• 2-BOB. SANOAT - MILLIY IQTISODIYOTNING YETAKCHI TARMOG‘I 2.1. Sanoatning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o‘rni
  • O‘zbekiston Respublikasining asosiy rivojlanish ko‘rsatkichlari - ijtimoiy- iqtisodiy ko‘rsatkichlar
  •  Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach.  Irwin. 2000




    Download 5.3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/181
    Sana27.04.2023
    Hajmi5.3 Mb.
    #54258
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   181
    Bog'liq
    2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711
    MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya
    5. Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. 
    Irwin. 2000. 
    6. Schmalensee, Richard, and Robert Willig, eds. (HB) Handbook of Industrial 
    Organization. Vols. 1-2. North-Holland, 1989. 
    7. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b. 
    8. www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi 
    9. 
    www.search.ebscohost.com
     - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi 


    14 
    2-BOB. SANOAT - MILLIY IQTISODIYOTNING YETAKCHI 
    TARMOG‘I 
    2.1. Sanoatning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o‘rni 
    Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, yetakchi tarmog‘idir. Unda 
    mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining 
    ko‘pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va 
    inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; yer osti boyliklari qazib 
    olish amalga oshiriladi; mineral, o‘simlik va hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi
    keng iste’mol mollari tayyorlanadi va h.k.lar. 
    2.1- j a d v a l
    O‘zbekiston Respublikasining asosiy rivojlanish ko‘rsatkichlari - ijtimoiy-
    iqtisodiy ko‘rsatkichlar
     
    2011y. 
    2012y. 
    2013y. 
    2014y. 
    2015y. 
    2016y. 
    2017 y. 
    2018y. 
     Yalpi ichki 
    mahsulot 
    (mlrd. so‘m) 
    78 764,2 97 929,3 120861,5 145 846,4 171 808,3 199 325,1 302 536,8 407 514,5 
    Aholi jon 
    boshiga yalpi
    ichki 
    mahsulot 
    (ming so‘m) 
    2 684,6 3 289,0 
    3 996,3 
    4 741,8 
    5 489,3 
    6 258,6 
    11970,6 12 365,6
    YaIMda 
    xizmatlar 
    hajmi 
    (mlrd.sum) 
    34 407,3 43 465,4 53 941,4 64 673,5 76 412,1 90 202,9 116795,7 133847,9 
    Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 
    Sanoat iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat 
    qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni 
    saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga 
    bog‘liq. 
     
    Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli 
    beqiyosdir. Shu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
    davlatning mavqei shunchalik kuchli bo‘ladi va aholi turmush darajasi yanada 
    yaxshilanib boradi. 
    Sanoat jamiyatning yetakchi kuchi bo‘lgan ishchilar sinfini o‘zida birlashtiradi. 
    Sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlarning soni ko‘payadi, ularning bilimi 
    va ilmi, mahorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko‘tariladi. 
    Sanoat sohasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bo‘lgan 
    konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni 
    uyushtirshning 
    ilg‘or 
    usullari 

    mahalliylashtirish, 
    ixtisoslashtirish 
    va 
    diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish sohasida ustunlik 
    qiladi. 
    Faqat yirik mashina industriyasigina fan va texnika hamda innovatsiyaning 
    barcha yutuqlarini mujassamlashtirib, mehnatni texnika bilan qurollantirishi va 


    15 
    unumdorligini yuqori darajaga ko‘tara oladi. 
    Sanoat va ayniqsa, uning eng muhim sohasi bo‘lgan og‘ir sanoat mamlakatda 
    kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy-texnika 
    vositalarini o‘zi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda 
    jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy-ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirib 
    ham boradi. 
    2.2- j a d v a l 

    Download 5.3 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   181




    Download 5.3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach.  Irwin. 2000

    Download 5.3 Mb.
    Pdf ko'rish