Список использованной литературы
1.
Мировая экономика и международные экономические отношения: современное
состояние, проблемы и основные тенденции развития : учебное пособие / Е. Д.
Фролова [и др.] ; под общ. ред. Е. Д. Фроловой, С. А. Лукьянова. -
Екатеринбург : УрФУ, 2016. - 184 с.
2.
Послание Президента В.Путина Федеральному Собранию Российской
Федерации 2018 года. [Электронный ресурс]. Официальный сайт. URL:
http://kremlin.ru/events/president/news/56957. (Дата обращения: 11.06.2019 г.).
3.
Инновационная экономика и ее формирование. [Электронный ресурс]. Режим
доступа
URL: https://spravochnick.ru/ekonomika/innovacionnaya_
ekonomika_formirovanie/. (Дата обращения: 11.06.2019 г.).
4.
Пасс Кристофер и др. Словарь по экономике. Кристофер Пасс, Брайен Лоуз,
Лесли Дэвис. Пер. с англ. под ред. П.А.Ватника. СПб.: Экономическая школа.
1998. 752 с.
5.
Нарзуллаев К.С. Государственная экономическая политика в условиях
пандемии «СOVID-19». Научный журнал ФерПИ, 2022, T.26, №3. С. 186-192.
XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA TIJORAT
BANKLARINING FAOLLIGINI OSHIRISH ASOSLARI
K.Z.Muzaffarova
– QarMII katta o‘qituvchisi
X.R.Abdukarimov
– QarMII, “Bank ishi” yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada milliy iqtisodiyotda investitsion jarayonlarni faollashtirish
va unda tijorat banklarining ishtirokini kengaytirish, iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashda bank tizimining rolini oshirish zarur ekanligi bo‘yicha taklif va
tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
tijorat banklari, investitsiya jarayoni, investitsion faoliyat,
investitsion portfel, investitsion siyosat
Mamlakatimizda so‘nggi yillar davomida milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya
700
qilish va ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirish ishlari turli iqtisodiy vositalar
yordamida amalga oshirilmoqda. Ushbu natijaga erishish uchun iqtisodiyotning real
va moliyaviy sektorida investitsion faollikni oshirish talab qilinadi. Iqtisodiyotning
real sektorini moliyaviy jihatdan ta’minlanishi ushbu sektorni yanada barqaror
rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Mazkur masalani ijobiy hal etishda tijorat
banklarining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklari investitsion
siyosatining samarali tashkil etilishi esa iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda va real
sektorni barqaror rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jahon investitsiya bozoridan ko‘proq miqdorda
xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishi uchun viloyatning Investitsiya
va tashqi savdo qo‘mitasi Xalqaro moliya institutlariga a’zo bo‘lib, investitsion
faoliyat
munosabatlarini
jahonning
rivojlangan
mamlakatlari
tajribalaridan
foydalanib takomillashtirib xalqaro normalarga muvofiqlashtirishi lozim. Bundan
xorijiy investorlar mintaqa iqtisodiyotiga katta miqdorda xorijiy investitsiyalarni
kiritishga manfatdorligi oshadi va ularga qulay investitsion muhit yaratadi.
Jahon tajribasidan bizga ma’lumki, tijorat banklarining investitsion
jarayonlarda faol qatnashishi iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda va mamlakat
sanoat salohiyatining mustahkamlanishida muhim o‘rin tutadi. Rivojlangan bozor
iqtisodiyoti sharoitida mablag‘larni qayta taqsimlash moliyaviy vositachilar orqali
amalga oshiriladi. Investitsion jarayon natijasida pul mablag‘lari moliyaviy soha
yordamida ishlab chiqarish tarmoqlariga yo‘naltiriladi va bu jarayonda tijorat
banklari muhim o‘rin egallaydi.
So‘nggi
yillarda
mamlakatimizda
xususiy
sektor
rivojlanishini
rag‘batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari
ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish
maqsadida 2020 yil 12 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2025
yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoni qabul qilindi ushbu strategiyaning
asosiy maqsadi etib zamonaviy bank tizimini shakllantirish, banklarning
701
investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va bank xizmatlarining yangi standartlarini
joriy etishga qaratilgan bank tizimida kompleks o‘zgartirishlarni amalga oshirishdan
iborat.
Milliy iqtisodiyotda investitsion jarayonlarni faollashtirish va unda tijorat
banklarining ishtirokini kengaytirish zarurati iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda
bank tizimining rolini oshirish bilan belgilanadi. Investitsion salohiyatni oshirishda
banklar ishtiroki investitsion maqsadlarga bank mablag‘larini yo‘naltirish,
investitsion xarakterdagi kreditlarni berish, ulushli ishtirok etish va qimmatli
qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Tijorat banklarining investitsion faolligi ularning moliya-sanoat guruhlaridagi
ishtirok orqali yanada rivojlanadi. Chunki, moliya-sanoat guruhlari doirasida banklar
istiqbolli investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, qimmatli
qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni tashkil qilish hamda moliyaviy resurslarni
yuqori daromadli sohalarga yo‘naltirish asosida investitsion faolligini oshiradi.
Banklar uchun moliya-sanoat guruhlari tarkibida investitsion siyosatni amalga
oshirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: bank resurslari barqarorligini ta’minlash va
ularning resurs bazasini yanada kengaytirish; foydalilik darajasi yuqori bo‘lgan
investitsion loyihalarni amalga oshirish; moliyaviy risklar darajasini kamaytirish va
kapital qo‘yilmalarni diversifikatsiyalash; likvidlilik darajasini oshirish; korxonalarni
tashkil etish va aksiyadorlik munosabatlarini rivojlantirish, ustav kapitalida ulushli
ishtirok etish orqali ular faoliyatiga ta’sir etishni kuchaytirish.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan
moliyaviy risklarni baholash va ularni boshqarish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni
ishlab chiqish amaliyotini rivojlantirish tijorat banklarining investitsion faolligini
oshirish va investitsion siyosatni samarali yuritish borasidagi asosiy masalalardan biri
hisoblanadi. Chunki, investitsion loyihani amalga oshirish jarayonida turli
omillarning ta’siri natijasida muayyan darajada moliyaviy risklar yuzaga kelishi va
loyihaning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu boisdan moliyaviy
risklarni baholash va ularning salbiy ta’sirini oldini olishga qaratilgan chora-
702
tadbirlarni amalga oshirish, bu borada tijorat banklari investitsion siyosat doirasida
monitoring olib borish tizimini va amaldagi investitsion loyihalarni tahlil etish
jarayonini faollashtirishlari lozim.
Banklarning investitsion siyosatini samarali tashkil etish va ularning
investitsion faolligini oshirishda quyidagilarni inobatga olish maqsadga muvofiq
hisoblanadi:
investitsion portfeli sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish amaliyotini
yaxshilash, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni
tadbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
investitsion siyosatni amalga oshirishda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni
baholash va ularning ta’sir darajasini chuqur tahlil etish lozim;
tijorat banklari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni
rivojlantirishga qaratilgan ta’sirchan choralarni amalga oshirish, xususan
korxonalardagi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda
banklarning ishtirokini kuchaytirish lozim;
moliya va sanoat kapitali integratsiyasini ta’minlash orqali moliya-sanoat
guruhlarini shakllantirish;
kapitallashuv darajasi yuqori bo‘lgan tijorat banklari ishtirokida moliya -
sanoat guruhlarini tashkil etishni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim, chunki
bu holat, investitsion munosabatlarda foydalilik darajasini oshirish va risklarni
pasaytirishga imkon yaratadi.
Shunday ekan, mamlakatimizda ham tijorat banklarining investitsion
siyosatini aynan shulardan kelib chiqib zamon talablariga moslashtirish qat’iy talab
etilyapti. Buni amalga oshirishda ularning investitsion faoliyatning maqsadli
mo‘ljallari tizimini tashkil etish va mazkur maqsadlarga erishish usullarini erkin
tanlash uchun imkoniyat berilyapti. Shu o‘rinda investitsiya yo‘nalishida tijorat
banklarini rag‘batlantiruvchi omillar bo‘yicha quyidagi takliflarni keltirib o‘tish
mumkin:
- raqobatdagi ustunlikni oshirish;
703
- resurs bazasini kengaytirish hisobiga kreditlash hajmini oshirish,
- kredit portfeli tavakkalchiliklarini diversifikatsiyalash asosida tavakkalchilik
darajasini kamaytirish,
- kredit qaytmasligi tavakkalchiligini kamaytirish.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, tijorat banklari ishtirokida
integratsiyalashgan korporativ tuzilmalarni shakllantirish banklar investitsion
faolligini oshirish, sanoat tarmoqlarini samarali va barqaror rivojlantirish va eng
muhimi mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash uchun qulay shart-sharoit
yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirilgan yangi yuqori
ilmiy sig‘imli ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, jahon bozorlarida milliy
korxonalarning raqobatbardoshligini hamda ularning moliyaviy barqarorligini
oshirish uchun sharoit yaratishga imkon beradi.
|