|
Tashkilotning raqobatbardoshligini baholash va ekspert usuli asosida ushbu korxonaning raqobatdosh ustunliklarini kompleks baholashni shakllantirish
|
bet | 14/14 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #154149 |
Bog'liq amaliyot5.2. Tashkilotning raqobatbardoshligini baholash va ekspert usuli asosida ushbu korxonaning raqobatdosh ustunliklarini kompleks baholashni shakllantirish
2022-2023-o‘quv yilida Buxoro davlat universitetida 7 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda 11 ta (4 ta bakalavr, 7 ta magistratura) qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hujjatlar qabul qilinayapti. Ushbu ta’lim dasturlarining o‘ziga xosligi shundaki hamkor oliy ta’lim muassasalar dunyo reytinglarining “TOP-1000” taligida va o‘z yo‘nalishida yuqori o‘rinlarni egallaydi.
Jumladan:
Fransiyaning Vatel mehmonxona va turizm oliy maktabi: QS reyting tizimida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha Fransiyada birinchi, jahonda Top-100 ro’yxatiga kirgan. Bundan tashqari 2022- yilda o‘tkazilgan Worldwide Hospitality Awards - tanlovida Eng yaxshi mehmondo‘stlik maktabi g‘olibi bo‘lgan;
Rossiyaning Qozon federal universiteti: Rossiyadagi ikkinchi eng qadimgi universitet hisoblanadi va QS reytingida jahonda 392-o‘rinda Times reytingida 801-1000 o‘rinda turadi;
Bolgariyaning Sofiya universiteti QS reytingida jahonda 591- 600 o‘rinda turadi;
Isroilning Holon texnologiya instituti SciMago Institutions Rankings xalqaro reytingida jahonda 765-o‘rinda turadi;
Vengriyaning Sechenyi Ishtvan universteti QS va Times reytingida jahonda 801- 1000 o‘rinda turadi;
Rossiyaning “MMFI” milliy tadqiqot yadro universteti QS reytingida jahonda 319-o‘rinda, Times reytingida jahonda 401- 500 o‘rinda turadi va ARWU reytingida 701-800 o‘rinda turadi;
Ushbu dasturlarda tahsil oluvchi talabalarga hamkor OTM professor-o‘qituvchilari tomonidan darslar berib boriladi. Bundan tashqari talabalarga Hamkor OTMga borib o‘qish va amaliyotlar o‘tashi uchun imkoniyatlar yaratilgan.
Qo‘shma dastur talabalari uchun universitet bosh binosidan alohida qavat ajratilib o‘quv xonalari zamonaviy komputer va minbarlar bilan jihozlangan. Darslarga davriy ravishda xorijiy o‘qituvchilar taklif qilinadi va ular tomonidan master klasslar o‘tiladi. Bir so‘z bilan aytganda universitet qo‘shma dasturlariga jahonning eng ko‘zga ko‘ringan universitetlari bilimi va standartlarini jamlagan. Bitiruvchilarimiz nufuzli kompaniyalarda ishlash imkoniyatlari mavjud.
Buxoro davlat universiteti xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma dasturlarni muvofiqlashtiruvchi bo‘limi Fransiyaning Vatel turizm biznes maktabi “Menejment” (xalqaro meHmonxona menejmenti) yo‘nalishi talabalari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra va fakultetlarida bo‘lishdi.Tanishuv davomida talabalar “Raqamli iqtisodiyot” fakulteti faoliyati bilan ham chuqur tanishdilar. Universitetda olib borilayotgan raqamlashtirish ishlarini amaliyotga qanday tadbiq etilayotganini to‘g‘risida soha mutaxassislarini chaqirib berdilar.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti turizm sohasini rivojlantirishga alohida urg‘u bergan. Turizm va servis kafedrasi mudiri Amonboyev Muxammadsodiq Amanbayevich kafedra faoliyati va kelajakdagi rejalar haqida gapirib berdilar. Universitetda tashkil etilgan mehmonxona va uning bo‘lishlari faoliyati talabalarda qiziqish uyg‘otdi. Bu amaliyot o‘tash joylari BuxDU rektori O.X. Xamidov tomonidan shu universitet ishlagan davrda tashkil etilganligi va hozirda ham talabalar uchun amaliyot maskani ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Xulosa
Amaliyotning so'nggi haftasida men Artikova Gulchehra bo'lim tomonidan maxsus yaratilgan bkm.buxdu.uz veb-saytida ish oqimi tizimini o'rganib chiqdim va xodimlarga uning to'g'ri tashkil etilishini kuzatishda yordam berdim. Menga berilgan shaxsiy hisob orqali hujjatlarning to'liqligi va ishonchliligini tekshirdim.
Buxoro davlat universitetining marketing bo'limi faoliyatini yuqori darajaga ko'tarish maqsadida 2020-yilda bo'lim rahbari bilan UNIWORK sayti ishlab chiqildi va mas'ul tashkilotlar va universitet rektorining roziligi bilan o'quv va ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etildi.
Universitetning ichki hujjat aylanishi jarayonini yanada soddalashtirish va osonlashtirish uchun yaratilgan UNIWORK sayti kafedra faoliyatini elektronlashtirish va bajarilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu platforma butun o'quv va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq ma'lumotlarni o'z ichiga oladi va ulardan foydalanish qulayligi va tushunarliligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, jarayonning har bir ishtirokchisi (rektor, prorektor, kafedra mudiri, dekan, dekan o'rinbosari, o'qituvchi, talaba) o'z platformasida shaxsiy hisob raqamiga ega. Ushbu shaxsiy hisob sizga ma'lumotlarni joylashtirish, qabul qilish, yuborish, almashish, boshqarish imkonini beradi. Masalan, agar biz talabaning shaxsiy kabinetining misolini ko'rib chiqsak, unda uning shaxsiy kabinetida avval shaxsiy, demografik ma'lumotlar, so'ngra o'quv jarayoni bilan bog'liq ma'lumotlar mavjud: dars jadvali, o'rganilayotgan kurslar ro'yxati, fan tanlovlari, oqim ma'lumotlari, shartnoma qarzlari to'g'risidagi ma'lumotlar va eng muhimi, bugungi kunda dolzarb bo'lib, siz o'tishingiz mumkin hisoblangan onlayn ta'lim jarayonida masofaviy ta'lim fanlari bo'yicha testlar.
2021-yilning 13-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti rahbariyati, O'quv-uslubiy boshqarmasi boshlig'i R.G'.Jumayev, Ilmiy-tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig'i G.T.Zaripov, boshqarma xodimlari, fakultet dekan o'rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar ishtirokida Oliy ta`lim vazirligi tomonidan o'tkazilgan "HEMIS dasturi afzalliklari" mavzusidagi online seminarda ishtirok etdilar. Ushbu seminarda Oliy ta`lim vazirligi tomonidan HEMIS dasturining yangilangan bo'limlari va qo'shimcha o'zgarishlari to'g'risida ma`lumot berildi.
Amaliyot davrida men hemis platformasi orqali 2022/2023 yilida Buxoro davlat universiteti bitiruvchilarining ish bilan bandligini o’rganish dalolatnomasini ko’rib chiqishni o’rgandim.Ya’ni ish bilan ta’minlanganmi yoqmi, hozirda nima ish bilan shug’ulanayotganligi yoki nima sababdan ishlamayotganligi ma’lumotlarini tizmga kiritishni o’rgandim.
Mening amaliyotim davrida 13-oktabr kuni Buxoro davlat universitetida "Bitiruvchilar forumi - 2023" tadbiri o'tkaziladi.
Bosh g'oyasi "BuxDU: kecha va bugun" bo'lgan forumda ishtirok etish uchun ro'yxatga olish jarayonlari boshlanganligini ma'lum qildilar.
Forumga Buxoro davlat universitetini oldingi yillarda tamomlaganlar, ish faoliyatida muvaffaqiyatga erishganlar hamda faxriy bitiruvchilar taklif etdilar. Ular forum davomida ayni vaqtda tahsil olayotgan talabalar bilan oʻzlarining hayot tajribalari haqida oʻrtoqlashadilar. Oʻqish davomida olgan bilimlari va ularning hayotga tadbiqi, erishgan yutuqlari haqida ham yigʻilganlarga soʻzlab berdilar.
Ilovalar
Buxoro davlat universitetining magistratura mutaxassisliklari bo'yicha
2022/2023 o'quv yili bitiruvchilari to'g'risida ma'lumot.(3-rasm)
Buxoro davlat universitetining bakalavriat ta'lim yo'nalishlari kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha tahsil olayotgan talabalarning fakultetlar bo'yicha soni.(4-rasm)
Buxoro davlat universitetining bakalavriat ta'lim yo'nalishlari kunduzgi ta'lim
shakli bo'yicha 2022/2023-o'quv yili bitiruvchilari to'g 'risida ma'lumot.(5-rasm)
“Bitiruvchilar forumi”-2023 tadbir taklifnomasi.(6-7-rasmlar)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tashkilotning raqobatbardoshligini baholash va ekspert usuli asosida ushbu korxonaning raqobatdosh ustunliklarini kompleks baholashni shakllantirish
|