• XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLARDA MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI Sultonova Malika Otabek qizi-QarMII
  • Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet230/452
    Sana27.06.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #265988
    1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   452
    Bog'liq
    QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

    Список использованной литературы
    1. Налоговый кодекс Республики Узбекистан, № ЗРУ-599, г. Ташкент, 30 
    декабря 2019 г. 
    2. НСБУ № 21 «План счетов бухгалтерского учета финансово-
    хозяйственной деятельности хозяйствующих субъектов и инструкция по его 
    применению». 
    3. НСБУ № 5 «Основные средства». 
    4. МСБУ № 16 «Основные средства». 
    5. Положение «О порядке списания с баланса стоимости основных 
    средств», зарегистрированного МЮ 29.08.2004 г. № 1401. 
    XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLARDA MOLIYAVIY NATIJALAR 
    AUDITINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI 
    Sultonova Malika Otabek qizi-QarMII, 
     Audit mutaxassisligi 2-bosqich magistranti 
    Moliyaviy natijalar auditi moliyaviy hisobot auditida alohida ahamiyat kasb 
    etadi. Chunki, auditor tomonidan ijobiy xulosalangan moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi
    hisobot ko‘rsatkichlari foydalanuvchilarga moliyaviy ma’lumotlarning to‘g‘riligi va 
    ishonchliligini ta'minlagan holda ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy 
    resurslari qancha foyda keltirganini bilish, tegishli qarorlar qabul qilish imkonini 
    beradi. O‘zbekistonda ham rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi moliyaviy 
    natijalar to‘g‘risidagi hisobot auditi hisobotning shaffofligi va ishonchliligini, 
    hisobdorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Ammo, tadqiqotlarimiz ko‘rsatadiki, ushbu 
    yo‘nalishda tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar, ijobiy 
    o‘zgarishlar bilan bir qatorda o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud.
    Xususan, asosiy muammolardan biri audit uchun mustahkam me'yoriy-huquqiy 
    bazaning yetarli emasligi bo‘lib, bu turli auditorlik firmalari tomonidan o'tkaziladigan 
    audit sifatining o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘zgaruvchanlik, o‘z navbatida, 
    moliyaviy ma’lumotlarning sifati va ishonchliligidagi nomuvofiqliklarga olib keladi, 
    investorlar va manfaatdor tomonlar o‘rtasida shubha uyg‘otadi. 


    483 
    Moliyaviy natijalar auditini tashkil etishda yana bir o‘ziga xos qiyinchiliklardan 
    biri malakali auditorlarning yetishmasligi va malaka oshirishga e’tiborning 
    kamligidir. Bu esa auditorlik firmalarining moliyaviy natijalar auditini sifatli 
    o‘tkazish imkoniyatlarini cheklashi bilan bir qatorda audit texnologiyasi va 
    vositalarining cheklanishiga ham olib keladi. Ushbu muammolar tadqiqidan 
    ko‘rinadiki, bu muammolar tashkiliy xarakterdagi muammolar bo‘lib, ularning 
    mavjudligi uslubiy muammolarni ham yuzaga chiqaradi. Shu nuqtai-nazardan ham 
    ushbu muammolar yechmini ta’minlashda davlat hamda professional buxgalter-
    auditorlarlarga tegishli organlar hamkorligida izchil chora – tadbirlarni ishlab chiqish 
    maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tadqiqotlarimiz ko‘rsatadiki, moliyaviy natijalar 
    auditini o‘tkazishda asosan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ko‘rsatkichlari 
    qiyosiy tahlil qilinadi. Ammo, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy natijalari 
    auditining provard maqsadi nafaqat hisobot ko‘rsatkichlarini ishonchliligi, shaffofligi 
    haqida auditor fikrini berish, balki, moliyaviy natijalarni yanada yaxshilash yo‘llari 
    yuzasidan taklif va tavsiyalar ham ishlab chiqishdan iborat. 
    Aynan, ushbu jarayonda moliyaviy natijalar auditida faqat miqdoriy tahlil 
    usullari bilan cheklanib qolmasdan omilli tahlildan ham foydalanish ilmiy-uslubiy 
    jihatdan samarali hisoblanadi. Chunki, moliyaviy natijalar auditida moliyaviy 
    natijalarga ta’sir etuvchi omillarni ham tekshirish uslubiy jihatdan zarur. Tahlillardan 
    ko‘rinadiki, moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy elementi daromad va 
    xarajatlar hisoblanadi. Shu sababdan moliyaviy natijalar auditida moliyaviy 
    natijalarga bevosita ta’sir etuvchi omillar tarkibida xarajatlar tarkibini omilli tahlil 
    qilishni tavsiya etamiz. Nazariy manbalar tahlilidan ko‘rinadiiki, xarajat - bu 
    mahsulotlami ishlab chiqarish, tovarlami sotish va xizmatlar ko'rsatish bilan bog‘liq 
    bo‘lgan sarflarning puldagi ifodalanishi bo‘lib, xarajatlarning turlari va moddalari 
    xo‘jalik yurituvchi sub’yektning faoliyatidan kelib chiqadi.
    Korxonadagi moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan qanchalik samarali 
    foydalanilsa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming tannarxi va qiymati shunchalik 
    past bo‘ladi. Bu o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy 
    barqarorligiga, moliyaviy natijasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli xarajatlar 


    484 
    moliyaviy natijalar auditida asosiy ta’sir etuvchi omil sifatida tahlil qilinishi kerak. 
    Chunki, xarajatlar auditi natijasida moliyaviy natijani yanada yaxshilashning ichki 
    imkoniyatlari, resurslardan oqilona foydalanish yo'llari aniqlanadi. Bunda auditor 
    xarajatlarning iqtisodiy mazmuni, tarkibi va ulaming turlarini chuqur tekshira olish 
    mahoratiga, malakasiga ega bo‘lishi kerak. Xarajatiar auditida mahsulot tannarxini 
    aniqlash alohida o‘rin tutadi. Mahsulot tannarxini audit qilishda quyidagilarga e’tibor 
    berish zarur: 
    • mahsulot tannarxiga kiritilgan xom ashyo va materiallaming to'g'ri baholanishi 
    va hisobga olinishi; 
    • mahsulot tannarxi va qiymatinig korxona hisob siyosati va Soliq 
    qonunchiligiga mos kelishi;
    • mahsulot tannarxining to‘g‘ri hisobga olinishi;
    • ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq operatsiyalaming buxgalteriya hisobi 
    schyotlarida to‘g‘ri aks ettirilishi;
    • tayyor mahsulotlarning to‘liq kirim qilinishi va sotishga tayyorlash.
    Moliyaviy natijalarga ta’sir etuvchi omillar auditida sub’yektning mahsulot 
    tannarxini biznes-rejaga, ishlab chiqarish dasturiga, xarajatiar smetasiga, rejali 
    kalkulyatsiyasiga alohida e’tibor qaratish zarur. 
    Omilli tahlil natija ko‘rsatkichini yaxshilashning ichki imkoniyatlarini izlab 
    topish yo‘llarini aniqlab beradigan eng muhim iqtisodiy dastaklardan biridir. 
    Binobarin, audit jarayonida moliyaviy natijalami omilli tahlil qilishdan ko‘zlangan 
    asosiy maqsad foyda turlari va ulaming o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy 
    omillami hisoblash hamda foyda miqdorini oshirish bo‘yicha yig‘ma rezervlar 
    summasini aniqlash va ulami ishlab chiqarishga safarbar qilishdan iborat. Tahlil 
    etishda har bir omilning sof foyda o‘zgarishidagi mutlaq qiymatlari aniqlanadi. 
    Ulaming o‘zgarishlariga baho berish orqali korxonada foydani o‘stirish yuzasidan 
    ichki imkoniyatlaming mavjudligi o'rganiladi.
    Audit jarayonlari haqida so‘z yuritganda ta’kidlash lozimki, moliyaviy natijalar 
    auditi bu kichik bir jarayon bo‘lmasdan, audit muolajalarining, jumladan moliyaviy 
    hisobot auditining asosiy qismi hisoblanadi. Chunki moliyaviy natijalar auditi amalga 


    485 
    oshirilganda faqat oxirgi foyda shakilanishi emas balki, umuman, moliyaviy 
    natijalarga ta’sir etuvchi barcha omilliar (daromadlar, xarajatlar, ishlab chiqarish 
    jarayoni, aktivlar tarkibi va moddiy boyliklaming hisobdan chiqarilishi, pul 
    mablag'lari xarakati, kapital tarkibi va tuzilmasi va boshqalar) qamrab olinsa 
    maqsadga muvofiq bo'ladi. Moliyaviy natijalar auditining ilmiy-uslubiy asoslarini 
    yanada takomillashtirish uchun auditning xalqaro standartlariga o‘tishning huquqiy-
    me’yoriy asoslari, malakali mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, 
    auditorlar mustaqilligi madaniyatini yaxshilash, moliyaviy natijalarga ta’sir etuvchi 
    omillarni omilli tahlil usullaridan foydalanish sohasida tizimli ishlarni amalga 
    oshirish tavsiya etiladi.

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   452




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish