• B. Ratsionalizatorlik taklifiga ariza berish tartibi
  • Ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish tartibi
  • Ratsionalizatorlik takliflarini hujjatlartirish




    Download 0.71 Mb.
    bet8/11
    Sana13.03.2024
    Hajmi0.71 Mb.
    #170921
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1-TAQDIMOT MENEJMENT VA MARKETING
    Ishlab chiqarish texnologiyalari Raimboyev Alpomish, AQSG bahti, Elektrotexnika va elektronika TEST yangi, 4-20, YO’L HARAKATI QOIDALARI VA HARAKAT XAVFSIZLIGI ASOSLARI, KURS ISHI SRS-523 gr , 5-KURS-Mavzu, 1-amaliyot.kvadrat va kubik tenglamalar, 749, ozbek tilida publitsistik uslub, Lekciya 14 , l55444, 888855, у55555, 7788778
    Ratsionalizatorlik takliflarini hujjatlartirish
    A. Ratsionalizatorlik taklifi uchun arizani hujjatlashtirish
    Ariza talab qilingan me’yorga muvofiq to‘ldirilishi kerak. Har bir texnik xulosalar uchun alohida tuzilishi kerak. Arizada taklifning nomi, muallifning familiyasi, ismi, sharifi, agar muallif ilmiy jamoa guruhi bo‘lsa, unda ularning F.I.Sh., ish joyi, lavozimi, ma’lumoti, tug‘ilgan yili va yashash joyining manzili ko‘rsatilishi va ularning imzolari bo‘lishi kerak.
    Arizaning «Taklifning ta’rifi» qismida taklif qilinayotgan konstruksiyani, ishlab chiqarish texnologiyasini, qabul qilingan texnika materiali tarkibi ko‘rib chiqilib, uning kamchiliklari ochib tashlanadi va yangi berilayotgan taklifni texnik xulosalari, ishlab chiqarishga tadbiqi, amaliyotda qo‘llanilishi, iqtisodiy yoki ijobiy tomonlari isbotlanadi.
    Taklifga qo‘shimcha qilib grafik materiallar (chizma, sxema, eskiz), texnik-iqtisodiy hisobotlar beriladi, agar bir vaqtning o‘zida boshqa korxonaga ham berilgan bo‘lsa, ular ham ko‘rsatiladi. Arizada va grafik materiallarda mualliflar imzosi va to‘ldirilgan kun yoziladi.
    B. Ratsionalizatorlik taklifiga ariza berish tartibi
    Muallif qayerda ishlashidan qat’iy nazar ratsionalizatorlik takliflari ariza bergan korxonaga beriladi.
    Agar bir vaqtning o‘zida taklif bir necha korxonada qabul qilingan bo‘lsa, unda o‘sha korxonalarning vazirligiga beriladi. Ariza quyidagi sharoitlarda qabul qilinmaydi:
    ariza talabga muvofiq to‘ldirilmagan va qayd qilish jurnaliga yozilmagan bo‘lsa;
    taklif korxonaga yoki vazirlikka qarashli bo‘lmagan taqdirda.
    Ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan arizani ko‘rib
    chiqish tartibi
    Qabul qilingan ariza korxonaning qaysi bo‘limiga taalluqli bo‘lsa, u o‘sha yerga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
    Agar vazirlikning o‘zida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, u holda vazirlik tasarrufidagi ilmiy-tekshirish, loyiha-konstruktorlik va texnologik tashkilotlarga tekshirish uchun yuboriladi.
    Xulosa qismida berilgan taklifning texnik yechimlari tasdiqlangan, yangilik va foydaliligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Arizaning «Xulosa va takliflar» qismiga xulosa bergan mutaxassisning familiyasi, ismi sharifi va uning imzosi, kuni yozib qo‘yiladi.
    Taklif bo‘yicha quyidagi qaror qabul qilinadi:
    • ratsionalizatorlik taklifi tan olinib, uni ishlab chiqarishga tadbiq etish;
    • taklifni tekshirish uchun yuborish;
    • taklifni qaytarib berish.


    Ariza korxonaga berilgan bo‘lsa 15 kun ichida, vazirlikka berilgan bo‘lsa 1,5 oy ichida xulosa qabul qilinishi kerak. Qabul qilingan xulosa mulohazasi muallifga yetkazilishi kerak.
    Ratsionalizatorlik taklifini tan olishda korxona rahbaridan tashqari uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, bosh menejer, bosh iqtisodchilar qatnashadilar. Shundan keyin korxona jurnaliga qayd qilinadi va arizaning «Qaror qabul qilish» qismiga o‘zlarining mulohazalarini yozadilar. Qaror qabul qilingandan so‘ng bir oy muddat ichida muallifga guvohnoma beriladi.

    Download 0.71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ratsionalizatorlik takliflarini hujjatlartirish

    Download 0.71 Mb.