|
Iqtisodiyotning turli sohalarida davlat xususiy sherikchilikning amalga oshirilishi
|
bet | 2/6 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 31,85 Kb. | | #139469 |
Bog'liq IQTISODIYOTNING TURLI SOHALARIDA DAVLAT XUSUSIY SHERIKCHILIKNING AMALGA OSHIRILISHIReferat ishining maqsadi: Mazkur Kelishuv doirasida Osiy taraqqiyot banki loyihadagi bitimlar bo‘yicha Toshkent shahar hokimligining konsul’tanti sifatida xorijiy kompaniyalardan kelib tushgan takliflarni baholash hamda amaldagi Davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risidagi Qonun talablariga ko‘ra, zaruriyat bo‘lganda xorijiy investorlardan kelib tushgan takliflar asosida tender tanlovini o‘tkazib, eng maqbul xorijiy kompaniyani “Toshissiqquvvati” DUK bilan ijara shartnomasini imzolashda ko‘maklashadi.
Referat ishining vazifalari: Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida mazkur loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad Toshkent shahar kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy investorlarni keng jalb qilgan holda, issiqlik tarmoqlarini modernizasiyalash va rekonstruksiyalash, tarmoqlardagi bugungi kunda mavjud yo‘qotishlarni butkul bartaraf etish va sohada avtomatlashtirilgan xorijiy informasion texnologiyalarini qo‘llash orqali yuzaga kelayotgan avariya holatlarini oldini olish hamda Toshkent issiqlik ta’minotida zamonaviy menedjment usullari va jarayonlarni qo‘llashdan iborat.
Referat ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerak, mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot bank uchun O‘zbekistonda kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida uchunchi loyiha bo‘lib hisoblanadi. Xozirgi kunda Osiyo taraqqiyot bank bilan hamkorlikda Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti hamda kanalizasiya tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish ishlari bo‘yicha konsul’tanktlik shartnomalari imzolanib ishlar boshlangan.
Ma’lumki, davlat va xususiy sektorlar resurslarini birlashtirish orqali uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi, xususan, ichimlik suvi, kanalizasiya va issiqlik ta’minotida mavjud qator dolzarb muammolar samarali hal etiladi.
Ayniqsa, sohaga xususiy investisiyalarni jalb qilish aholiga taqdim etilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Referat ishining tuzilishi va hajmi.
Referat ishi 23 betdan iborat bio‘lib, kirish, bitta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Xulosa va takliflar qismida referat ishi bo‘yicha asosiy natijalar umumlashtirib, asoslangan bir qator xulosa va takliflar berilgan.
|
| |