Axborot tizimlarini qo‘llanish sohasi bo‘yicha sinflanishi




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/91
Sana12.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#155201
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91
Bog'liq
1-Маъруза

Axborot tizimlarini qo‘llanish sohasi bo‘yicha sinflanishi
Qo‘llanish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari moddiy ishlab chiqarish
ijtimoiy va boshqaruv sohasiga ajraladi. Ishlab chiqarish sohasida quyidagi 
yo‘nalishlar 
bo‘yicha 
axborot 
tizimlarini 
ajratib 
ko‘rsatish 
mumkin: 
mashinasozlik majmui, yoqilg‘i – energetika majmui, transport majmui, 
metallurgiya majmui, kimyo-o‘rmon majmui, transport majmui, metallurgiya 
majmui.
Ijtimoiy sohada axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi:
sog‘liqni saqlash, nafaqa va ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va aholi dam 
olishi, ijtimoiy va sotsial hayot, xizmatlar va faxrli maishiy hayoti, savdo va 
umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit muhofazasi.
Boshqaruv sohasida axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 
ajratiladi: deputatlar korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va statistika, 
tashqi iqtisodiy faoliyat, moliya organlari, bank tizimlari, huquqni muxrfaza etish 
organlari va hokazolarga xizmat ko‘rsatish.
Faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlarga 
ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi va xokazo.
Qo‘llanish doirasi bo‘yicha asosiy klassifikatsiyaviy (tasnifiy) belgi axborot 
tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash sohasi bilan aniqlanadi.
Mamlakat milliy iqtisodi ijtimoiy mahsulotni yaratish, iste’mol qilish yoki 
taqsimlashda ishtirok etuvchi iqtisodiy-tashkiliy ob’ektlarni (korxonalar, 
birlashmalar, konsernlar, va hokazolar) o‘zida aks ettiradiki, ular ham o‘z 
navbatida ishlab chiqarish va iqtisodiy-tashkiliy axborot tizimlariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish tizimlarida mahsulot yaratish, loyihani ish-lab chiqish, ilmiy 
qoidalarni tayyorlash amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining 
me’yorida ishlashini boshqarish tizimi ta’minlaydi, unda ishlab chiqarish sohasida 
bevosita ishtirok etmaydigan mutaxassislar band. Ular faoliyatining sohasi – 
ishlab chiqarish jarayonlarini tashkillashtirish va boshqarish, ular talab etadigan 
zahiralarni ta’minlashdan iborat.
Ishlab chiqarish tizimlari sinfini mahsulotning turli hayo-tiy sikli 
bosqichlariga muvofiq holda kichik sinflarga bo‘lish mumkin: ilmiy tadqiqot – 
loyihalash – ishlab chiqarish – sinovdan o‘tkazish.
Ishlab chiqarish jarayonlari uchun axborot texnologiyalarini qo‘llash 
tegishlicha mehnat vositalari, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari, ilmiy 
tadqiqotlar, loyiha ishlari va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning 
kompleks avtomatlashtirish tizimlariga olib keladi.
Texnologik 
jarayonlarni 
kompleks 
avtomatlashtirishda 
axbo-rot 
texnologiyalarini qo‘llash texnologik jarayonlarni avtomatlash-tirilgan boshqarish 
tizimi (TJ ABT), moslashgan ishlab chiqarish tizimlari (MIT ABT), 


125 
transportomborxona tizimlari (TOT ABT)-ning yaratilishiga olib keladi. Bunday 
tizimlarni yaratishdan maq-sad-milliy iqtisod tarmoqlarini yuqori ishonchli 
mehnat vositalarini tadbiq etish hisobiga texnik qayta jihozlashni ta’minlash, 
ularni avtomatlashgan uchastka va texnologik jarayonlarga kompleks-lash, ishlab 
chiqarishga moslashuvchanlik, iqtisodiylik bag‘ishlashdir.
Axborot texnologiyalarini ilmiy – tadqiqot loyihalarida, konstruktorlik 
ishlarida, texnologik tayyorlashda qo‘llash ushbu so-halarning avtomatlashgan 
tizimlari yaratilishiga olib keladi.
Kompleks ITAT va LAT ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha tashki-lotlarida 
fundamental tadqiqotlarni olib borish va texnika, texnologiya-larning yangi 
avlodlarini yaratishda foydalani-ladi. Bunday tizimlar tarkibiga sun’iy intellekt 
komponentlari (ekspert tizimlar, bilimlar bazasi, multimedia vositalari) va ishchi 
stansiyalari lokal tizimlari va tadqiqotchi hamda konstruk-torlarning 
avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIU) kiradi.
Axborot texnologiyalarini ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlari va 
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan asosiy maqsad «tadqiqot loyihalash – 
konstruktorlash – ishlab chiqarishga tayyorlash» hayotiy siklining barcha 
bosqichlarida mahsulot ishlanmalari va texnologiyasini o‘tkazish sifati, 
foydalanish harakteristikasi, texnologiyasi, yangi mahsulot ilmiyligi jihatini 
oshirish, nomenklaturani kengaytirish, tajribaviy ishlab chiqarishni qisqartirishdan 
iborat.
Boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy tizimlarida ob’ekt sifatida iqtisodiyotni 
boshqarishning barcha bosqichlarida amalga oshirila-digan ishlab chiqarish
ijtimoiy-iqtisodiy funksional jarayonlar xizmat qiladi. Axborot tizimlari bosh-
qarish xizmatlari xodimlarining ax-borot xizmat ko‘rsatish tizimlari bo‘lib, 
axborotni to‘plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash bo‘yicha texnologik 
vazifalarni bajaradi. U konkret iqtisodiy ob’ekt uchun qabul kilingan metodlar va 
tuzilmaviy boshqaruv faoliyati tomonidan belgilangan reglamentda shakllanadi va 
ishlaydi, uning oldida turgan maqsad va vazifalarni bajaradi.
Tashkiliy – iqtisodiy tizimlar halq xo‘jaligida qabul qilgan boshqarish 
organlari tuzilmasiga muvofiq kichik sinflarga bo‘linmasligi mumkin.
Tashkiliy-iqtisodiy tizimlarda barpo etilgan avtomatlashgan axborot 
vositalari axborotni qayta ishlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun 
mo‘ljallangan axborot, iqtisodiy-matematik metodlar va modellar, texnik, 
dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislar yig‘indisini o‘zida aks ettiradi.

Download 3,06 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlarini qo‘llanish sohasi bo‘yicha sinflanishi

Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish