• Birinchi tamoyilda
  • Ishlash texnologiyalari, Internet tarmog‘ida ishlash. Ijtimoiy tarmoqlarda ishlash etikasi




    Download 127.05 Kb.
    bet8/15
    Sana04.09.2023
    Hajmi127.05 Kb.
    #80180
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Bog'liq
    kompyuter tarmoqlari
    10-mavzu, 5, 6-mavzu, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 12-maruza, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word
    Tarmoqning dasturiy ta'minoti
    Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko`rsatadigan xizmati bilan ulchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi hamda unga kirish uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko’plab foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo`lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta'minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
    Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta'minoti ko`pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo`lgan bosh kompyuter resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo`lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma'lumotlarga ega fayllar bo`lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Shunisi qiziqki, fayl-serverini disk hajmi odatdagi kompyuterdagidan ko’p bo`lishi kerak, chunki undan ko`pgina kompyuterlarda foydalaniladi.
    Tarmoqda bir qancha fayl-serverlar bo`lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab utish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko`pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta'minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl-server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oraligidagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo`lmagan qobiq joylashtiriladi. Ushbu tamoyil doirasida ishlashga mo’ljallangan dastur tizimlari foydalanuvchiga fayl-serverdan foydalanish imkonini beradi. Qoida bo’yicha ushbu dasturli tizimlar fayl-serverda saqlanishi va barcha foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanilishi mumkin. Lekin bu dasturlarning modullarini bajarish uchun zarur bo`lganda foydalanuvchi kompyuteriga ya'ni ishchi stantsiyasiga o’tkaziladi va kerakli ishni bajaradi. Bunda barcha ma'lumotlarni qayta ishlash (agar ular umumiy resurs bo`lsa va faylli serverda saqlanayotgan bo`lsa ham) foydalanuvchining kompyuterida amalga oshiriladi. Shubxasiz buning uchun ma'lumotlar saqlangan fayllar foydalanuvchining kompyuteriga ko’chirilishi kerak.

    Download 127.05 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 127.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlash texnologiyalari, Internet tarmog‘ida ishlash. Ijtimoiy tarmoqlarda ishlash etikasi

    Download 127.05 Kb.