128
axborotni tashkil etish, axborot texnologiyasi har bir daraja, har bir blok doirasida
o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
4-sinf – bloklarni yagona axborot banki va yagona axborot texnologiyasi
bilan yagona tizimga qo‘shib yuborish orqali amalga
oshiriladigan axborot
tizimlaridir.
5-sinf – intefallashgan tizimlar. Ularga turli tip va maqsadli axborot tizimlari
birlashib, ishlab chiqarish hamda boshqaruv kompleks tarzda avtomatlashtiriladi.
Sifat darajasiga ko‘ra axborot tizimlari quyidagi sinflarga bo‘linadi:
1.
Axborot-qidiruv tizimi (AQT). EHMda yoki undan tashqarida
sakdanishi mumkin bo‘lgan hujjatlar, ikkinchi darajali hujjatlar (masalan,
referatlar), hujjatlar nomi yoki manzillarning to‘liq matnini qidirishni amalga
oshiradi. EHMda u yoki bu hollarda qidiruv obrazi
nomini olgan va qisqacha
mazmuni bayon qilingan huj-jatlarning formallashgan bayoni saqlanadi.
2.
O‘ziga kerakli mavzu-dagi hujjatni topishni istagan axborot
iste’molchilari tizimga so‘rov yuboradi. Qidiruv natijasiga ko‘ra, tasvir-anan
hujjatlarning to‘liq matni yoki so‘ralgan harajatlarning to‘g‘ri-noto‘g‘ri,
yetishmasligi, ishonchlilik darajasi haqida ma’lumot beriladi.
3.
Axborot-ma’lumotnoma
tizimi
(AMT)
ko‘p
jihatdan
foydalanuvchilar so‘roviga binoan iqtisodiy, texnik yoki texnologik mazmundagi
axborotni berish, yig‘ish va saqlashga mo‘ljallangan. Aytish mumkinki, axborot-
ma’lu-motnoma tizimi raqamli yoki matnli konkretlashtirilgan ma’lumotlar bilan
ishlashga qaratilgan. So‘rov-ning turiga va shakliga ko‘ra natijani qanday taqdim
etishni belgilaydi. So‘rov natijalari standart ma’lumotnoma shaklida berilishi
mumkin yoki foydalanuvchining xohishiga ko‘ra uning so‘rovini
qayta ishlash
davomida ixtiyoriy ko‘rinishda loyihalashtirilishi mumkin.
4.
Matnlarni qayta ishlash
axborot
tizimi
(MQAT)
bevosita foydalanuvchiga matnlarni (xat, maqola, referat, buyruq va
hokazo) tahrir qilish, saqlash va ko‘paytirishga mo‘ljallangan.
5.
Ma’lumotlarni
qayta
ishlash
tizimi
(MQIT)
EHMdagi
hisobkitoblarning formallashgan algoritmlari bo‘yicha ma’lumotlarni hisoblashga
mo‘ljallan-gan. Mazkur tizim ijodiy jarayonlarni emas, eski jarayonlarni (hisob,
hisobot, muhandislik-texnik hisob-kitoblari va hokazo) avtomatlashtirishga
yo‘naltirilgan.
6.
Maslaxat beruvchi axborot tizimi (MBAT)
avtomatlashtirilgan
rejimda EHMda ma’lum bir holatlarda tashkiliy yoki texnik mazmundagi
qarorlarning ayrim variantlarini tuzib beradi. Bu tavsiyalar qaror qabul qiluvchi
shaxs ixtiyoriga beriladi. Maslaxat beruvchi (kengashuvchi) axborot tizimi asosiga
real haqiqatga, ya’ni ob’ektdagi yoki boshqaruv tizimidagi jarayonga o‘xshash
turli xil matematik modellar joylashtiriladi.
7.
Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT) shunisi bilan ajralib turadiki,
EHMda ishlab chikilgan qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi. Ayni paytda
ishlab chiqarish tizimi (texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgai
129
tizimi dispetcher boshqaruvi tizimi) EHM qabul kilgan
qarorlar ijrosini tegishli
ijro mexanizmlari orqali avtomatik ravishda amalga oshiradi.
8.
Ekspert tizimlari – ET (intellektual komponentli axborot tizimi)
EHMda ma’lumotlar bazasidan tashqari yana ikkita – bilim-lar va maqsadlar
bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi. Ma’lu-motlar bazalari (MB) boshqaruv
tizimi va ob’ektining miqdoriy formal tavsifiga ega; bilimlar bazasi (BB) tashqi
muhit haqidagi noformal semantik tasavvurlar, ob’ektlarning ayrim sifat tavsifini,
ular orasidagi munosabatlar, mumkin bo‘lgan harakatlar, holatlar, abstraksiyalar,
streotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi modellashtiriladigan ob’ektlar
uchun xos bo‘lgan o‘zaro bog‘liq maqsadlar,
kenja maqsadlar, ularga yetishish
uslublari va vositalari tuttsheidagi tasavvurga ega. Bunday tizimlar ijodiy,
ilmiytadqiqot, loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida juda dolzarb.
Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo‘yicha mutaxassis-lar
tajribasi va bilimini to‘plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi.