Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish




Download 120.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.11.2023
Hajmi120.33 Kb.
#99204
Bog'liq
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - Vikipediya
HTML-Қўлланма informatikadan(206), Mustaqil ish 1, Надежность систем железнодорожной автоматики, телемеханики и связи, TASDIQLAYMA2, proxy 11, RAHMATULLAYEV AHROR LABARATORIYA 2 compressed, gudvilning-milliy-standartlarini-xalqaro-standartlar-asosida-tashkil-etishning-ustuvor-sabablari-hamda-gudvilni-yangi-metodlar-bilan-buxgalteriya-hisobiga-kiritish, biocrossword, Eshmurodov Samandar, Rossiya, 9-sinf un 8-nazorat ishi, Shahrizoda Kamola 1, 2.2.1, Yarim o‘tkazgichlami elektrofizik xususiyatlari va ularni tadqiq


Ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish —
mashinalashtirilgan i.ch. ni nazorat qilish
va boshqarish ishlarini avtomatik
qurilmalar zimmasiga yuklash; i.ch. ni
mexanizatsiyalashtirishning yuqori
bosqichi. Fan va texnika taraqqiyotinnng
asosiy yoʻnalishlaridan biri. Mehnat
unumdorligi, maqsulot sifati, mehnat
madaniyati va b. omillar i.ch.
koʻrsatkichlarini yuqori darajaga koʻtarish


imkonini beradi. I.ch.a. ning qisman
(lokal), yalpi (kompleks) va toʻla
avtomatlashtirish bosqichlari mavjud.
Qisman avtomatlashtirish bosqichida
i.ch. ning alohida ish turlari (suyuklik
sathi balandligi, temperatura, bosim va
b.) ni rostlab turish ishlari
avtomatlashtiriladi. Yalpi
avtomatlashtirish bosqichida bir necha
qismanʼ av-tomatlashtirilgan ish turlari
boʻlim, sex, korxona miqyosida oʻzaro
bogʻlangan boʻladi, 
yagona (https://www.
bito.uz)
 avtomatik majmua sifatida
muayyan 
dastur (https://www.bito.uz)
boʻyicha boshq-ariladi. Boshqarish ishlari
odam (operator) nazorati ostida oʻtadi.
Toʻla avtomatlashtirish bosqichida esa


i.ch. jarayonining barqarorligi, ish turlari
oʻzgarmasligi ishning yuqori samarali
boʻlishini taʼminlaydi. Odam uchun xavfli
i.ch. sharoitlarida toʻla av-
tomatlashtirishdan foydalanish ay-niqsa
oʻrinli boʻladi.
Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari
qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda
hunarmandchilik sharoi-tvda (18-asr
gacha) bunday qurilmalar amalda
qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va
uskunalarining takomillashtirilishi, yangi
mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi
natijasida (19-asr) i.ch. hajmi va darajasi
keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chikarishni
mexa-nizatsiyalashtirish uchun zarur


shartsharoit yaratib berdi (mas, yigirish,
toʻqish, metall va yogʻoch ishlash
korxonalarida). 20-asr boshlarida
kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan
key-in elektr energiyasidan i.ch. da
foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-
stanoklar va avtomatliniyalar vujudga
keladi. I.ch.a. tushunchasi shu davrda
paydo boʻldi.
Avtomatlashtirilgan boshqarish
qurilmalari va i.ch. jarayonlarini
oʻzlashtirish ogʻir sanoat va mashina-
sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda
(30y.larda) boshlandi. Ogʻir, yengil va
oziqovqat sanoatlarida
avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila


boshladi, transport avtomatikasi tako-
millashdi. Energetika, metallurgiya,
kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik,
ilmiy tadqiqot institutlarida avtomatika
lab.lari tashkil etildi. 50-y. larga kelib xalq
xoʻjaligining deyarli barcha tar-moklarida
avtomatika qoʻllanila boshladi. GES
agregatlarini toʻla avtomatik
boshqarishga oʻtildi, suv bilan taʼminlash
tizimlari va b. sohalar avtomatlashtirildi.
I.ch.a. ning ilmiy asoslari, asosan, uch
yoʻnalishda rivojlandi. Birinchidan,
boshqarish obyektlarining qonuniyatlari,
dinamikasi, turgʻunligi va tashqi omillar
taʼsirini oʻrganishning samarali metodlari
ishlab chiqildi. Bu masalalarni
tadqiqrtchilar, konstruktorlar, texnologlar


birgalikda hal qiladi. Ikkinchidan,
boshqarish metodlarining samaradorligi,
boshqarish funksiyasining maqsadi
aniqlandi. Shu asosda boshqarishga oid
qaror qabul qilish qoidalari belgilandi.
Uchinchidan, oʻlchash, natijalarni qayta
ishlash va boshqarish fun-ksiyalarini
amalga oshiradigan avtomatika
vositalarining tuzilishini
uygʻunlashtirishning puxta, oddiy va
samarali muhandislik usullari ishlab
chiqildi. Lekin I.ch.a. ni takomillashtirish
va rivojlantirishga doir ishlar uzluksiz
davom etadi. Sexlar, om-borlar va ishlab
chiqarishning boshqa joylarida axborot
(informatsiya) larni tuzish va dastlabki
ishlash klavishli qurilmalar vositasida


bajariladi, yigʻilgan axborotlar qayta
ishlashga uzatiladi. Axborotlarni
avtomatik qayd qilish uchun
datchiklardan foydalaniladi. Axborotlarni
uzatish qurollari — signal
oʻzgartirgichlari, telemexanika
apparaturasi, signallarni taqsimlovchi
kommutatorlar va b. dan iborat.
Axborotlarni mantiqiy va matematik
ishlash qurilmalari — signallarning
harakteri va shaklini oʻzgartiruvchi
funksional oʻzgartirgichlar axborotni
berilgan algoritm boʻyicha qayta ishlovchi
qurilmalar (shu jumladan, hisoblash
mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi.
Axborotlarni kursatuvchi qurilmalar (shu
jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni


uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi
kuril-malar — signal tablosi, mnemonik
sxemalar, milli va raqamli asboblar,
elektron-nur trubkasi, harf va raqamli
bosma mashinalar operatorodamga i.ch.
jarayonlarining borishini kursa-tadi va
muhim parametrlarni qayd qilib boradi.
Boshqarish taʼsirlarini ishlab chiqadigan
qurilmalar axborotlarning kuchsiz
signallarini kuchli impulslarga aylantiradi.
Bu im-pulslar himoya, rostlash yoki
boshkdrish qurilmalarining ijro organiga
taʼsir etib, ularni ishga tushiradi.
Axborotlarni yigish va dastlabki ishlash
vositalari majmui xalq xujaligi
tarmoqlarini boshqarishni
avtomatlashtirishga imkon beradi. I.ch.


jarayonlarini boshqarishni
avtomatlashtirishda i.ch. ni maqbul
(optimal) rejimda olib borishga imkon
beruvchi nazorat va rostlash jihrzlari,
analitik texnika va dasturli boshqarish
majmualari ham juda muhim. Masalan,
gidroelektr st-yalarida suv havzasidan
chiqqan suv gidroagregat turbinalaridan
uzluksiz oʻtib turadi. Avtomatik
rostlagichlar turbinalarning aylanishlar
sonini, ishlab chiqarilgan tok chastotasi
va kuchlanishini, faol (aktiv) va reaktiv
quvvatlarni rostlab turadi. Himoya
qurilmalari avariyaning oldini oladi.
Avtooperator agregatlarini jadvalga mos
holda ishga tushirib va toʻxtatib turadi.
Energotizim dispetcheri telemexanika


qurilmasidan foydalanib, GES ni uzoqdan
(markaziy pultdan) turib boshqaradi.
Oʻzbekistondagi de-yarli hamma GES lar
shunday tartibda ishlaydi.
Issiqlik elektr st-yalarini boshqarish
ancha qiyinroq. Quvvati bir necha yuz
MVt li "qozon — turbina — generator —
transformator" bloki turli agregatlardan
tashkil topgan. Mas, quvvati 800 MVt li
blokda 1000 ga yaqin boshkarish obyekti
va 1300 ga yaqin nazorat qilinuvchi
parametrlar bor. Avtomat boshkarish
tizimi yordamida shu obyekt va
parametrlarni bitta muhandis-operator
boshkaradi.


Texnologik jarayonlari uzluksiz oʻtadigan
kimyo, neft kimyosi, gaz va farmatsevtika
sanoati, suv taʼminoti, kanalizatsiya va b.
ni ham avtomatlashtirish mumkin.
Konchilikda tog jinslarini qoʻporish
usullarini takomillashtirish bilan birga, bu
ishni samarali avtomatlashtirishga imkon
beradigan termik, elektr va akustik
qoʻporish usullari rivojlanmoqda;
shaxtalarda EHM (elektron hisoblash
mashinasi) va kompyuterlar
qoʻllanilmoqda.
Metallurgiyada foydali qazilmalarni qayta
ishlash jarayonlari, asosan, siklli tartibda
olib boriladi. Domna ishlab chikarishida
barcha asosiy parametrlar avtomatik


tarzda oʻlchanadi va rostlanadi. Issiklik
rejimini boshqarish tizimida EHM va
kompyuterlar qoʻllaniladi. Marten
pechlarida gaz sarfi avtomatik rostlab
turiladi.
Prokat stanlarida asosiy yuritma, qisish
qurilmalarining yuritmalari va yordamchi
mexanizmlarni boshqarish
avtomatlashtirilgan. Hisoblash
mashinalari yordamida ma-teriallarni
chiqindiga chiqarmasdan bichish tizimi
qoʻllanilmoqda. Hozirgi zamon
mashinasozligida I.ch.a, texnika
taraqqiyotining asosidir. Avtomat-
stanoklar bilan birga koʻp operatsiyali
agregatlar, gidravlik, pnevmatik, elektr


yoki aralash boshqarish tizimlari yaratildi
va takomillashtirilmoqda. Dasturli
boshqariladigan metall ishlash
stanoklarining ish sikli toʻla
avtomatlashtirilganda ham stanoklarning
universalligi saqlanadi. Yigʻish
jarayonlarini avtomatlashtirish
mashinasozlikning murakkab va dolzarb
masalalaridan hisoblanadi. U katta
iqtisodiy samara beradi. Yigʻilgan uzel va
buyumlarning sifati yigʻish vaqtida
avtomatik ravishda uzluksiz tekshirib
turiladi. Mas, Toshkent qishloq xoʻjaligi
mashinasozligi zavodida shpindellar
avtomat liniyada tay-yorlanadi, paxta
terish mashinalari avtomat konveyerlarda
yigʻiladi, Andijondagi "OʻzDEU avto"


korxonasida barcha ishlar
avtomatlashtirilgan.
Radiodetallar, elektron lam-palar, ion
asboblar, elektron-nur trubkalari,
tranzistorlar, montaj simlari,
radioelektron apparatlar va televizorlarni
i.ch. toʻla avtomatlashtirilgan. Yengil
sanoatda avtomatlashtirilgan kurilmalar
va korxonalarni boshqarishning avtomat
tizimlari joriy etilgan va etilmoqda.
Poyabzal, galantereya va b. tarmoqlar
buyumlarni yalpi ishlab chiqaradigan
yuqori unumli avtomat kurilmalar bilan
taʼminlangan. Umumiy ovqatlanish
korxonalarida ham I.ch.a. ning ahamiyati
katta. Mahsulotlarni ishlash (artish,


toʻgʻrash, maydalash va b.) avtomat
qurilmalari masalliklarning toʻyimliligi va
xushxoʻrligini toʻla saqlaydi,
iyerofgarchilikni ancha kamaytiradi.
Paxta sanoatida ham yalpi
avtomatlashtirish joriy qilingan. Ularda
paxtan i qabul qilishdan tortib, tola,
chigʻit va momiq ajratib olish va tolani
toylashga qadar jarayonlarni
avtomatlashtirish majmualari mavjud.
Transportda yukva yoʻlovchilar tashish
salmogʻining oʻsishi transportning barcha
turlarini kengaytirish va mavjud
liniyalarda harakatni tezlatish bilan
bogʻliq. Temir yoʻl transportini
ekspluatatsiya qilishni avtomatlashtirish


poyezdlarning qatnash grafiklariga aniq
rioya qilishga va harakat xavfsizligini
taʼminlashga imkon beradi. Poyezdlar
"avtomashinist" yordamida
boshqarilmoqda. Yuk va passajir
kemalarida koʻp ishlar
avtomatlashtirilgan. Samolyotlar
"avtopilot"dan foydalanib
boshqarilmoqda. Obhavo xizmati turli
meteorologik maʼlumotlarni oʻlchash,
yigʻish,, uzatish va ishlash bilan
shugʻullanadigan murakkab kompleksdir.
Bu maʼlumotlar atmosferaning turli
qatlamlarida havo bosimi, temperaturasi
va harakat tezligi, namlik, yogʻingarchilik
miqdori va b. dan iborat.
Gidrometeorologiyani yanada


rivojlantirish uchun bu sohani
avtomatlashtirish shart. Yer sunʼiy
yoʻldoshlari, EHM, kompyuterlar bu
sohada insonga juda katta yordam
bermoqda.
Ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish
— ishlab chikarishning turli tarmoqlarini
boshqarishda matematik metodlar,
avtomatik qurilmalar va hisoblash
texnikasi vositalarini qoʻllash. Uning ilmiy
asosi — iqtisodiy kibernetika. Odam bilan
kibernetik mashinalarning munosabatiga
oid uslubiy va aniq masalalarni hal qilish
uning muhim vazifasidir.


I.ch. a. da EHM dan tashqari, oʻnlab
ixtisoslashtirilgan avtomatik kurilmalar,
kompyuterlar ishlatiladi. I.ch.a.
axborotlarni yigʻish, qayta ishlab
chiqishga oid mashaqqatli ishlardan
ozod qiladi, uning ijodiy rolini oshiradi, ish
unumini koʻtaradi, ishlab chiqarishni
boshqarish bilan band boʻlgan
kishilardan boshqa maqsadlarda
foydalanishga imkon beradi.
Mansurov X., Avtomatika va paxtani
dastlabki ishlash jarayonlarini
avtomatlashtirish, T., 1995.
Vosil Krbulov, Erkin Yoqubov.
[1]
Adabiyot


1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=I
shlab_chiqarishni_avtomatlashtirish&acti
on=edit) Vikipediyaga
 yordam
berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 23-Mart 2023, 16:28 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Ishlab_chiqarishni_avtomat
lashtirish&oldid=3624297
" dan 
olindi

Download 120.33 Kb.




Download 120.33 Kb.
Pdf ko'rish