|
Tashkilotning reklama aksiyalari va kompaniyalarini tahlil qilish
|
bet | 13/14 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #154149 |
Bog'liq amaliyot3.2. Tashkilotning reklama aksiyalari va kompaniyalarini tahlil qilish
Buxoro davlat universiteti Marketing va karyera bo’limi hamda Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan Xorijiy tillar fakultetining iqtidorli talaba qizlari uchun "PHD sari ilk qadam" loyihasi bo'yicha o'quv seminar bo'lib o'tdi. Bunda qizlarning bilim va ko'nikmalarini rivoilantirish va tadqigotchilikka tadbiq qilish maqsadida ilmiy ish va tezis yozish bo'yicha tushunchalar berib o'tildi. Shuningdek, CV hamda ma'lumotnoma tayyorlash va programmalardan fovdalanish sirlari o'rgatildi.
Yoshlarni kasbga tayyorlash, kelajakdagi ish faoliyatida zarur bo'ladigan boshlang’ich bilimlarni berish bugunning eng asosiy masalasi hisoblanadi. Shu maqsadda universitet Marketing va karyera bo'limi tashabbusi bilan Karyera markazida davlat korxona tashkilotlariga ishga joylashishgacha bo'lgan faoliyat bilan tanishtirish uchun "Rezyume tayyorlash usullari va rekruter bilan suhbat" mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi. Yoshlarni kasbga tayyorlash,kelajakdagi ish faoliyatida zarur bo'ladigan boshlang ich bilimlarni berish bugunning eng asosiy
masalasi hisoblanadi. Shu maqsadda universitet Marketing va karyera bo'limi tashabbusi bilan Karyera markazida davlat korxona tashkilotlariga ishga joylashishgacha bo'lgan faoliyat bilan tanishtirish uchun "Rezyume tayyorlash usullari va rekruter bilan suhbat" mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi.
V.BOB.Tashkilotda raqobat muhiti tahlili
5.1. Tashkilotning raqobat muhitini tahlil qilish.
Buxoro davlat universiteti boshqa oliy ta’limlar judda ko’p tomonlama farqlanadi. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’limning yuqori sifatini ta’minlashda davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo’yicha ko’plab ishlar olib borilmoqda.Ammo qulaylik nuqtai nazaridan va to’lovlari jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Korxonaning raqobatdoshligini baholash uchun avvalo uning holatini tahlil qilish kerak. Tizim yondashuvi nuqtai nazaridan olib borilganda tahlilning sifati yuqori bo'ladi.
Tashkilot holatini tizimli tahlil qilish bosqichlarini strategik boshqaruv tizimi tarkibiga "bog'lash" taklif etiladi:
1. Amaliy ilmiy yondashuvlar va boshqarish usullari soni va chuqurligi nuqtai nazaridan boshqaruv tizimini ilmiy ta'minlash sifatini tahlil qilish.
2. Tizimning chiqish qismlarini tahlil qilish, ya'ni. tashkilot strategiyasining sifati, uning ichki kuchli va kuchsiz tomonlari, tashqi tahdid va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda maqsadlarni aniqlashtirish.
3. Tashkilotdan chiqishda asosiy raqobatchilarning raqobatbardoshligi, samaradorligi va barqarorligini, tashqi tahdid va imkoniyatlarni, raqiblarning ichki kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilish.
4. Tarmoqdagi raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, sohadagi raqobat shakli va kuchliligi mexanizmini tahlil qilish.
5. Tashkilotga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatadigan mamlakat makro muhiti va mintaqa infratuzilmasi omillarini tahlil qilish.
6. Tizimning kirish qismida raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonunlar va tashkilot etkazib beruvchilari o'rtasida raqobat kuchining ishlash mexanizmini tahlil qilish.
7. Tashkilotning tashqi tahdidlari va imkoniyatlarini, ichki kuchli va zaif tomonlarini qo'llab-quvvatlovchi quyi tizimdagi raqobatchilar bilan taqqoslaganda tahlil qilish, ya'ni. Tashkilotning huquqiy, uslubiy, manbaviy, axborot ta'minotida.
8. Tashkilotning tashkiliy, texnik va ijtimoiy rivojlanishidagi kuchli va zaif tomonlarini, tahdidlari va imkoniyatlarini tahlil qilish.
9. Tovarlar sifati va resurslari intensivligi ko'rsatkichlari tizimini shakllantirish, ularga xizmat ko'rsatish sifati, bozor infratuzilmasi nuqtai nazaridan strategik menejmentning boshqariladigan quyi tizimi sifatini tahlil qilish, ushbu faoliyat yo'nalishlari samaradorligini tahlil qilishni tashkil etish va ularni takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni shakllantirish.
10. Strategik va taktik boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun xodimlarni boshqarish nuqtai nazaridan strategik menejmentning nazorat quyi tizimining sifatini tahlil qilish.
11. Marketing, innovatsiyalar va ishlab chiqarishni boshqarish, taktik marketing tizimidagi bo'g'inlarning tuzilishi, mazmuni va sifatini tahlil qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash.
12. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, amalga oshirilgan innovatsiyalar va xizmatlar, kadrlar va texnologiyalar, umuman tashkilotning raqobatdoshligini tahlil qilish.
13.Resurslardan foydalanish samaradorligini tahlili.
14. Tashkilotning barqarorligini tahlil qilish.
|
| |