|
Ishlab chiqarishni tashkil etish. Yer, capital, tadbirkorlik faoliyati va mehnat ishlab chiqarish omillari
|
bet | 3/4 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 85 Kb. | | #101753 |
Bog'liq Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni tashkil etishqayidagiiardan tashkil topach:
. _Ajriladigan ruiunzorlar; va ko'p yillik daraxllar bilan band bo'lgan yerlar;
Yer - inson mehnati mahsuli emas. Ishlab chiqarish omilining bu guruhiga tabiat bergan boyliklar, yer osti qazilma boyliklari ham kintiladi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladi. O'zbekistonda yer resurslaridan foydalanish holati ham qoniqarli emas, deb topadi. Ayniqsa Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa viloyatlarda. Masalan,
•yerni qonunsiz ravishda egallab olish
sug’oiiladigan ekinzorlarni qishloq xo’jaligi oborotidan chiqib ketishi.
Ko’plab dala maydonlari turli xil sabablar bilan ekihnay qolishi;
Yerdan belgilangan maqsadlarda foydalanilmaslik hollarining mavjudligi;
ko'p yerlarni zax, sho'r bosib botqoqlikka aylanib borishi
yerdan foydalanislida qonunchilikka rioya qilmaslik holatlari, mo’ljaldagi ekinlar o’miga boshqa xil ekinlar ekish. Bunday yerlar 2001 yilda 41ming 500 ga bo’lgan. 2001 yilning yakuni bo’yicha 120 ming 500 ga yerda paxta xosildorligi 10 sentnerdan, Chelak tumanida 8,3 sentner, Jizzax viloyatining Zomin tumanida 8,6 sentner. Eng yuqori paxta hosildorligi 28,7 sentner bo'lib, bu Farg'ona viloyatmmg Yozyovon, Andijon viloyatining Ulug'nur tumani xo jahklanga to'g'n keladi;
statistik hisobotlarda yer miqdorini fermer xo'jaliklari tomonidan kamaytirib ko'rsatilishi.
Bu guruhga foydalaniladigan yerlar, o'rmonlar va boshqalar kiradi. Ayni o'rinda har bir id ski O'zbcl ristonning tabiiy xomashyo resurslan tog’risida yetarli darajada ma'lumotga ega bo'Hshi foydadan xolt Hozirgi vaqtgacha O'zbekistonda 2,7 mingdan ziyod turli xil foydali qpzilnd коlari va fa'uanlar bo'lgan istiqbolli joylar aruqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini o’ziga oladi. Shundan 60 dan ortig’I ishlab chiqarishga jalb etilgan, 900 dan oitiq к on qidirib :.piigan bo'lib, ularning tasdiqlangan zaxiralan 970 mlrd AQSH dollarim tashkil etadi Shu bilan,_ O'zbekistonning umumiy mineral xomashyo potensiali - 3,3 trillion AQSIi doliaridan oriiqroq •'aLolanayotganini ham aytib o'tish kerak
ro'ladi», deb aytish haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Lekin «maksimal foydaga» intilgan firmalar resurs-lanii bekorga saif etmaydi, deb aytishga barcha asoslar bor. Foydani maksimallashtirish uchun firma xarajat qiladigan resurslarni shunday tanlab olish kerakki, bozorda sotishga mo'ljallangan mahsulot niiqdoriga ketadigan ishlab chiqarish xarajatlari minimal darajada bo'lsin. Ishlab chiqarishni tashkil kilishining barcha shakllari mujassamlashuv (kontsentratsiya) ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatsiya ayni paytda ijtimoiy va xududiy tomonlarga ega. Albatta iqtisodiy va ijtimoiy geografiya uchun ishlab chiqarishnish xududiy tomoni yetakchi rol o’ynaydi Shunga qaramasdan bu nuktlarni bir — birlari bilan bog’liq bo’lman holda o’rganish taxlil qilish biridan ikkinchisiga o’ta bilish geografik fikrlashning muhim hususiyatidir.
Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishnish to’planishi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga tegishlidir Ammo geografik jixatdan u eng avvalo sanoat, qishloq xo’jaligi va transport ya’ni moddiy sohalarda yaqqol namoyon bo’ladi. Qolaversa iqtigodiy geografiya fanining ob’ektini aynan shu tarmoqlarning xududiy tashqi ta’siri ularning joylashish hususiyatlarini belgilab beradi. Chunonchi sanoat uchun «nuqta» yoki tugun ko’rinishidagi xududiy tashkil etish, qishloq xo’jaligiga areal yoki mintaqaviy (zonal) transport uchun esa lentasimon yoki chizik shaklidagi joylashuv xosdir Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ma’lum darajada xuddi ana shu nuqtalar — sanoat markazlari va tugunlari areal va zonalar tomonlarini o’rganadi. Ularning joylashuvi, aloqasi va xududiy tashkil etilishi esa yuqoridagi tarmoqlar joylashuvi bilan belgilanadi. Masalan aholi va unga xizmat ko’rsatuvchi sohalarning xududiy tizimlari sanoat, qishloq xo’jaligi va transport geografiyasi asos- ida amalga oshiriladi.
Mujassamlashuv sanoat misolida juda aniq va sezilarli ko’rinadi. Bu borada ishlab chiqarish fondi, yalpi maxsulot yoki ishchi va xizmatchilarni turli yiriklikdagi korxonalarda yigilishi to’planishi sof holdagi ishlab chiqarish yoki korxona mujassamlashuvi ularning shaharlar va rayonlar joylashuvini esa urbanistik va xududiy mujassamlashuv sifatida ko’rsatish o’rinli.
Mujassamlashuvning bu shakllari bir —biriga o’tib turadi va turli rayon yoki mamlakatlarga har xil birikma bo’ladi. Chunonchi shaharning markazlashuv darajasi ma’lum bir bosqichi yetgandan keyin o’ziga xos vaziyat vujudga keladi ya’ni endi mazkur shaharda quo’himcha korxonalarni ko’rish imkoniyati qolmaydi.
Ekologik uy — joy transport muammolari keskinlashadi ko’rish uchun yer maydoni ham yetishmaydi va ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda joylashuvni ham «istamaydi». Demak yirik shaharda ham emas undan o’zoqda ham emas shaharning ichki imkoniyati yo’q korxona esa undan yiroqlasha olmaydi. Natijada yangi korxona yoki ilmiy tekshirish muassasalari oliy uquv yurtlari yirik shaharning ta’sir doirasida o’rnashadi — shahar aglomeratsiyasi yoki sanoat tuguni vujudga keladi. Yuqorida keltirilgan muloxazalarga misol qilib Toshkent atrofida joylashgan go’sht kombinati (Urtaovul shaharchasi) ToshGRES Toshkent qishloq xo’jaligi universiteti (Yalangoch manzilgoxi) yadro fizikasi institugi (Ulug’bek shaharchagi) alkogolsiz ichimliklar kombinati (Kibray) va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Toshkent aholisi extiyoji va xo’jaligi uchun zarur bo’lgan bu korxonalarning poytaxtda qurishning iloji yo’q, lekin ular iste’molchi sanoat ilm —fan markaziga yaqin bo’lmog’i lozim. Bundan yana bir xulosa ya’ni ishlab chiqarish mujassamlashuvi bilan shahar rivojlanishi o’rtasidagi munosabat kelib chiqadi. Dastlab shaharning vujudga kelishi va ulg’ayishida ishlab chiqarishni joylashtirish (mujassamlashuv) yetakchi rol o’ynaydi keyinchalik esa shaharning o’zi ishlab chiqarishning xududiy tashkil etish omiliga aylanadi
Endi turli shakldagi mujassamlashuvga misol keltiraylik. Masalan O’zbekiston sanoat maxsulotining yarmidan ko’pini har birida 2000 dan ortiq ishchi ishlaydigan korxonalar ishlab chiqaradi deb faraz qilaylik. Bu ishlab chiqarish yoki korxona darajasidagi mujassamlashuvdir. Toshkent shaxrida mavjud korxonalar O’zbekiston Respublikasi sanoat maxsulotining taxminan 20 foizini beradi —bu urbanistik mujassamlashuv bo’ladi. Agar Farg’ona vodiysini respublikamizning asosiy pilla yoki meva maskani neft maxsulotlar yoki o’simlik moyi chiqaruvchi rayoni sifatida ko’rsak u holda xududiy mujassamlashuvni nazarda tutgan bo’lamiz.
Mujassamlashuvning yuqori yoki pastligi ayni paytda ma’lum bir sohaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Bu yerda «umumiy maxraj» bo’lib shahar, viloyat yoki boshqa bir joyda yashovchi aholining ulushi xissasi xizmat qiladi. Aytaylik Farg’ona vodiysida O’zbekiston res- publikasi aholisining 27 foizi joylashgan. Agar u yoki bu ishlab chiqarish ko’rsatkichi shu raqamdan qancha yuqori bo’lsa u holda mazkur ishlab chiqarish tarmog’i vodiyda rivojlangan mujassamlashgan bo’ladi. Korxona, urbanistik va xududiy mujassamlashuv turli rayon yoki mamlakatlarda turlicha birikma hosil qiladi. Nisbatan past darajadagi urbanistik mujassamlashuvida korxona yoki ishlab chiqarish mujassamlashuvi yuqori bo’lishi ham mumkin Bunga kichiqroq shaharda masalan Xivada katta gilam- kombinatining joilashuvi misol bo’la oladi. Xuddi shunday past darajadagi urbanistik mujassamlashuv yuqori ko’rsatkichdagi xududiy mujassamlashuvga ham olib keladi. Bu holda mazkur xududda juda ko’p kichik sanoat punkti yoki markazlari mavjud bo’ladi. Xuddi shu vaziyatii respublikaning ko’pgina viloyatlaridagi (Andijon, Buxoro, Farg’ona Qashqadaryo, Namangan, Xorazm va h,k,) to’qimachilik korxonalarining tarqoq filiallar asosida joylashganligida uchratamiz. Shu bilan birga past darajadagi xududiy mujassamlashuvi yuqori urbanistik ko’rsatkich bilan ham uyg’unlashgan holda keladi. Masalan bir vaqtlar Fransiya deganda avvalo uning poytaxti Parij, Vengriya ramzida esa Budapesht tushunilar edi. Hozir ham qo’shni Qirg’iziston Respublikasida ishlab chiqariladigan yalpi maxsulotning talaygina qismini uning poytaxti Bishkek beradi. Shunday qilib yuqori darajadagi mujassamlashuv ayniqsa o’ta yirik korxonalarni barpo etish hamma vaqt ham ijtimoiy —iqtisodiy jixatdan samarali emas. Bunday xollarda tayyor maxsulotni transportda tashish harajatlari ko’payadi ishchi kuchi yetishmaydi va eng muhimi — ekologik muvozanat buziladi. Xo’sh qaysi darajadagi mujassmlashuv ma’qul degan savol tug’iladi. Axir ayni bir xajmdagi maxsulotni turli xil birlikdagi korxona shahar yoki rayonlarda ishlab chiqarish mumkin —ku!. Bu yerda ham bir tomonlamalik qat’iylik zararli va xatarlidir deb o’ylaymiz; Binobarin turli xil yiriklikdagi korxonalar, shaharlar bo’lgani maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Demak mujassamlashuv ob’ektiv qonuniyat biroq u barcha mamlakatlarga xos va iqtisodiy samaradorlikka ega bo’lsada uning ma’lum chegarasi ko’lami doirasi bo’lishi shart.
Mamlakatning birgina aksariyat xollarda poytaxt shahar asosida rivojlanishini Lotin Amerikasi davlatlarining yaqin o’tmishdagi taraqqiyoti yoki hozirgi Afrika mamlakatlari misolida ko’rishimiz mumkin. Ushbu mamlakatlar o’z ijtimoiy —iqtisodiy borlig’ini ularning eng yirik markazi bo’lgan poytaxt shaxrida mujassamlashtiradi. Bunday xollarda ishlab chiqarishning bir tomonlama yoki nomutanosib xududiy tarkibi o’ta markazlashgan mujassamlashuvni bildiradi.
Respublikada ham faqat Toshkent yoki Toshkent viloyatini rivojlantirib qolgan mintaqalarni o’z xolicha qoldiraverish ham yaramaydi albatta. Shu bois Qoraqalpogiston Respublikasi Xorazm Surxondaryo Jizzax kabi viloyatlar ijtimoiy — iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish mustaqil davlatning ilmiy aosida ishlab chiqariladigan mintaqaviy siyosatida o’z aksini topmog’i lozim. Markazlashuv mujassamlashuvning bir ko’rinishidir. Bu yerda ishlab chiqarish korxonalari yoki boshqa tashkilotlar va sohalarni asosan birgina shaharda joylashuvi tushuniladi. Ayni paytda mamlakat yoki xo’jalik boshqaruvining bunday tizimi yakka xokimlik — monopoliyaga olib kelishi turgan gap, bu esa maqsadga nomuvofiqdir.
Yuqoridagi ma’noda mujassamlashuv tushunchasi hamma vaqt markaz tushunchasini ifodalaydi. Shubxasizki, bu markaz balandroq turishi ko’zga yaqqol va darxol tashlanishi lozim. Ammo, «markaz» deganda shaharlarni umuman sanoat yoki madaniyat markazi sifatida qarash ham to’g’ri bo’lmaydi. Qolaversa, hamma shaharlar ham sanoat, madaniyat markazidir. Shuning uchun shaharning aynan qaysi sanoat tarmog’i markazi ekanligini aniqlash ma’qulroq hisoblanadi. Chunonchi, Angren umuman sanoat markazi emas, balki ko’mir sanoat markazi, Marg’ilon yoki Namangan esa tukimachilik, Asaka xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda bunyod etilayotgan mashinasozlik sanoatining markazlari ekanligini ko’rsatish to’g’riroq bo’ladi.
Ixtisoslashuv ham ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli bo’lib, u mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarni tarkib topishi bilan chambarchas bog’liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi deganda korxona, shahar yoki rayon miqyosidagi ixtisoslashuvi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, ularning har biriga xududiy yoki ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ma’lum bir maxsulotning ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O’z navbatida, ixtisoslashuv shu korxona (u jamoa xo’jaligi bo’lishi ham mumkin), shahar rayonlarning «qiyofasini», ularning mehnat taqsimotida tutgan o’rnini belgilab beradi.
Ixtisoslashuvning uch turi —bu qism (detal), texnologik yoki yarim maxsulot (polufabrikat) va predmet (tayyor maxsulot ishlab chiqarish ixtisoslaiguvidir ixtisoslashuvning bunday ko’rinishlari bir —biri bilan uzviy bog’liq va ular turli xududiy bosqichda o’zgacha hususiyatga ega.
Ixtisoslashuv oqibatida xalq xo’jaligining tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funktsional turlari shakllanadi. Shu bilan birga u tashkil transport iqtisodiy aloqalarini taqozo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va maxalliy iste’moldan ortib qolgan maxsulot chetga chiqariladi va mazkur rayonda yetishmaydigan maxsulot esa boshqa joylardan keltiriladi , ixtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharoitlar zurur. Muhimi — maxsulot faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay, balki ortiqchasi-boshqa rayonlarga —bozorga chiqarilishi yoki tovar hususiyatiga ega bo’lishi kerak. Masalan: respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog’ —kon sanoati, qishloq xo’jaligi mashinasozligi va boshqa sohalarga ixtisoslashgan. Uni ip yoki ipak gazlamasi, un neft sanoatiga ixtisoslashgan deyish bir oz mushko’lrok, sababi — bu maxsulotlar O’zbekistonda Hozircha yetarlicha ishlab chiqarilmaydi va ular maxalliy talabni tula kondira olmaydi.
Ixtisoslashuv, albatta faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U barcha ijtimoiy jabxalarga ham molik hususiyatidir. Qolaversa, ayrim oliygoxlar uqituvchi, boshqalari — agronom, muxandis tabobatchi kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. Chunki bu oliygoxlar aynan ana shunday xodimlarni tayyorlashga ixgisoslashgan. Ixtisoslashuvning ham mujassamlashuv kabi o’zining chegarasi bo’lishi lozim, o’ta tor ixtisoslashuv bir tomonlamalikka (ijtimoiy xayotda tor fikrlashga) yo’l harajatlarining ko’payishiga olib keladi. Ulkan korxonalarni ko’rish qanday zararli bo’lsa, xaddan tashqari tor ixtisoslashuv, yakkaxokimlik ham shuncha xatarlidir. Afsuski, yaqin o’tmishda mamlakatimiz qudrati, uning rivojlanganlik darajasi shu «yirik», «eng katta», «yagona» kabi tushunchalar bilan ifodalanar, «birinchi» bo’lishi esa ko’p xollarda qolgan barcha sohalarda qoloqlikni anglatar edi. Ammo bu muloxazalardan notug’ri xulosa chiqarish ham kerak emas, chunki ixtisoslashuvsiz shahar, tuman, viloyat iqtisodiy rayonlarning, kolaversa, jamiyat va kishilarning o’zini ham rivojlanganligini tasavvur kilish qiyin. Shuning uchun ixtisoslashgan tarmoqlar bilan birgalikda boshqa yordamchi yoki ikkilamchi sohalar ham xech bo’lmaganda maxalliy ehtiyoj doirasida rivojlangan bo’lishi lozim. Bu yerda ixtisoslashgan tarmoqni daraxtning tanasiga daryoga, ko’shimcha tarmoqlarni esa daraxtning shox va shoxchalariga, daryolarning irmoklariga o’xshatish o’rinli. O’z —o’zidan ma’lumki, tanasiz shox ham bo’lmaydi, shoxsiz daraxt esa —bu oddiy butadir, irmoqsiz daryo ham barkamol daryo tizimini shakllantirmaydi. Demak, ixtisoslashuv kompleks, har tomonlama rivojlanish bilan uygunlashuvi kerak. Zero, ixtisoslashuvda yo’l qo’yilgan xatolar oqibatini hozirgi kunda sezib turibmiz. Bu kamchiliklar ayniqsa, sobiq Ittifoqdosh respublikalarning o’zaro iqtisodiy aloqalarini bo’zilishida o’z aksini topmoqda. Shu sababli e’tibor ko’proq har bir respublikaning mumkin qadar atroflicha rivojlanishiga qaratilmoqda. Albatta, bunday taraqqiyot respublikani jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan farq kildiruvchi, uning o’rnini belgilab beruvchi ixtisoslashgan tarmoqlarni takomillashtirish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
|
| |