49
12-mavzu. Sug‘urta faoliyatida axborot komplekslari va texnologiyalari
REJA:
1.
Sug‘urta faoliyatida axborot komplekslari haqida tushuncha.
2.
Sug‘urta faoliyatida axborot texnologiyalarining qo‘llanshi.
3.
Sug‘urta faoliyatidagi amaliy dasturiy paketlar (AMP).
4.
Internet sug‘urta va online sug‘urtaning ishlash texnologiyasi.
1-topshiriq.
Sug‘urta faoliyatini O‘zbekistonda rivojlanish
tendentsiyalarini
izohlang.
2-topshiriq.
Internet sug‘urta texnologiyasini izohlang.
3-topshiriq.
Sug‘urta faoliyatidagi amaliy dasturiy paketlar (AMP)dan foyala-
nish texnologiyasi.
4-topshiriq.
Keltirilgan matni o‘qib 5 minutlik esse yozing.
Sug‘urta faoliyati haqida tushuncha.
Tabiiy va boshqa stixiyali kuchli ta’siri
natijasida yuzaga
keladigan zararlarni qoplash, oldini
olish hamda ogohlantirish
uchun maqsadli yo‘nalishdagi pul fondlarini shakllantirish
va ulardan foydalanish
bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisiga sug‘urta deyiladi.
Sug‘urtaning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat:
Sug‘urta riskining mavjudligi. Risk-sug‘urta munosabatlari paydo bo‘lishi-
ning asosiy shartidir. Risk bo‘lmas ekan, sug‘urtaning bo‘lishi mumkin emas. Risk-
ning hajmi, miqdori ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari yordamida
aniqlanadi.
Sug‘urta risklarini tahlil qilish ularni 2 ta yirik guruhga bo‘lishni taqozo etadi.
1.Sug‘urtaviy.
2.Sug‘urtasiz.