Personalni rivojlantirish quyidagi shartlarga bog‘liq:
• — korxonaning personalni bugungi ishida va kelajakni ko‘zlab rivojlantirishga ehtiyoji;
• — xodimlar rivojlantirish salohiyati, ya’ni ularning hali foydalanilmagan bilimlari, qobiliyatlari mavjudligi;
• — personal rivojlanish ehtiyoji.
• — personalni rivojlantirish imkoniyati, ya’ni moliyaviy, mehnat, texnika va boshqa resurslarning mavjudligi.
Personalning rivojlanishga ehtiyoji deyilganda, xodimlarning o‘z
kompaniya va
firmalari maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda o‘z bilimi, ko‘nikmasini
oshirishi, kasbiy imkoniyatlariga yangicha qarashni ongli tarzda zarurat
sifatida
tushunishi anglanadi.