• 1.5-rasm. «Industrial iqtisodiyot” fanining o‘rganish usullari 1
  • «Industrial iqtisodiyot” fanining nazariy, metodologik asosini




    Download 5.3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/181
    Sana27.04.2023
    Hajmi5.3 Mb.
    #54258
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   181
    Bog'liq
    2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711
    MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya
    «Industrial iqtisodiyot” fanining nazariy, metodologik asosini sanoatning 
    vujudga kelishi va rivojlanish muammolari bo‘yicha hozirgi nazariya, o‘zbekistonlik 
    va xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining ilmiy asarlari, O‘zbekiston Respublikasi 
    qonunlari, Respublika Prezidentining asarlari tashkil etadi. 
    1.5-rasm. «Industrial iqtisodiyot” fanining o‘rganish usullari
    1
     
    1
    Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-11 bet.


    11 
    Dialektika usuli muammolar o‘rganilayotgan omillar, shart-sharoitlarning 
    namoyon bo‘lishi va yuz berishi ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga boy ekanligini 
    inobatga olishni taqozo etadi. 
     
    1.4. «Industrial iqtisodiyot” fanining vazifalari 
    Har qanday fan kabi «Industrial iqtisodiyot» fani ham eng avvalo, o‘z yo‘nalishi 
    bo‘yicha ilmiy qarash va nazariyalarga tayanadi. Uning asosiy vazifasi sanoat 
    sohasiga taalluqli iqtisodiy bilim va ilm hamda muayyan ko‘nikma bilan 
    qurollantirishdan iboratdir. 
    Bu fan, birinchidan, iqtisodiyotning sanoat sohasidagi sir- asrorlarini bilib 
    olishga; ikkinchidan, bu tarmoq iqtisodiyotida qo‘llaniladigan barcha iqtisodiy 
    tushunchalarni tavsiflashga, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in’ikosi, ifoda 
    etilishi ekanligini anglashga ko‘maklashadi; uchinchidan, ishlab chiqarish san’atini 
    egallash bo‘yicha bilim va ko‘nikma beradi. Demak, «Industrial iqtisodiyot» fani 
    faqat nazariy tomondangina emas, balki amaliy jihatdan ham bilim berish vazifasini 
    bajaradi. Bu fanni puxta egallagan har bir iqtisodchi mavjud iqtisodiy 
    ko‘rsatkichlarning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunadigan, ularni to‘g‘ri 
    hisoblash va aniqlashni biladigan, ular dinamikasidan tegishli xulosalar chiqara 
    oladigan bo‘ladi. 
    Har qanday bilim ham, hatto, jamiyat hayotining chuqur negizlariga kirib 
    boruvchi ilm ham muayyan harakat uchun qo‘llanma bo‘lganligi, jamiyatni tubdan 
    o‘zgartirishning amaliy maqsadlariga xizmat qilganligi uchun qimmatlidir. Shu 
    sababli «Industrial iqtisodiyot» ham fundamental fanlar qatoridan o‘rin olib, iqtisodiy 
    taraqqiyotning muhim qonun-qoidalaridan sanoat sohasida foydalanish yo‘llarini 
    ko‘rsatib berayotganligi tufayli ahamiyatli hisoblanadi. 
    «Industrial iqtisodiyot» fanining muhim vazifalaridan biri — bu metodologik 
    vazifadir. «Industrial iqtisodiyot» iqtisodiy fanlar majmuida alohida o‘rin egallaydi
    chunki barcha iqtisodiy-metodologik masalalarning ilmiy va amaliy talqini, eng 
    avvalo, sanoat sohasida amalga oshiriladi.
    «Industrial iqtisodiyot» fanining vazifalari respublika ijtimoiy-iqtisodiy 
    taraqqiyotining ob’ektiv sharoitlari, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
    va unga binoan amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, ahamiyati va 
    mazmuni bilan belgilanadi. 
    Ulardan eng muhimlari quyidagi rasm da keltirilgan:
    Ushbu fanning yana bir eng muhim vazifasi - bu sanoat mahsulotlarini ishlab 
    chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlar tizimi, mahsulot tannarhi, narhlarning 
    shakllanishi, foyda va rentabellik, moliyalash va kreditlash masalalari bo‘iicha bilim, 
    ilm va ko‘nikmalar berishdan iborat. 


    12 

    Download 5.3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   181




    Download 5.3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Industrial iqtisodiyot” fanining nazariy, metodologik asosini

    Download 5.3 Mb.
    Pdf ko'rish