|
Asosiy va qo`shimcha xizmat ko`rsatish yoki ishlab chiqarish turlari bilan tanishish
|
bet | 5/14 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,54 Mb. | | #154149 |
Bog'liq amaliyot1.3. Asosiy va qo`shimcha xizmat ko`rsatish yoki ishlab chiqarish turlari bilan tanishish.
"Karyera markazi"ni tashkil etish KONSEPSIYASI
1-BOB.UMUMIY QOIDALAR
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 16-iyun kuni "Oliy ta'lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik" mavzusida o'tkazilgan videoseleklor yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, ya'ni, Oliy ta'lim muassasalari talabalari va ish beruvchilar o'rtasida o'zaro samarali hamkorlikni yo'lga qo'yishga mo'ljallanganni tashkil etishga mo'ljallangan kontsepsiyasining (keyingi o'rinlarda - Kontsepsiya) strategik maqsadi etib pandemiyaning mehnat bozoriga salbiy ta'sirini yumshatish borasida aholi bandligini ta'minlash va ijtimoiy qo'llab-quwatlashda innovatsion va yuqori texnologik format imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yoshlar bandligini ta'minlash va real, sifatli, ijtimoiy sohadagi dolzarb masalalarning innovatsion yondashuvga asoslangan yechimlarini topish, bitiruvchilar bandligini ta'minlash va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'rilayotganzarur chora-tadbirlar to'g'risida" kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan videoselektorlarda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash hisoblanadi.
2-BOB. TA'LIM MUASSASALARI BITIRUVCHILARINING BANDLIGINI TA'MINLASH ULARNING BANDLIGINI REAL QAYD QILISH BO'YICHA JORIY HOLATNI O'RGANISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA QIYINCHILIKLAR
Afsuski, bitiruvchilarni, ta'lim muassasasini bitiriboq an'anaviy usulda bandlik monitoringini tashkil etish, ularning bandligini ta'minlash, ishsiz yurgan yoshlarni aniqlab, ularni o'z vaqtida ish joylariga yo'naltirish va kasb-hunarga qayta tayyorlash bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish imkonsizdir.
Hozirgi kunda amaliyotda fakatgina Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida oliy ta' lim muassasalari(OTM) bitiruvchilarining har yili sentyabr-dekabr oylarida yalpi yakuniy bandlik monitoringini o'tkazish amaliyoti mavjud bo'lib, lekin bu tizimda bir qator kamchiliklar mavjud.
Buxoro davlat universiteti tadqiqotchilari tomonidan Buxoro viloyati (qolaversa, butun Respublika) bo'yicha ham OTM bitiruvchilarining turli vazirlik va idoralar tomonidan to'planadigan ma'lumotlardagi xatolik variatsiyasining yuqoriligi va bandlik ma'lumotlarini umumlashtirish va qayta ishlashdagi kamchiliklar aniqlandi. Ya'ni, bitiruvchilaming mehnat bozoridan o'z o'rnini topishi, tegishli kasb va hunar bo'yicha ishga joylashish imkoniyatlari, ishga joylashishi darajalari o'rganildi. Buxoro viloyati misolida quyidagi ko'rsatkichlar tahlil kilinib va xulosalar tayyorlandi.
1.OTM bitiruvchilari bo'yicha an'anaviy tarzda amalga oshiriladigan ishga joylashish (bandlik) monitoringi mexanizmining tubdan eskirganligi :
2.Bandlik monitoringi natijalari bo'yicha rasmiylashtiriladigan va umumlashtiriladigan dalolatnomalardagi ma'lumotlar bilan real holat o'rtasidagi katta tafovutning mavjudligi;
3. Bu tafovutlar esa o'z-o'zidan davlat statistik ma'lumotlarida real ko'rsatkichlar sifatida shakllanishi va barcha foydalanuvchilar (davlat boshqaruv organlari, tadqiqotchilar) tomonidan tegishli qarorlami chikarishda hamda turli prognoz ko'rsatkichlarini belgilashda noto'g'ri xulosalarni chiqarilishiga ta'sir etishi;
4. Kadrlar tayyorlash tizimida tegishli ta'lim yo'nalishi va mutaxassislik bo'yicha istiqbolda mutaxasssis tayyorlashni prognozlash imkoniyatlarini pasaytirish kabi bir qator muammolar o'z yechimini kutmoqda.
3-BOB. TASHKIL ETILGAN MARKAZNING MAQSAD VA VAZIFALAR
Taklif qilinayotgan markazni amaliyotga joriy etishdan asosiy maqsad viloyatdagi (keyinchalik respublika bo'yicha) ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini monitoring qilish bo'yicha ana'anaviy mexanizmdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan hamda ushbu jarayonni raqamli axborot texnologiyalari orqali amalga oshirilishini tashkil etishdan iboratdir. Bu uchun quyidagi vazifalar belgil angan:
Oliy ta'lim muassasalari (OTM) bitiruvchilarini mehnat faoliyatini tashkil etish va raqamli bandlik monitoringini amalga oshirish;
Talabalarga mehnat to'g'risidagi qonunu hujjatlari asoslari, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko'nikmalari, ishaga kirish uchun rezyumeni tayyorlash va ish beruvchi bilan suhbatdan o'tish usullarini o'rgatish, ishaga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar bilan tanishtirish;
Iqtisodiyot tarmoqlarining ilg'or mutaxassislari va ekspertlarini jalb qilgan holda talabalarni kasbga yo'naltirish, mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, muayyan kasbga, ish joylariga va ish beruvchilarga, istiqbolli korxonalarga oid zamonaviy ma' lumotlar bilan tanishtirish;
Mehnat organlari, ta'lim muassasalari manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o'rinlari yarmarkalari, karyera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish;
Universitetning mutaxassislar tayyorlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, universitetni muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyati (karyerasi) to'g'risida hamda ushbu yo'nalishdagi boshqa tahliliy materiallami tayyorlash va nashr qilish;
Ta'lim muassasalari, bitiruvchilar, ish beruvchilar va tegishli davlat organlari hamkorligini yagona platformaga birlashtirish;
Bitiruvchilarning tegishli konva tashkilotlarida amalga oshirayotganligi to'g'risidagi tezkor ma'lumotlar;
Ishsiz bo'lgan bitiruvchilar to'g'risidagi ma'lumotlar;
Ishga joylasha olmagan ta'lim muassasalari bitiruvchilarini o'quv markazlar, Mono-markazlarda o'qitish markazlari, O'quv kurslari, Tadbirkorlik kurslari, biznes-akseleratorga jalb etish mexanizmini yaratish;
Bitiruvchilar, ta'lim muassasalari, tuman va shaharlar, sektorlar kesimida barcha ta'lim muassasalari bitiruvchilari mehnat faoliyatini, kasb va mutaxassislikka qayta tayyorlash hamda keyingi ta'lim olish jarayonlarini to'liq onlayn monitoring qilish;
Ta'lim muassasalari bitiruvchilari bo'yicha shaffof, tezkor, ishonchli ma'lumotlarni shakllantirish va umumlastrtirish imkoniyatlarini yaratish;
Kadrlar tayyorlash tizimida tegishli ta'lim yo'nalishi va mutaxassislik bo'yicha istiqbolda mutaxasssis tayyorlashni prognozlash imkoniyatlarini yaratish; Universitet, "Mahallalar", "sektorlar" "Tuman(shahar)lar", "Viloyatlar" kesimida mavjud mezonlar, indikatorlar bo'yicha bitiruvchilar to'g'risidagi ma'lumotlarni shakllantirish;
Mazkur markaz Buxoro davlat universiteti "Marketing va talabalar amaliyoti" bo'limi tarkibida ishlashini ta'minlash, uni takomilashtirib borish nazatda tutilgan.
Davlat oliy ta'lim muassasalarida foydalanish uchun mehnat bozorlari va ta'lim xizmatlan, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarida ruxsat yetilgan boshqa faoliyat turlari bo' yicha marketing tadqiqotlarini o'tkazish.
Bo'sh ish o'rinlarini qidirish orqali talabalar bandligini ta'minlash va bitiruvchilarni ishga taqsimlashga ko' maklashish.
Davlat boshqaruvi, ijroiya va boshqa sub'ektlari bilan oliy ma'lumotli yosh mutaxassislami ishga joylashtirish masalalari bo'yicha o'zaro hamkorlik qilish.
Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash sohasidagi xorijiy amaliyotlar tahlilini amalga oshirish.
Kasb-hunarga yo'naltirish orqali mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish maqsadida universitet talabalari bilan ish olib borish, oliy ma'lumotli mutaxassislarga talab tendentsiyalari to'g'risida ma'lumot berib borish.
Yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish masalalari bo'yicha talabalar va yoshlar tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlikni amalga oshirish.
Hududiy bandlikni ta'minlash tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlik qilish.
Yosh mutaxassislarning ishga joylashish muammolari haqida manfaatdor tashkilotlarga quyidagilar orqali maslahatlar berish va axborot berish:
Muayyan muammolar bo'yicha maslahatlar;
Seminarlar, konferentsiyalar, bo'sh ish o'rinlari yarmarkalari va boshqalarni tashkil etish;
Tahliliy hisobotlar ishlab chiqish
Talabalar va ish beruvchilar bilan oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish, tomonlarning shartnoma majburiyatlarini bajarishini nazorat qilish
Oliy ta'lim muassasalari uchun amaldagi qonun hujjatlarida ruxsat etilgan, byudjetdan tashqari tadbirlarni o'tkazish.
4-BOB "KARYERA MARKAZI" FOYDALANUVCHILARI
Quyidagilar markaz foydalanuvchiIari bo'Iib hisoblanadilar :
Universitet talabalari va bitiruvchilari;
Hokimilik organlari (tuman (shahar) hokimiyat sektorlari);
Mehnat boshqarmasi tizimidagi tuman (shahar) bandlikka ko'maklashuvchi markazlar;
Yoshlar agentligi;
Mahalla fuqarolar yig'inlari;
Respublika miqyosida faoliyat olib borayotgan turli mulk shakllaridan qat'iy nazar korxona tashkilot muassasalari.
5-BOB.KARYERA MARKAZI FAOLIYATINI AMALIYOTGA JORIY ETISH MEXANIZMI.
Markazning ishlash mexanizmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oliy ta'lim muassasasi bitiruvchisi to'g'risidagi ma'lumotlar;
Korxona (tashkilot, muassasa)da mehnat faoliyatini olib borayotganligi yoki ishsizligi (Bunda, Konxona nimi manzili, tarmoiq sohasi)
O'z-o'zini band qilish bo'yicha band ekanligi;
Respublika hududidan boshqa davlatga chiqib ketganligi ma'lumotari (unda, Davlat nomi, chiqib ketgan sanasi va h.k.)
Rasmiy ishsizligi (ya'ni bandlik markazida ro'yxatga olinganligi). Birinchi bosqich jarayoni davomida viloyat OTM lari tomonidan o'quv yilining sentyabr-noyabr oylari davomida o'qishga qabul qilingan talabalar bo'yicha tizimga tegishli qaydlarni amalga oshiradilar. Bu jarayonda muammo mavjudki, boshqa viloyat OTMlariga o'qishga kirgan talabalar bo'yicha ma'lumotlar ochiq qoladi, bu holatda tegishli umumta'lim maktablari yeki MFYlar tomonidan ushbu ma'lumotlar kiritilishi tavsiya etiladi. Agar mazkur kontseptsiya butun respublika bo'yicha joriy qilinadigan bo'lsa, bunday holatda faqat OTMlar tomonidan kiritilib boriladi. (Agarda, OTMsi avtomatlashtirilgan, ya'ni o'zining mustaqil elektron tizimi mavjud bo'ladigan bo'lsa, bunday vaziyatda ushbu tizimga integratsiya qilish imkoniyatlan yaratib beriladi va ma'lumotlar to'liq avtomatik shakllantiriladi.)
Ikkinchi bosqich monitoring jarayoni :Birinchi bosqich monitoring natijasida bitiruvchi bo'yicha tegishli ma'lumotlar aniqlanmagan taqdirda ushbu bitiruvchilar ishga joylashmaganligi va rasmiy ravishda ish haqi olmayotganligi bois ishsiz sifatida ikkinchi bosqich monitoring jarayoni boshlanadi.
Mahallalar kesimida tuman (shahar) sektorlari rahbarlari nazorati ostida mahalla fuqarolar yig'inlari o'zlaining hududlariga tegishli bo'lgan "iqtisodiy nofaol" hamda "norasmiy ishsiz"ligini qayd etish maqsadida har bir bitiruvchi bo'yicha tizimga quyidagi ma'lumotlarni kiritishlari lozim bo'ladi:
Iqtisodiy nofaol bo'lgan bitiruvchilar bo'yicha:
Bola parvarishida ekanligi;
Dekret ta'tilida ekanligi;
Nogironligi;
Muddatli harbiy xizrnatda ekanligi;
Boshqa hududga ko'chib ketganligi;
O'rganilmaganligi (ma'lumot kiritilmagan taqdirda ushbu holatda turadi);
Norasmiy ishsizligi bo'yicha:
Bandlik markazidan ro'yxatga olinmagan, lekin ishsiz bo'lgan holat bo'yicha tegishli qaydlar;
6-BOB. KONTSEPTSIYANI AMALGA OSHIRISHDAN KUTILAYOTGAN NATIJALAR
Kontseptsiyaning amalga oshirilishi quyidagi natijalarga olib keladi : Bitiruvchilar, ta'lim muassasalari, tuman va shaharlar, sektorlar kesimida barcha ta'lim muassasalari bitiruvchilari mehnat faoliyatini, kasb va mutaxassislikka qayta tayyorlash hamda keyingi ta'lim olish jarayonlarini to'liq, doimiy onlayn monitoring qilib borish imkoniyatini beradi hamda yoshlarning bandligi bo'yicha real ma'lumotlar bazasi shakllanadi. Yoshlarning bandligi respublikamizda davlat siyosati darajasida e'tibor beriladi, uning samarali boshqarilishi, bu sohadagi ustuvor yo'nalishlarni belgilab olish uchun aynidamdagi bandlik holati, uning tendentsiyalari muhim ahamiyatga ega;
Ta' lim muassasalarining xolisona reytingi shakllanadi;
Tegishli soha va hududlardagi rahbar xodimlarning faoliyat samaradorligiga baho beriladi;
Ta'|im muassasalari, bitiruvchilar, ish beruvchilar va tegishli davlat organlari hamkorligi yangi bosqichga ko'tariladi;
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab olish, kadrlar tayyorlash tizimida tegishli ta'lim yo'nalishi va mutaxassislik bo' yicha istiqbolda mutaxassis tayyorlashni prognozlash mumkin bo'ladi ;
Mazkur kontseptsiyani respublika bo'yicha joriy qilinishi respublika bo'yicha makro darajadagi bandlik ko'rsatkichlarini, mehnat resurslarining harakatini, hududlarning mehnat resurslari sig'imidagi o'zgarishlarni, tendentsiyalarni tashkil qilish, bu yo'nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, asosli ilmiy yangiliklar bo'yicha xulosalar chiqarish mumkin.
7-BOB. KONTSEPTSIYANI AMALGA OSHIRISHDA MOLIYALASHTIRISH MANBALARI.
Buxoro davlat universiteti byudjetdan tashqari mablag'lari, homiylik yordamlari, qonunchilik bilan ta' qiqlangan boshqa manbalar.
|
| |