51
-muvofiklashtirilgan marketingdan foydalanish;
-kompaniya faoliyatini taxlil kilish.
Aynidamda sug‘urta kompaniyalarini institutsional rivojlantirishdagi eng
progressivAKT Internet-sug‘urta hisoblanadi.
Internet-sug‘urta-bu mijozni sug‘urta kompaniyasi (bevosita uzining sayti
orqali) bilan kelgusida zarur sug‘urta mahsulotini tanlash uchun virtual muloqot
qilish va o‘z navbatida joriy
xizmatlarni namoyish qilish, sug‘urta qoplamalarini
olishni Internet-texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirishga imkon beruvchi
moliyaviy bozor segmentidir.
Sug‘urta kompaniyalari birinchi bosqichda xususiy Internet saytlarini
yaratishlari lozim va bu elektron vizitka
funksiyasini amalga oshirib, unda mijoz
bilan aloqalarni o‘rnatish yo‘llari haqidagi ma’lumotlar, litsenziyalar, sotiladigan
mahsulotlarning qisqacha tasniflari berib boriladi.
Keyingi bosqichda sug‘urta kompaniyalari o‘z Internet –
vakolat xonalarini
rivojlantirish yo‘lida e’tiborlarini mukofotlarini onlayn-to’lovlar orqali amalga
oshirish, mijozni sug‘urta ro‘yxatiga kirishi va personllashtirilgan ma’lumotlarni
yangilab borish kabiy o‘nalishlardagi sug‘urta xizmatlariga qaratishlari lozim.
Ayni damda respublikamiz sug‘urta kompaniyalari Internet sug‘urta
segmentidagi Internet muhitida ikki yo‘nalishdagi biznes yechimlardan biridan
foydalanib faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
Internetda sug‘urta biznesini tashkil qilish (virtual vakolat xonalar ochish;
Internet orqali sug‘urta
polislarini olish; sug‘urta shartnomalarini Internet
orqali kuzatib borish; barcha sanab o‘tilgan sug‘urta ko‘rinishlarini birlashti-
ruvchi portallar)
Internet bilan bog‘liq risklarni sug‘urta qilish (kiberjinoyatchilik;
elektron
qurilmalarni sug‘urta qilish; moliyaviy risklarni sug‘urta qilish; turli
ko‘rinishdagi javobgarliklarni sug‘urta qilish va boshqalar).
O‘zbekistonda Internet sug‘urtani rivojlantirilishi istiqbolli ahamiyatga ega
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida 2003 yil dekabr oyida qabul qilingan «Elektron
raqamli imzo haqida», 2004 yil may oyida qabul qilingan «Elektron tijorat haqida»,
«Elektron hujjat aylanish tizimi» haqidagi qonunlar bu tizimni rivojlantirishning
huquqiy asoslari hisoblanadi.
Yangi turdagi bunday xizmatlarni joriy qilish kelgusida sug‘urta
xizmatlari
bozori hajmining o‘sishi, mijozlarga samarali va sifafali xizmatlar ko‘rsatish,
kompaniya daromadlarini o‘sishiga shu bilan birga raqobat bardoshligini oshishi,
sug‘urta kompaniyasini tashqi bozorda ham samarali faoliyat yuritish imkoniyatlariga
ega bo‘lishlariga xizmat qiladi.