• III BO‘LIM. YER OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANISh 10-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanish turlari
  • 11-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar
  • -modda. Hokimiyat mahalliy organlarining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari




    Download 0,53 Mb.
    bet7/28
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #248993
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
    Bog'liq
    ODINA DKA 2

    9-modda. Hokimiyat mahalliy organlarining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari
    Konchilik munosabatlari sohasida hokimiyat mahalliy organlarining vakolatlari jumlasiga:
    o‘z hududida mineral xomashyo bazasini rivojlantirish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish, mineral resurslardan oqilona va kompleks foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va bajarishda qatnashish, ularning ro‘yobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
    yer maydonlari ajratib berish;
    yer osti boyliklaridan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni tekshirish hamda nazorat qilish;
    ushbu Qonun talablari buzilgan taqdirda yer osti boyliklaridan foydalanish ishlarini to‘xtatib qo‘yish kiradi.

    III BO‘LIM. YER OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANISh
    10-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanish turlari
    Yer osti boyliklari:
    geologik jihatdan o‘rganish;
    foydali qazilmalarni qazib olish;
    foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish, shu jumladan neft, gaz, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va ishlab chiqarish chiqitlarini ko‘mish uchun inshootlar qurish hamda ulardan foydalanish;
    nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash;
    davlatning o‘zga ehtiyojlari va jamoat ehtiyojlarini ta’minlash uchun foydalanishga berib qo‘yiladi.
    11-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar
    Yuridik va jismoniy shaxslar yer osti boyliklaridan foydalanuvchi bo‘lishlari mumkin.
    12-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanish muddatlari
    Yer osti boyliklaridan foydalanish muddati cheklanmagan va cheklangan bo‘lishi mumkin.
    Yer osti boyliklaridan foydalanish muddati oldindan belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, u muddati cheklanmagan hisoblanadi.
    Yer osti boyliklari cheklangan muddatli foydalanish uchun litsenziyada belgilangan muddatga berib qo‘yiladi. Zaruratga qarab, bu muddat uzaytirilishi mumkin.
    Yer osti boyliklaridan foydalanish muddati foydalanish huquqi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.

    Download 0,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Hokimiyat mahalliy organlarining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari

    Download 0,53 Mb.