1.3. Davlat-xususiy sherikligi tadbirkorligini tashkil etishning uslubiy nazariy asoslari
Mustaqilligimizning so'ngi yillarida tadbirkorlikka keng yoT ochilmoqda. Bu esa oz navbatida qo'shimcha ish o'rnilarini yaratib fuqoralarning turmush darajasiga ijobiy tasir otkazmoqda. Tadbirkorlikning oqilona yo'lga qo'yilishi hududning iqtisodiy-ijtimoiy rivijlanishiga turtki bo'ladi. Shunday ekan tadbirkorlikning huquqiy asoslarini yaratib berish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Iqtisodiyotda kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi va mulk ulushida xususiy mulkning ustuvorligi aholini ijtimoiy himoya qilishning ayrim sohalarida, inovatsion faoliyatni rivojlantirishda, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash kabi bir qator tarmoqlarda davlat va xususiy mulkning hamkorligini talab etadi. Shu jarayonda davlat xususiy sherikligi yuzaga keladi. Shu o'rinda hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmoishlar Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 26-aprelda qabul qilingan 2019-yil 3-mayda "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risi"dagi qonun ma'qullangan, O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli "Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to'g'risi"dagi qarori, O'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining "Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risi"dagi qarori ayni muddaodir.
Tadqiqotchi S.E.Elmirzaev ta'kidlaganidek "DXSH Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida DXShgi mamlakat va hududiy miqyosidagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning samarali vositasi bo'lib, davlat va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan nazoratni ushlab turish va xususiy sektor bilan samarli iqtisodiy hamkorlikni o'rnatishga qaratilgan investitsion loyihalarga mablag'lar jalb qilish va amalga oshirish vositasi hisoblanadi. DXSh asosidagi investitsion loyihalarda xususiy sektor davlat tomonidan belgilangan shartlar va talablar asosida investitsion loyihalarni moliyalashtirish va boshqarish vazifalarini amalga oshiradi"
Yana bir iqtisodchi olimlardan U.I.Djumaniyazov fikriga ko'ra "DXSH -amaldagi qonunlar doirasida davlatning uzoq muddatli strategik vazifalari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli xil iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa tavakkalchiliklar, xavf-xatarlar, risklarni taqsimlash asosida xususiy sektor bilan aholi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, kerak bo'lsa, siyosiy ahamiyatga molik ob'ektlarni qurish yoki shu asnodagi ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish uchun xususiy sektor bilan amalga oshiradigan tom ma'nodagi o'zaro manfaatli aloqalaridir."
Shuningdek, rus olimi A. Beliskayani fikriga ko'ra "Davlat-xususiy sektor hamkorligi-davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining bevosita davlat manfaatlari va nazorati sohasidagi ob'ektlarga nisbatan o'zaro manfaatli hamkorligi, muhim davlat va jamoat ahamiyatiga ega bo'lgan loyihalarni samarali amalga oshirish maqsadida hamkorlar o'rtasidagi xavflarni taqsimlashni nazarda tutadi" deb tariflagan.
Bundan tashqari quyidagi jadvalda iqtisodchilarning DXShga bergan tariflarini keltiramiz.
DXSH Muallif
1 DXSh - bu davlat boshqaruvi organi va xususiy sektor o'rtasida maxsus boshqaruv kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan, davlat infratuzilmasini yaratish va unga asoslangan xizmatlarni ko'rsatish maqsadida taqdim etilgan uzoq muddatli o'zaro manfaatli shartnomadir. • davlat va xususiy sektorlarning moddiy va nomoddiy resurslaridan foydalaniladi; • xatarlar, javobgarlik, huquq va imtiyozlar davlat va xususiy sektor o'rtasida taqsimlanadi; • natijaga qo'yiladigan talablar davlat tomonidan belgilanadi. Reznichenko N.V.
2 Davlat-xususiy sheriklik - bu davlat va xususiy sektorning davlat va kommunal mul ob'ektlariga, shuningdek, ijtimoiy va ma'muriy organlar, muassasalar va korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan va ko'rsatiladigan xizmatlarga nisbatan o'zaro ta'sirining qonuniy ravishda mustahkamlangan shakli. iqtisodiy faoliyatning keng doirasidagi loyihalar Varnavskiy V.G
3 DXSh (davlat-xususiy sheriklik) temir yo'l loyihasi kabi yuqori Jessada
boshlang'ich kapitalni talab qiladigan har qanday Sresakoolchai, investitsiyalarda muhim rol o'ynaydi. So'nggi yillarda DXSh Sakdirat o'zining afzalliklari tufayli mashhurlikka erishdi. Hukumat Kaewunruen nuqtai nazaridan, DXSh moliyaviy qiymatni yaratish va operatsion xavfni xususiy biznesga taqsimlash uchun ishlatilishi mumkin.
4 Fiskal cheklovlar, davlat qarzlarining yuqori darajasi Hakan Yurdakul, va yetarli mablag' yetishmasligi kopincha kam daromadli va Rifat Kamak, rivojlanayotgan mamlakatlarning infratuzilma ehtiyojlarini Tülay Yazar moliyalashtirishning muqobil usullarini izlashiga sabab sifatida Öztürk ko'rsatiladi. Davlat-xususiy sherikligi (DXSh) «xususiy tomon va davlat idorasi o'rtasida davlat aktivi yoki xizmatini ko'rsatish bo'yicha uzoq muddatli shartnoma, bunda xususiy
omon kata tavakkal va boshqaruv javobgarligini o'z zimmasiga oladi. Yuqorídagí fikrlarni inobatga olgan holda DXSH ni mahalliy hududa va mintaqamizdan kelib chiqqan holda quyidagicha ifodalash mumkin. DXSh bu - Davlat va muayyan sektor tomonidan davlat infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda yoki modernizatsiya qilish uchun ikki tomonlama tuzilgan aniq muddatli shartnomadir.
|