KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMIDA ICHKI AUDITNI TASHKIL




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/452
Sana27.06.2024
Hajmi8,84 Mb.
#265988
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   452
Bog'liq
QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

 
KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMIDA ICHKI AUDITNI TASHKIL 
ETISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR TAHLILI 
Yaxshiqulova Moxinur Toxir qizi – QarMII,
 Audit mutaxassisligi 2-bosqich magistranti 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni uzluksiz davom ettitishda 
korxona va tashkilotlarda, xususan, korporativ boshqaruv tizimidagi korxonalarda 
ichki audit jarayonlarini maqsadli va samarali tashkil etish dolzarb masala 
hisoblanadi. Chunki, korporativ boshqaruv tizimidagi korxonalarda ichki audit 
tizimining asosiy vazifasi – mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va tannarxini 
pasaytirish yo‘llarini izlab topishdir. Ammo, tadqiqotlarimiz ko‘rsatadiki, korporativ 
boshqaruv tizimida ichki auditni xalqaro standartlar asosida tashkil etishning ilmiy-
nazariy asoslariga bag‘ishlangan manbalar yetarli emasligi kuzatiladi va tadqiqlotlar 
olib borish alohida dolzarblik kasb etadi. 
Shuningdek, korporativ boshqaruv tizimidagi korxonalarda ichki auditni xalqaro 
talablar va standartlar asosida tashkil etilishini o’rganish va tadqiq etishning
 
bugungi 
kundagi dolzarbligi, ahamiyati О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy 
hisobotning 
xalqaro 
standartlariga 
о‘tishning 
qо‘shimcha 
chora-tadbirlari 
tо‘g‘risida”gi 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son Qarorining qabul qilinishi bilan 
ham asoslanadi.


486 
Tadqiqotlarimiz ko‘rsatadiki, korporativ boshqaruv tizimidagi korxonalarda 
ichki auditni tashkil etishda umumiy xarakterdagi bir qator muammolar kuzatiladi:

birinchidan, ichki audit xizmatlariga ishonch darajasi past bo‘lib, ichki 
auditorlik tekshiruviga hisobning yuritilishi va hisobotlarning tuzilish holatining 
haqqoniyligini ta’minlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan 
ma’muriy tartib-taomil sifatida qaralishi; 

ikkinchidan, tashqi audit tekshiruvida ichki audit xizmatining sifati va 
xulosalarini inobatga olish darajasining pastligi; 

uchinchidan, ichki auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini 
oshirishning amaldagi tizimini xalqaro talablarga moslashtirish bo‘yicha nazariy-
uslubiy asoslarning yetarli emasligi; 

to‘rtinchidan, ichki auditorlik faoliyatini tashkil etish tartiblarini umume’tirof 
etilgan xalqaro audit standartlariga to‘liq mos emasligi. 
Yuqorida qayd etilgan muammolar yechimini topishda korporativ boshqaruv 
tizimida ichki auditning nazariy va uslubiy asoslari bo‘yicha mavjud muammolarni 
aniqlashtirish va ularning yechimlarini ta’minlash alohida ahamiyatga eha.
Chunki, ichki audit-bu faoliyat bo‘yicha mustaqil, xolis, tasdiqlash va maslahat 
berish, aksiyador qiymatini oshirish yo‘nalishi va korxona xo‘jalik faoliyatini 
takomillashtirish yo‘llarini axtarib topish, chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish 
imkoniyatini yaratadi. Natijada ichki audit korxonani qo‘yilgan maqsadga erishishi 
uchun, tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish 
va baholashga tizimli, uzviy ketma-ketlikda yondashuvni, risklarni boshqarish 
jarayonlari samarasini oshirish orqali ichki nazorat va korporativ boshqaruvga 
yordam beradi. 
Ichki auditning nazariy asoslarini takomillashtirishning yana bir muhim 
ahamiyati bu “manfaatdor tomonlar nazariyasi” bilan uyg'unlikni ta’minlash 
zarurligidir. Chunki, bu uyg‘unlikda nafaqat aksiyadorlar, balki, kengroq manfaatdor 
tomonlarning ehtiyojlari va manfaatlarini ham hisobga olish muhimligini tan olgan 
holda, korxonalar ichki auditda shaffoflik, hisobdorlik va mas'uliyat madaniyatini 
yaratishi mumkin bo‘ladi. Ushbu holat manfaatdor tomonlar o'rtasida ishonchni 


487 
yanada mustahkamlashga, korxona obro‘si va imidjini oshirishga hamda uzoq 
muddatli qiymat yaratishga yordam beradi. 
Uslubiy nuqtai-nazardan xulosalar shuni ko'rsatadiki, korporativ boshqaruv 
tizimidagi korxonalar ichki auditida yondashuvni to‘g‘ri belgilash zarur deb 
hisoblaymiz. Xususan, ichki audit jarayonida risklarni baholashda eng katta xavf 
sohalari bo'yicha resurslarni ustuvorlashtirish masalasiga, nazorat auditida 
korxonaning boshqaruv qarorlari samaradorligini baholash masalasiga, muvofiqlik 
tekshiruvida korxonaning qonuniy va axloqiy talablarga javob berishini ta'minlash 
masalalariga ahamiyat qaratish maqsadga muvofiqdir. 
Zamonaviy iqtisodiyotda korxonalar kiberhujumlar, iqlim o'zgarishi, geosiyosiy 
beqarorlik va boshqa omillarning yangi tahdidlariga duch kelish ehtimolining 
mavjudligi ichki auditorlardan ushbu xavflarni samarali aniqlash, baholash va 
boshqarish uchun o‘z yondashuvlarini ushbu yo‘nalishlarga moslashtirishlarini talab 
qiladi. Aynan ushbu jarayonda yangicha yondashuvlardan biri bu integratsiyalashgan 
hisobotdan foydalanish zaruratidir. Chunki, integratsiyalashgan hisobot korporativ 
boshqaruv tizimidagi korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari va unga ta'sir 
etuvchi omillarni yanada kengroq va yaxlit ko'rinishini ta'minlash imkonini beradi. 
Xususan, atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv omillarining ham kengroq doirasini 
hisobga oluvchi integratsiyalashgan hisobot korxonalarga o'zlarining qiymat yaratish 
jarayonlari va ularning jamiyatga ta'sirini yaxshiroq tushunish va yetkazishga yordam 
beradi. Tahlillar ko‘rsatadiki, ichki auditni tashkil etishda yana bir rivojlanayotgan 
yo‘nalish ma'lumotlar tahlili va texnologiyaga asoslangan audit yondashuvlaridan 
foydalanish hisoblanadi. Chunki, raqamli iqtisodiyot sharoitida korporativ boshqaruv 
tizimidagi korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatida keng ko‘lamdagi ko‘rsatkichlar va 
ma’lumotlar bazasi aynan kompyuter texnologiyalarida amalga oshirilayotganligi 
sababli ichki auditorlar ham o'z ishlarining samaradorligini oshirish uchun ushbu 
vositalardan foydalanishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda ma’lumotlar 
tahlilidan foydalanishda, boshqaruv qarorlarining korxona moliya-xo‘jalik faoliyati 
samaradorligiga ta’sirini baholash uchun avtomatlashtirilgan test-sinovlarini ishlab 


488 
chiqish yoki kelgusidagi xavf-xatar, yoxud risklarni bashorat qilish uchun kompyuter 
dasturlari va algoritmlarni tuzish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari zarur.
Shuningdek, korporativ boshqarish tizimidagi korxonalarda ichki auditni tashkil 
etishdagi muammolar yechimini ta’minlash keng qamrovli amaliy ko‘nikma va 
yuqori malakalarga ega bo‘lgan ichki auditorlarga bo‘lgan talabning qondirilishiga 
bog‘liq. Texnik audit ko'nikmalariga qo'shimcha ravishda, ichki auditorlar samarali 
muloqot, o‘zaro munosabatlarni o'rnatishda yetakchilik va strategik fikrlashni 
namoyish etishlari talab qilinadi. Bu doimiy kasbiy rivojlanish majburiyatini va 
o'zgaruvchan biznes muhiti va yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan xavflarga 
moslashishga tayyorlikni talab qiladi. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, ichki auditning nazariy va uslubiy 
asoslari statik emas, balki vaqt o'tishi bilan rivojlanishda davom etishi zarur.

Download 8,84 Mb.
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   452




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMIDA ICHKI AUDITNI TASHKIL

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish