|
Ishga marhamat
|
bet | 2/2 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 21,56 Mb. | | #135178 |
Bog'liq Musayeva Farida 1 [Автосохраненный]Uslubiy ko’rsatmalar
Kiyimlarning yangi shaklini hosil qilishda mulyaj usulidan foydalanish katta ikmoniyatlar yaratadi. Bunda manikenda yoki odam qomatida to’g’nog’ich qadash yo’li bilan yangi kiyim konstruksiyasi hosil qilinadi.
Manikenda asosiy qadalma orient chiziqlari, simmetrik va konstruktiv yo’nalishini aniqlash maqsadida quyidago chiziqlar bo’yicha tasma o’tkaziladi.
A-N-ort bo’lak o’rtasi
A1-N1-old bo’lak o’rtasi
A2A1-bo’yin aylana chizig’i
G2G1-ko’krak aylanasi chizig’i
T2T1-tel aylanasi chizig’i
B2B1-bo’ksa ayalansi chizig’i (bel chizig’idan 20sm masofada
To’g’ri bichimdagi yubka qadalmasi
Demak, gazlama parchasi yoki qog’oz parchasidan manekenda qadalma hosil qilish mulyaj usuli deyiladi.
Qadalmani bajarishda yubkaning old bo’lagi uchun yubkaning uzunligi -2sm. Kengligi –old bo’lak o’rtasidan yon chizig’iga bo’ksa chizig’idan o’lchangan masofa 5smga teng gazlama bo’lagi olinadi.
Maket gazlamasi ikkinchi bo’lagining o’lchami birinchisiga o’xshash aniqlanadi. Keyin gazlamaning chetidan yoki milkidan 2 sm masofa old va ort bo’laklarining o’rtasiga mos bo’lgan tanda iplarning yo’nalishi bo’yicha o’tkaziladi, arqoq ipi yo’nalishi bo’yicha esa gazlamaning yuqori qirqimidan 2 sm va bel chizig’idan 20 sm masofada bo’sa chizig’i bo’yicha o’tkaziladi.
Yubkaning old bo’lagini qadash uchun, maketli gazlamaning birinchi bo’lagi manikenga old bo’lakning va manikenning o’rta chiziqlarini, bo’ksa chizig’i bo’yicha arqoq iplarni ustam-ust tuhsurib, gazlama o’rtasidan qadaladi. Bunda 1 to’g’nog’ich bel chizig’oga, 2-bo’ksa chizig’idan o’tkazilgan ipni manikin tasmasi bilan ustma-ust tushurib, yon chizig’igacha yaqinroq bo’ksa chizig’idan o’tkazilgan ipni yaqinroq bo’ksa chizig’igacha yaqinroq bo’ksa qirqimiga 3-to’g’nog’ich qadaladi. Lekin erkin harakat uchun 0,5-1 sms qoldiriladi.
To’g’nog’ich 4 qo’ltiqning old burchagidan o’tgan vertikalning davomida bel chizig’iga qadaladi, 5 ham bel chizig’ida yon qirqim sathida qadaladi. Lekin bu paytda hosil bo’lgan iplarning yo’nalishini kuzatib
boriladi. Yubka old bo’lagi konstruksiyasi asosida vitochkaning o’rtasi detalini o’rtasida 10-12 sm masofada yaqinlashtiriladi va 2 ta to’g’nog’ich bilan mahkamlanadi.
Yubkaning ort bo’lagi ham xuddi shunday usulda qadaladi. Bunda old bo’lak vitochkasining uzunligi 8-11 sm, ort bo’laginiki 15-17 sm ni tashkil etadi.
Ort va old bo’laklar yon qismlaridagi gazlamaning prtiqcha bo’laklari birlashtirish uchun 1,5-2 sm qoldirib qirqib tashlanadi. Ort bo’lakning yon qirqimi buklanadi, buklangan ziy menikenda yon chokining o’rnini belgilovchi tasmaning o’rtasi bilan bel chizig’i belgilanadi.
Yubkaning qadalmasi manikendan olinadi. Old va ort bo’laklarning yon choklari bo’yicha iplar o’tkaziladi, bel va bo’ksa chizig’i sathidaNazorat chiziqlari qo’yiladi, vitochkalar bo’yicha iplar o’tkaziladi.Qadalmadan to’g’nog’ichlar olinadi.
Yubkaning detallari stolda tekislanadi, yon chiziqlar, vitochkalar va bel chizig’i aniqlanadi. Yon va bel qirqimlar bo’yicha 1,5 sm chok haqqi qoldirib, hamma konstruktiv chiziqlarning aniqlangan konturlari ko’rsatiladi.
Yubkaning yarim maketini tikib, yana bir marta manikenning o’ng tomoniga qadaladi. Shu bilan birga uning konstuksiyasi va muvozanati manikenda tekshiriladi. Hosil bo’lgan yoyilma rezerts yordamida mm li qog’ozga tushurilib bo’ksa chizig’i vitochkalar o’rinlari belgilanadi.
Ishni bajarishga qo’yiladigan talablar
- Talabalar amaliy mashg’ulot ishini bajarish tartibiga mos holda bajarishi
- Amaliy ishga quyidagilar ilova qilinadi:
A) 1:1 masshtabda qadalma yoyilmasi;
B) eskiz rasm shaklida qadalmaning bajarilish ketmaketligi;
V) qadalma maketi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
THANK YOU FOR ATTENTION!!!
Presented by Musayeva Farida
|
| |