• Ilmiy-texnik va texnologik ijodiyot
  • Ilmiy izlanishlarni tashkil qilish




    Download 0.71 Mb.
    bet9/11
    Sana13.03.2024
    Hajmi0.71 Mb.
    #170921
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1-TAQDIMOT MENEJMENT VA MARKETING
    Ishlab chiqarish texnologiyalari Raimboyev Alpomish, AQSG bahti, Elektrotexnika va elektronika TEST yangi, 4-20, YO’L HARAKATI QOIDALARI VA HARAKAT XAVFSIZLIGI ASOSLARI, KURS ISHI SRS-523 gr , 5-KURS-Mavzu, 1-amaliyot.kvadrat va kubik tenglamalar, 749, ozbek tilida publitsistik uslub, Lekciya 14 , l55444, 888855, у55555, 7788778
    Ilmiy izlanishlarni tashkil qilish
    Innovatsion loyihalarni amalga oshirish ko‘p jihatidan individual tajriba, bilimlar va tadbirkorlik aloqalari natijasida kelib chiqadi. Hozirgi paytda har tomonlama o‘rganib chiqilgan biznes-rejaning mavjud bo‘lishiga qaramay har qanday oqilona tanlangan loyihalarning tijorat tomonlarini olg‘a suradigan, amaliy natijalarni ta’minlaydigan mutaxassis-menejerlar bo‘lmasa korxona samarali kechmaydi.
    Innovatsion loyihalarini aniq va oqilona boshqarish, ularni samarali amalga oshirishning bosh mezoni va oxirgi natijasi, tegishli korxonaning taraqqiyot kafolati hisoblanadi. Bu o‘z navbatida ko‘p jihatidan menejerning shaxsiyati, uning professional tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi. Texnika va texnologiya yo‘nalishida mehnat qilayotgan menejerlar innovatsion faoliyati, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit, soliq va moliya sohalaridagi zamonaviy bilimlarni egallagan, boshqarishning turli usullaridan foydalanishni bilishi, tadbirkorlik etikasi qoidalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.
    Ilmiy-texnik ijodiyotda samarali foydalanilayotgan menejment usullari jahon va O‘zbekiston amaliyotida ham ma’lum. Masalan, Oksford innoveyshion kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Innovatsion Astion Tool-Kit qo‘llanmasini innovatsiyalarni boshqarishning muayyan usuliga misol keltirishimiz mumkin. Bu qo‘llanmada innovatsiya g‘oyalarini shakllanishidan tortib, uni foydalanishigacha bo‘lgan davrdagi ishlarni ketma-ketligi bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
    Ko‘rsatilgan usulning mohiyati quyidagi bosqichlardan iborat:
    korxona «sog‘ligini» tekshirish hamda innovatsiyani tadbiq etishdagi to‘siqlarni aniqlash;
    • kompaniya intellektual aktivlarini baholash va istiqbolli patentlar reestrini tuzish. 
    • innovatsiyani amalga oshirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish;
    • litsenziya shartnomalarini tuzish;
    • g‘oyalardan foydalanishga qaror qabul qilish va aniq innovatsiyalarni amalga oshirish.

    Ilmiy-texnik va texnologik ijodiyot
    Korxonani boshqarishda va uni iqtisodiy siyosatini rejalashtirishda intellektual aktivlar, ixtirolarni boshqarish strategiyasini yaratishda asosiy o‘rinni egallaydi.
    G‘arb amaliyotiga ko‘ra, har bir innovatsion loyiha kompaniyaning ishlab chiqarish strategiyasiga muvofiq kelishi kerak, intellektual mulkni boshqarish esa, qiymatni haqiqiy boshqarishga olib kelishi kerak.
    Intellektual mulk obyektlarini boshqarish jarayonini «DouKemikal» kompaniyasining tajribasida ko‘rishimiz mumkin. Mazkur usul quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
    kompaniya portfelidagi intellektual aktivlarni tasniflash, shuningdek, ulardan foydalaniladigan maqsadlarni va bu obyektlar uchun mulk huquqlari qanday tarzda (kimga) amalga oshirilishini tahlil qilish;
    • intellektual aktivlarni narxini aniqlash, ularni xarid qilish va kuchda saqlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni aniqlash;
    • bo‘lajak kapital qo‘yilmalar to‘g‘risida qaror qabul qilish;
    • yangi bilimlar portfelini yig‘ish va jarayonni muntazamlik asosida takrorlash.
    • Bu jarayon kompaniya va uning asosiy raqobatchilarining bozordagi ahvolini tahlil qilishga, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari va intellektual mulk obyektlarini himoya qilish to‘g‘risida tezkor ravishda qaror qabul qilishga imkon beradi.
    • Mazkur tizim bo‘yicha intellektual aktivlarni boshqarishda ishlatiladigan muhim mezonlar quyidagilar hisoblanadi:
    • biznesga kerak bo‘ladigan ixtirolarni qayta ishlash va ko‘rib chiqish vaqti;
    • patent va boshqa muhofaza hujjatlarining amal qilish muddati tugaguncha rejalashtirilgan xarajatlar;
    • biznes uchun foydalanilayotgan patentlar va litsenziyalar tarkibining foizi;
    • rejalashtirilgan xarajatlar.

    • Korxona ishini optimallashtirish uchun quyidagi savollarni ko‘rib chiqish kerak.
    • Korxona faoliyatining qaysi sohalari eng muhim ahamiyatga ega?
    • Bu sohalarning qaysi birida ilmiy tadqiqotni qo‘llash muhim natija beradi?

    Jahon miqyosida raqobat taraqqiyotining zamonaviy yo‘nalishlari shuni ko‘rsatadiki, mahsulot va xizmatlar qiymatiga hissa qo‘shadigan intellektual aktivlarni yaratish va ularni boshqarishdan iborat bilimlarini yaratish jarayoni korxonalarni muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltiradi.
    Xulosa qilib aytganimizda, intellektual mutlaq huquqlarning amaliy qiymati oshadi, shuningdek ilmiy izlanishlar natijasi menejment sohasida izlanuvchan menejerlarga ehtiyoj ortadi.


    Download 0.71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy izlanishlarni tashkil qilish

    Download 0.71 Mb.