantirish………
VI.BOB.Amaliyot bo`yicha xulosa va takliflar
6.1.Amaliyotni yakunlash, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishni yakunlash, amaliyot bo`yicha xulosa va takliflarni ishlab chiqish…………………………………………
VII. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………………….
Xulosa.
Kirish
Men, Artikova Gulchehra, 3-1MAR-22 guruhining talabasi, 2023-yil 9-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti bandlik markazida amaliyot o’tash uchun keldim.
Amaliyotining asosiy maqsadi o'quv jarayonida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, shuningdek tashkilotni rivojlantirish bo'yicha asosli qarorlar qabul qilish uchun xulosalar va tavsiyalarni ishlab chiqish bo'yicha ko'nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Belgilangan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar qo'yildi:
muayyan tashkilotning iqtisodiy holati, marketingni tashkil etish va huquqiy tartibga solish bilan tanishish.
tashkilotning tadqiqot tizimini o'rganish va baholash.
Amaliyotining natijalari va ishchi materiallari ushbu mutaxassislik bo'yicha kasbiy tayyorgarlik dasturida nazarda tutilgan bir qator fanlarni yanada o'rganish uchun amaliy asosdir.
Amaliyoti bo'yicha ushbu hisobotni o'rganish ob'ekti Buxoro davlat universitetining marketing bo'limi hisoblanadi.
Amaliyot davri 2023-yil 4-noyabrgacha.
I.BOB Amaliyot tashkiloti bilan dastlabki tanishuv va amaliyot o`tash davomida texnika xavsizligi bo`yicha yo`riqnomani o’rganish.
1.1.Tashkilotning tashkil etilishi, tashkiliy huquqiy shakli bilan tanishish
Men, Artikova Gulchehra, bo'lim va uning xodimlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari bilan tanishgandan so'ng, nazariy bilimlarimni yanada oshirish maqsadida 2023-yil 9-oktabrdan marketing va uning asoslarini o'rganishni boshladim. Mening tadqiqotim natijasida quyidagilar aniq bo'ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005/2006-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2005- yil 2-iyundagi PQ-92-son, “Respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish choralan to‘g‘risida” 2015-yil 23-iyundagi PQ-2360-son hamda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Resrublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining Marketing va talabalarning amaliyoti bo‘limi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomini tasdiqlash haqida” gi 2021-yil 11-oktabrdagi 431-son buyrug‘i asosida bo‘lim NIZOMi ishlab chiqilgan.
Buxoro davlat universitetining (keying o‘rinlarda “Universitet” deb yuritiladi.) Marketing va karyera bo‘limi (keyingi o‘rinlarda – “Bo‘lim” deb yuritiladi.) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari, asosida faoliyat yuritadi. (1-ilova)
|
| |