Axborot tizimlarini boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha sinflanishi




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/91
Sana12.02.2024
Hajmi3,06 Mb.
#155201
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91
Bog'liq
1-Маъруза

Axborot tizimlarini boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha sinflanishi
Boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha umumdavlat va tarmoq-lararo 
boshqarish organlari, tarmoq va hududiy boshqarish organlari, tashkilotlarining 
axborot tizimlariga ajraladi.
Tegishli organning avtomatlashtirish va ishlash maqsadlariga bog‘liq holda 
umumdavlat va tarmoqlararo axborot tizimlari nomla-nishda muayyan farqlarga 
ega.


126 
Davlat va tarmoqlararo boshqarish organlariga axborotni qayta ishlash 
tizimlari, ma’lumotlar bazasi va banki, ekspert va axborot-izlash tizimlari kiradi, 
ular davlat xokimiyati organlari va boshqaruv, tarmoqlararo organlar ishini 
ta’minlaydi.
Tarmoqlararo avtomatlashgan axborot tizimlari milliy iqti-sodni boshqarish 
organlarining (bank, moliya, statistika, ta’minot va boshqalar) ixtisoslashgan 
tizimidir. Ular o‘z tarkibida qudratli hisoblash komplekslari, tarmoqlararo ko‘p 
darajali avtomatlashgan axborot tizimlariga ega bo‘lib, iqtisodiy va xo‘jalik 
bashoratlarini, davlat byudjetini ishlab chiqish, xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlari 
faoliya-ti natijalarini nazorat qilish va tartibga solishni amalga oshiradi.
Boshqaruvning tarmoq tamoyilini amalga oshiruvchi organlar uchun axborot 
tizimlarini tuzilmalarining bo‘g‘inliligidan kelib chiqib ajratish mumkin: vazirlik 
(idora, konsern, assotsiatsiya, xolding) axborot tizimlari – birlashma – korxona.
Boshqaruvni tarmoq tamoyili bo‘yicha amalga oshiruvchi organlar uchun 
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash tarmoq axborot tizimlarini barpo 
etishga olib keladi, vazirliklar, banklar, idoralar, korporatsiya va hokazolarni 
ta’minlovchi axborot, ma’lumotlar banki va bazasini qayta ishlash tizimini o‘zida 
namoyon etadi. Bu tizimlar SHK lokal hisoblash tarmoqlari bazasida yaratiladi. 
Tarmoq axborot tizimida axborotni to‘plash, uzatish, qayta ishlash va tahlil qilish 
amalga oshiriladi. Bu boshqarish apparatining qarorlarni qa-bul qilish va ularni 
idoralarga karashli korxona va birlashmalargacha yetkazishda majburiy ishtirokini 
ko‘zda tutadi.
Korxona (tashkilot, muassasa) tizimida axborot texnologiyalarini tadbiq etish 
korxonaning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratishga olib keladi, u 
avtonom holda ham, ishlab chiqarish birlashmasi axborot tizimi tarkibida ham
tarmoq axborot tizimida ham ishlashga mo‘ljallangan.
Agar korxonaga ishlab chiqarish, sex, brigada kabilar majmuasini namoyon 
etuvchi tizim deb qaralsa, bu darajalarning har birida axborot texnologiyalaridan 
foydalanish mumkin. Ularning har birida tegishlicha axborot tizimlari ham paydo 
bo‘ladi.
Bu pog‘onada quyi, asosiy element asosiy ish joylarida axborot 
texnologiyalaridan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Bu holda «avtomatlashgan 
ish joyi» (AIJ) tushunchasidan foydalaniladi.

Download 3,06 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91




Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlarini boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha sinflanishi

Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish