• Ishlab chiqarish samaradorligi
  • Ishlab chiqarishning ekologik omili
  • Ishlab chiqarish mazmuni va mohiyati. 2Moddiy ishlab chiqarish sohasi 9




    Download 61,25 Kb.
    bet6/8
    Sana11.01.2024
    Hajmi61,25 Kb.
    #134572
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    ishlab chiqarish nazariyasi kurs ishi

    2.1Ishlab chiqarish omillari.


    Yer ishlab chiqarishning tabiiy omilidir. U inson faoliyatining natijasi emas, balki tabiat in’omidir.
    Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchisi uchun yer ishlab chiqarishning asosiy va bosh vositasi hisoblanib, u bir qator xususiyatlarga ega:yer tabiiy va sun’iy hosildorlikka ega bo’lishi mumkin; yer - tabiatning in’omi, u erkin asosda takror ishlab chiqarilishi mumkin emas; insonning yer hosildorligiga ta’siri cheksiz bo’lishi mumkin emas, chunki qaytimning kamayib borish qonuni bu sohada ham amalda bo’ladi.
    Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan ishlab chiqarish jarayonida foydalaniluvchi asbob - uskunalar, mashinalar, inshootlar umumiyligini ifoda etuvchi kapital sifatiga bog’liqdir. Insonning bilimi, ko’nikmalari, sog’lig’i ham iqtisodiyotda inson kapitali sifatida baholanadi.
    Axborotlar ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish va boshqarish borasidagi bilimlar tizimini ifoda etadi. Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitida axborotlar muhim o’rin tuta boradi.
    Ishlab chiqarishning ekologik omili iqtisodiy o’sishni harakatlantiruvchi yoki cheklovchi kuch sifatida ta’sir ko’rsatadi.
    Ishlab chiqarish omillari tizimida tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati muhim o’rin tutadi. Tadbirkorlik qobiliyatiga ishlab chiqarish omillarini eng samarali qorishtirish omili sifatida qaraladi. Tadbirkor milliy iqtisodiyot tarmoq ishlab chiqarish korxonalarida yoki xizmat ko’rsatish muassasalarining ma’lum bir yo’nalishi bo’yicha o’z iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etuvchi inson - shaxsdir. O’zbekiston Respublikasining " Tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to’g’risida" gi qonuniga muvofiq: "Tadbirkorlik - mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulqiy javobgarlik asosida, qabul qilingan qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir." Tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatini mohiyatini chuqurroq ochib berish uchun
    Prezidentimizning quyidagi fikrlarini keltirish o’rinli: "... ham do’stlikdagi boshqa davlatlarning fan - texnika taraqqiyoti yutuqlaridan, yangiliklaridan, texnologiyalari, telekommunikasiyalar va kosmik aloqa vositalaridan bahramand bo’lish, zarur xom-ashyo va tayyor mahsulotni, shu jumladan xalq is’temol mollarini jahon narxlaridan past narxlarda sotib olish, shuningdek, o’z mahsulotini sotish uchun keng ko’lamdagi bozorning mavjudligidan oqilona foydalanish lozim" (I. A. Karimov "O’zbeqiston buyuk kelajak sari" T. "O’zbeqiston" 1998y. 27-b.) Milliy iqtisodiyotda tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo’llab quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha islohotlarni amalga oshirish mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan ravnaq toptirishda asosiy o’rin tutishini tushunib yetish lozim.
    Ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti munosabatlarini qaror toptirish jarayonida insonlarning tadbirkorlik qobiliyatlari va ko’nikmalari eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. “Bir necha o’n yillar davomida respublikada ssenariysi uzoq Markazda to’qilgan qarorlar amalga oshirildi, “kompaniyalar” o’tkazildi. O’zbeqistonning chinakam manfaatlari o’ziga xos sharoiti va imkoniyatlari pisand qilinmadi. Natijada xalq xo’jaligining nuqsonli, bir tomonlama xom-ashyo tuzilmasi shakllandi. Respublika ayrim xom - ashyo turlarini yoqilg’i asbob - uskunalar va texnologiyalarnigina emas, balki hayotiy muhim oziq - ovqat mahsulotlarini, xalq is’temoli mollarini chetdan keltirishga majbur. (I. A. Karimov "O’zbeqiston buyuk kelajak sari" T. "O’zbeqiston" 1998y. 36-b.) bo’lgan bo’lsalar,
    iqtisodiyotni erkinlashtirish asnosida tadbirkorlar uchun tadbirkorlik faoliyatiga keng yo’l ochildi.
    Endi oltita omilni birikish jarayonlarini tushuntiramiz. Shu olti omilni birikishi tufayli ishlab chiqarish tashkil etiladi. Bunda inson omili va uning kobiliyati asosiy omil xisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yig’indilarni natijasi deb qaraladi. Ya’ni,
    I/ch=A+V+S+D+E+F.
    Bunda: I/ch – ishlab chiqarish,
    A – yer,
    V – kapital,
    S – inson mehnati (ishchi kuchi),
    D – tadbirkorlik qobilyati,
    E – axborotlar,
    F – ekalogiya.
    Ko’rib turganimizdek qachonki yuqoridagi omillarning barchasi birgalikda ishlab chiqarishga jalb qilingandagina, samara va yuqori foydaga erishish mumkin.
    Ma’lumki qishilarni extiyojlari ko’p qirrali bo’lib, u cheksizdir bu extiyojni ta’minlab borish, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish soxalarining rivojlanish darajasiga bog‘liq bo’ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish o’zini maqsadiga va mazmuniga ega bo’ladi. Ishlab chiqarish tufayli moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqariladi, lekin u cheklangan iqtisodiy resurslar bilan bajariladi. Resurslar cheklanganligi sababli ulardan tejab-tergab foydalanishdan maqsad undan unumli foydalanishga erishishni ta’minlab, kishilarni kundalik va undan keyingi moddiy va ma’naviy extiyojlarni qondirib borish asosiy maqsad xisoblanadi. Ishlab chiqarishni maqsadi va mazmuni ham shundan iborat bo’lmog’i lozim. Ishlab chiqarishni zaminida inson mehnati yotadi. Mehnat tufayli ishlab chiqarish vujudga keltiriladi, mehnat tufayli maxsulotlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi. Shu sababli iqtisodchilar ta’kidlab o’tganlaridek, mehnat kishilar hayotining asosi xisoblanadi umuman olganda inson mehnati bilan tabiatga ta’sir ko’rsatadi, uni ya’ni tabiat moddalari o’zgarishi uchun mehnat bilan yangi texnika, texnologiyalar yaratadi, bu yo’lda o’zini ilmini, malakasini ham, oshirib boradi.

    Download 61,25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 61,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish mazmuni va mohiyati. 2Moddiy ishlab chiqarish sohasi 9

    Download 61,25 Kb.