• III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONLARI, FOYDALI QAZILMALARI NISHONALARI VA TYeXNOGYeN HOSILALARINING DAVLAT KADASTRIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR TARKIBI
  • II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONLARI, FOYDALI QAZILMALARI NIShONALARI VA TYeXNOGEN HOSILALARINING DAVLAT KADASTIRINI HISOBGA OLISh OBYEKTLARI




    Download 0,53 Mb.
    bet2/28
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #248993
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    ODINA DKA 2

    II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONLARI, FOYDALI QAZILMALARI NIShONALARI VA TYeXNOGEN HOSILALARINING DAVLAT KADASTIRINI HISOBGA OLISh OBYEKTLARI
    3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari nishonalari va texnogen hosilalarining davlat kadastrini hisobga olish obyektlari hisoblanadi:
    O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida hisobga olingan foydali qazilmalar zaxiralari mavjud bo‘lgan konlar;
    foydali qazilmalar konlari uchastkalari, agar ularning zaxiralari O‘zbekiston Respublikasining foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida alohida satr bilan hisobga olinsa;
    O‘zbekiston Respublikasining foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida hisobga olinmagan foydali qazilmalar zaxiralari mavjud bo‘lgan, lekin qidiruv (mufassal baholash) ishlari tugallanmagan konlar;
    foydali qazilmalar zaxiralari O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobidan qandaydir sababga ko‘ra chiqarilgan konlar;
    iqtisodiy yoki texnik sabablarga ko‘ra zaxiralardan foydalanish vaqtincha to‘xtatilgan, kon korxonalari esa to‘xtatib qo‘yilgan konlar;
    tarkibida mineral xom ashyoning mana shunday turi bo‘yicha qazib olinayotgan konlarga sanoat talablariga javob byeruvchi qimmatli komponentlar borligi jihatidan hech bo‘lmaganda bitta ruda jismi (qatlami) mavjudligi aniqlangan foydali qattiq qazilmalar nishonalari;
    tarkibidagi qimmatli komponentlar amaliy qiziqish tug‘diruvchi, shuningdek, atrof-muhitni ifloslantiruvchi va aholiga jiddiy xavf-xatar tug‘diruvchi kambag‘al rudalar ag‘darmalari, chiqindi omborlari va boshqa texnogen hosilalar.


    III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONLARI, FOYDALI QAZILMALARI NISHONALARI VA TYeXNOGYeN HOSILALARINING DAVLAT KADASTRIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR TARKIBI
    4. O‘zbekiston Respublikasining konlari, foydali qazilmalari nishonalari va texnogen hosilalari davlat kadastrida har qaysi kon, foydali qazilmalar, shuningdek, yer osti qazilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi.
    Davlat kadastrida foydali qazilmalar bo‘yicha:
    obyektning geografik va ma’muriy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, asosiy va ular bilan birgalikda joylashgan foydali qazilmalarning miqdoriy, sifat tarkibi hamda ularda mavjud bo‘lgan foydali va zararli komponentlar, konlarni qazishning geologik-iqtisodiy, kon-texnik, texnologik, gidrogeologik, ekologik va boshqa sharoitlari haqidagi ma’lumotlar bo‘ladi.
    Davlat kadastrida foydali qazilmalar nishonalari bo‘yicha:
    Nishonaning geografik va ma’muriy holati, uning geologik jihatdan o‘rganilganlik darajasi, aniqlangan zaxiralar miqdori va baholangan, prognoz qilingan resurslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, minyeral xom ashyoning mumkin bo‘lgan xossalari, shuningdek, ob’ektning kelgusida o‘rganish bo‘yicha tavsiyanomalar bo‘ladi.
    Davlat kadastrida texnogen hosilalar obyektlari bo‘yicha:
    Texnogen hosilalar manbalari, ularning shakllanish davri, texnogen xosilalarining ularning miqdoriy-sifat ko‘rsatkichlari hamda ularni saqlash kon-texnik sharoitlari ko‘rsatilgan holdagi turi yoki xili to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi.
    Davlat kadastrida, shuningdek, geologik-qidiruv va foydalanish ishlari, foydali qazilmaning texnologik sinovlari natijalariga doir aniq hisobotlarda, texnik-iqtisodiy tushunchalarda, dokladlar va texnik-iqtisodiy asoslashlarda, minyeral xom ashyo konditsiyalarini va foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash bo‘yicha protokollarda mufassalroq axborotning, shuningdek, yer osti boyliklariga oid boshqa dastlabki axborotning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bo‘ladi.
    5. Konlar, foydali qazilmalar nishonalari va texnogen hosilalar pasportlarini tuzish uchun quyidagilar dastlabki axborot manbalari hisoblanadi:
    ag‘al rudalar ag‘darmalari, chiqindi omoshqa texnogen hosilalar. geologik-suratga olish, qidirish, muhandislik-geologik, gidrogeologik, gioekologik, tematik, tajriba-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari va yer osti boyliklarini o‘rganish bo‘yicha boshqa ishlar natijalari to‘g‘risidagi tasdiqlangan hisobotlar;
    mineral xom ashyoning texnologik sinovlari natijalari to‘g‘risidagi hisobotlar;
    qazib oluvchi korxonalarning texnogen hosilalarning yuqori daraja xavfli obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan yillik hisobotlari;
    foydali qazilmalar zaxiralari balanslari;
    minyeral xom ashyoning konditsiyalarini va foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash bo‘yicha protokollar, shuningdek zaxiralarni hisobdan chiqarishga doir matyeriallar.
    Geologik matyeriallar seysmoaktivlik, sel xavfi, xavfli geologik jarayonlar (o‘pirilish, ko‘chish, cho‘kish, suffoziyalar, karetlar) alomatlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi.
    6. Konlar, foydali qazilmalar nishonalari va texnogen hosilalar pasportlari maxsus shakl (blanka)larda quyidagilar bo‘yicha tuziladi:
    rudali foydali qazilmalar konlari;
    rudasiz foydali qazilmalar konlari;
    sochma konlar;
    radioaktiv xom ashyo konlari;
    ko‘mir va yonuvchi slanetslar konlari;
    neft va gaz konlari;
    rudali foydali qazilmalar nishonalari;
    rudasiz foydali qazilmalar nishonalari;
    radioaktiv xom ashyo nishonalari;
    texnogen hosilalar obyektlari.
    Pasportlarni tuzish uslublari, maxsus shakllar (blankalar) O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va minyeral resurslar davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.


    Download 0,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONLARI, FOYDALI QAZILMALARI NIShONALARI VA TYeXNOGEN HOSILALARINING DAVLAT KADASTIRINI HISOBGA OLISh OBYEKTLARI

    Download 0,53 Mb.