• Printer, modem, skaner, strimer, grafik qurilmalar, lazerli kompakt disklar, audioplata, plotterlar va boshqalar.
  • Ko’tarilib yuriladigan ehmlarning tiplari




    Download 33 Kb.
    Sana25.03.2017
    Hajmi33 Kb.
    #2318

    Ko’tarib yuriladigan EHMlarning tiplari.
    Ko’chma kompyuterlar shaxsiy kompyuterlarning tez rivojlanayotgan kenja sinfidir.
    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
    Ko’chma kompyuterlarning ko’pchiligi akkumulyatorlardan alohida (avtonom) ta`minlanadi. Ular tarmoqqa ulanishi ham mumkin. Videomonitor sifatida ularda yassi videoproektorli suyuq kristalli displeylar qo’llaniladi.


    Suyuq kristalli displeylar (LCD – Liguid Crystal Display) faol (aktiv) va sust (passiv) matrissali bo’ladi. Ko’chma kompyuterlar turli-tuman: ulkan va og’ir (15 kg gacha), portativishchi stansiyalaridan to 100 gramm keladigan electron yozuv daftarchasigacha bo’lgan ko’chma kompyuterlar mavjud.

    Portativ ishchi stansiyalar eng qydratli va yirik ko’chma ShKlardir. Ular ko’pincha chemodan shaklida tayyorlanadi va og’zaki tilda “ Ko’chmanchi” deb ataladi.
    Til Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
    Ularning konfiguratsiyasi 800 Mgsdan yuqori bo’lgan chastotali, kuchli mikroprotsessorga, 128 Mbaytdan yuqori sig’imdagi tezkor xotirali , 10 Gigabayt diskli jamlaguvchilarga ega, 8 Mbaytdan yuqori videoxotirali interfeys va qudratli videoadapterlari bo’lgan kompyuterdir.


    Ixcham Lap Top kompyuterlari, bu “tizzada ishlatiladigan” degan ma`noni bildiradi, uncha katta bo’lmagan “diplomat” o’lchamidagi chemodan ko’rinishida tayyorlanadi, uning og’irligi odatda 5-10 kg oraliqda bo’ladi. Zamonaviy Lap Top da ko’pincha yuqori taktli chastotali (200 Mgsgacha) Pentium, Pentium Pro mikroprotsessorlari ishlatiladi; tezkor xotirasi 64 Mbayt gacha; 1200 Mbayt gacha sig’imli qattiq diskdagi yig’uvchi, ko’pincha olinadigan bo’ladi;
    Kompyuter-yon daftarchalar (Note Book va Sub Notebook) stol usti ShK larining barcha vazifalarini bajaradi. Tuzilish jihatidan ulat uncha katta bo’lmagan kitob o’lchamida ( qalinligi 2-5 cm bo’lgan A4 formatli standart o’lchamli) mo`jaz chemodancha (ba`zan olinadigan qopqoqli) ko’rinishida tayyorlanadi. O’z xususiyatlariga ko’ra ko’p jihatdan Lap Topga mos keladi, faqat o’lchami va bir qator kichik hajmdagi operativ va diskli xotirasi bilan farqlanadi.

    Kompyuter-bloknotlarning ko’pgina modellari aloqa kanaliga va shunga muvofiq hisoblash tarmog’iga ulanish uchun modemlarga ega aloqani ta`minlaydi. Ular uncha katta bo’lmagan hajmdagi suyuq kristalli monoxrom va rangli displeylarga ega. Klaviaturasi har doim qisqa, Track Point va Track Pad turidagi manipulyatorlarga ega.

    Cho’ntak kompyuterlari (Palm Top, bu “ kaftdagi” degan ma`noni bildiradi) 300 g og’irlikka ega, yig’ilgan holatda 150x80x25 mmdir. Ular to’laqonli ShK lar bo’lib, mikroprotsessor, tezkor va doimiy xotira, odatda monoxrom suyuq kristalli displey, ixcham klaviatura, ko’chmas ShKga axborot almashuv maqsadlarida ulanish uchun port bo’limlariga ega.

    Elektron kotiblar ( PDA—Personal Digital Assistent, ularni ba`zan Hand Help – qo’l yordamchisi deb atashadi) cho’ntak kopyuteri shakliga ega(og’irligi 0,5 kg dan ortiq emas), biroq Palm Top ga nisbatan keng funksional imkoniyatlarga ega(xususan: nomlar, manzilgohlar va telefon raqamlarini saqlovchi elektron ma`lumotnomalar, kun tartibi va uchrashuvlar, joriy ishlar ro’yxatlari, xarajatlar yozuvlari va boshqalar haqidagi axborotni tashkil qilishga yo’naltirilgan apparat va maxsus dasturiy ta`minot), maxsus matnli , ba`zan esa grafik muharrirlik, elektron jadvallar tayyorlaydi.

    Ko’pgina elektron kotiblar modemlarga ega va boshqa ShKlar bilan axborot almashishi mumkin. Hisoblash tarmog’iga ulanganda esa elektron pochta va fakslarni olish va jo’natish mumkin. Ulardan ba`zilari hatto avtomatik raqam teruvchilariga ega. Elektron kotiblarning yangi modemlari boshqa komputer qurilmalari bilan masofadan simsiz axborot almashish uchun radiomodem va infraqizil portlar bilan jihozlangan.

    Elektron yozuv daftarchalari (organizer—organayzerlar) ixcham kompyuterlarning “engil sinfi” ga kiradi. ( bu sinfga ulardan tashqari kalkulyatorlar, elektron tarjimonlar va boshqalar kiradi); ularning og’irligi 200 grammdan oshmaydi. Organayzerlar foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilmaydi, biroq sig’imli xotiraga ega. Unga zarur axborotni yozish va uning yordamida maxsus matnni tahrir qilish, ish xatlari, bitim, shartnomalar matnlari, kun tartibi va ish uchrashuvlariga tegishli matnlar saqlanishi mumkin.

    Kompyuter asosiy qurilmalari bilan bir qatorda atrof qurilmalarga ham ega. Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, modem, skaner, strimer, grafik qurilmalar, lazerli kompakt disklar, audioplata, plotterlar va boshqalar.
    Download 33 Kb.




    Download 33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko’tarilib yuriladigan ehmlarning tiplari

    Download 33 Kb.